Javoblar. Ilk merkantilistlarning nazariy qarashlari


Cheklar bilan amalga oshiriladigan hisob kitoblar



Yüklə 38,58 Kb.
səhifə3/3
tarix18.12.2022
ölçüsü38,58 Kb.
#76169
1   2   3
SOTVOLDIYEV PUL VA BANKLAR

3.Cheklar bilan amalga oshiriladigan hisob kitoblar.
O‘zbekiston Respublikasi banklari xo‘jalik subyektalari va aholi o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar o‘tkazishda cheklardan foydalanish mumkin. Aholiga banklar tomonidan chakana va kooperativ savdo hamda xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan tovarlar va bajarilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun cheklar beriladi.
Hisob-kitob cheki bu hisobvaraq egasi (chek beruvchi) o‘z hisob-varag‘idan oluvchining (chek egasi) hisobvarag‘iga chekda ko‘rsatilgan summadan mablag‘larni o‘tkazib berish uchun bankning maxsus blankasida bankka bergan topshirig‘idir. Chek blankalari tipografik yo‘l bilan tijorat banklari buyurtmasiga ko‘ra ularning faoliyati uchun yetarli bo‘lgan miqdorda tayyorlanadi. Bunda cheklar belgilangan namunadagi 0505411005 shaklda har bir bank uchun alohida bo‘lgan bank nomi va firma belgisidan tashqari barcha zaruriy rekvizitlarga ega bo‘lishi shart. Hisob-kitob cheklarini yozib berishda ularning boshlang‘ich summasi tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda aniqlanib, yuqori summasi Respublika Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Chekning amal qilish muddati esa tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Cheklar omonat qo‘yuvchi jismoniy shaxsning depozit hisob-varag‘ida saqlanayotgan mablag‘lar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul summasiga beriladi.


Hisob-kitob cheki 2 qismdan iborat:
– birinchi qismi hisob-kitob cheki;

– ikkinchi qismi koreshok.


Chekning koreshogi chekning birinchi qismida ko‘rsatilgan sum-malarini tasdiqlash uchun belgilangan nazorat raqamlarini o‘z ichiga oladi. Bank xodimi hisob-chekini berishda quyidagi rekvizitlarni to‘ldi-rib berishi lozim:

chek berilgan sana;

– chek bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summani raqamlar va so‘z bilan;

– hisob-kitob chekiga nomi yozib berilayotgan shaxsning fami-liyasi, ismi, otasining ismi;

– uning pasport seriyasi va nomeri;

– chek beruvchining depozit hisobvarag‘i nomeri;

– chek bergan bank bo‘limining nomi va kodi;

– chekning amal qilish muddati.


Ko‘rsatib o‘tilgan barcha rekvizitlar to‘ldirilgandan so‘ng bank-ning mas’ul xodimi hisob-kitob cheki va koreshokga imzo qo‘yadi va hisob-kitob chekining kesish chizig‘ida qolgan sonlar hisob-kitob cheki summasiga mos kelishi uchun hisob-kitob cheki nazorat sonlar xoshiyasi bo‘ycha koreshokni ajratadi hamda muhr bilan mustahkamlaydi. Shun-dan so‘ng, chek oluvchi mijoz chekni olganligi haqida koreshokka o‘z imzosini qo‘yadi.
Bankning mas’ul xodimi alohida daftarga hisob-kitob chekining seriyasi, nomeri, nomiga chek yozib berilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va chek summasini yozib qo‘yishi lozim. Bunda ushbu chek omonat bo‘yicha hisobvaraqda saqlanayotgan mablag‘lar yoki depozit hisobvaraqdan ko‘chirilgan yoxud naqd pullarda qo‘yilgan mab-lag‘lar hisobiga berilganligini alohida ko‘rsatib o‘tishi shart.
Bank chek berganda jismoniy shaxsning arizasiga ko‘ra chekning summasiga 20206 “Jismoniy shaxslarning talab qilinguncha saqlanadi-gan depozitlari” alohida hisobvarag‘ini ochadi va to‘lovlar mana shu hi-sobvarag‘dan amalga oshiriladi. Mas’ul bank xodimi barcha rasmiylash-tirish ishlarini bajargandan so‘ng chekni koreshogi bilan birgalikda kassirga beradi. Kassir mas’ul ijrochidan barcha zaruriy hujjatlarni ol-gandan so‘ng avvalo, hujjatlarda bajarilgan yozuvlarning to‘g‘ri rasmiy-lashtirilganligini tekshiradi va ularni imzolaydi. Agar hisob-kitob cheki naqd pul hisobidan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, chekni oluvchidan naqd pullar va chek uchun to‘lovni qabul qiladi. Pulning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgach, chek va omonat daftarchasining alohida belgilangan joyiga o‘z imzosini qo‘yib, chekni omonat daftarchasi bilan birgalikda hisob-kitob chekni oluvchiga topshiradi. Chekning koreshok qismi esa operatsion kun oxiriga qadar kassirning o‘zida qoladi.
Operatsion kun oxirida bank kassiri banderollardagi hisob-kitob-cheklarining koreshoklarida belgilangan rekvizitlar bilan naqd pullarda qabul qilingan summani va omonatlar bo‘yicha hisobvaraqlardan hisob-dan chiqarilgan summani ko‘rsatadi. Shundan so‘ng chek koreshogini mas’ul ijrochiga topshiradi.

Hisob-kitob chekini rasmiylashtirish davrida xatoga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Agarda hisob-kitob chekini to‘ldirishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, unda ushbu chek varaqasi buzilgan hisoblanadi va uning o‘rniga hisob-kitob chekining yangi varaqasi to‘ldiriladi. Bunday hollarda hisob-kitob cheki quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:

– harflar bilan yozilgan “Hisob-kitob” so‘zidan bir qismi qirqib olinadi;

– chek varaqasining o‘rtasiga “buzilgan” degan ustxat yoziladi va ushbu yozuv yozilgan sana ko‘rsatiladi;

– chek varag‘iga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzo qo‘yiladi.

Tijorat banklarida qabul qilingan cheklarning hisobi qimmatbaho blanklarning harakati hisobini yuritishga doir daftarda olib boriladi va balansdan tashqari ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag‘ida hisobga olib boriladi. Shu kun davomida ishlatilgan chek varaqalari chiqim orderi bo‘yicha 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag‘i-dan hisobdan chiqariladi.

Chekni olgan jismoniy shaxs sotib olayotgan tovari yoki ko‘rsatil-gan xizmat uchun hisob-kitob cheki bilan hisob-kitob qilishi mumkin. Hisob-kitob chekini qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan savdo tashkiloti xodimi mahsulot to‘lovi uchun chekni qabul qilayotganda chek belgilangan namunadagi blankada rasmiylashtirilganligini, nazorat raqamlari chekda yozilgan summaga muvofiqligini, chek muddati o‘tkazib yuborilmaganini, unda bank bo‘limi muhrining aniq izi va bank xodimlarining imzosi mavjudligini tekshirib ko‘radi. Shu bilan birga chek beruvchining pasportini ham olib chekda ko‘rsatilgan pasport seriyasi va nomerlari bilan solishtirib ko‘radi. Chek bo‘yicha tekshiruv bajarilgandan so‘ng hisob-kitob chekining orqa tomoniga savdo xodimi savdo tashkilotining belgisini qo‘yadi. Chek mahsulot uchun to‘lov sifatida qabul qilingan bo‘lib hisoblanadi.

Hisob-kitob cheki savdo tashkilotlari tomonidan naqd pulga al-mashtirilmaydi. Lekin sotib olinayotgan mahsulot qiymati chekda ko‘rsatilgan summadan kam bo‘lsa, bu holda savdo tashkiloti ushbu chek summasining 25 foizdan oshmagan miqdordagi qiymatini qaytim sifatida qaytib beradi.

Mahsulot uchun to‘lov sifatida qabul qilingan cheklar savdo tashkilotlari tomonidan ularda xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limlariga pul tushumi bilan birga inkassatorlar orqali topshiriladi, ya’ni inkassatorlar belgilangan vaqtda bankka kelib savdo tashkiloti xodimlari tomonidan tayyorlab qo‘yilgan inkassatorlik xalta yoki sumkalarni olib ketadilar. Ushbu sumkalarga oldindan pul tushumi bilan birga hisob-kitob cheklari joylashtirilgan bo‘ladi.

Bank tomonidan qabul qilingan cheklar bo‘yicha to‘lovlar quyida-gi tartibda amalga oshiriladi:



  1. Chek egasi va chek beruvchiga bitta bank bo‘limida xizmat ko‘rsatilganda:

Chek summasi savdo tashkilotining hisobvarag‘i krediti va “Inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklar” hisobvarag‘i orqali chek beruvchining hisobvarag‘ining debetidan o‘tkaziladi. Chekning asl nusxasi bank mas’ul ijrochisining imzosi, bankning to‘rtburchak muhri izi tushirilan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi.

  1. Chek egasi va chek beruvchiga turli bank bo‘limlari xizmat ko‘rsatsa:

Chek egasining banki chekda ko‘rsatilgan summani qabul qilin-gan chekka asosan chek beruvchining hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. Bir vaqtning o‘zida tijorat banklarining elektron hisob-cheklari elektron to‘lov tizimi orqali chek beruvchining bankiga jo‘natiladi. Chekning asl nusxasi mas’ul ijrochi tomonidan imzo qo‘yilgan, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning to‘rtburchak muhr izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi.


Yüklə 38,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin