Жаxон географияси маърузалар



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

 
 


53 
 
 
JAHON QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI ETISHTIRISHDA 
ETAKCHI DAVLATLAR ULUSHI
БРАЗИ ЛИ Я
6%
ҲИ НДИ СТОН
7%
АҚШ
10%
ХХР
11%
ҚОЛГАН
ДАВЛАТЛАР
66%
Mavzu: Jahonda donli ekinlar. 
Ziroatchilik,ya’ni 
dehqonchilik 
quyidagi 
tarmoqlarga 
bo’linadi: 
dalachilik,bog’dorchilik,uzumchilik. 
Yetishtiriladigan ekin tariga qarab dalachilik: don xo’jaligi,texnika ekinlari, yem-
hashak ekinlari,sabzavot va poliz ekinlari,kartoshka yetishtiruvchi xo’jaliklarga 
bo’linadi. 
Don yetishtirish-jahon qishloq xo’jaligining asosidir.Jahondagi ekin ekiladigan 
jami yerlarning yarmiga don ekiladi.Don ekiladigan yerlar aholi joylariga to’g’ri 
keladi.Jahonda yiliga 1,9 mlrd.t. don yetishtiriladi. 
Jahon don xo’jaligida asosan bug’doy,sholi,makkajo’xori yetishtirishdan iborat 
bo’lib,ular g’alla yalpi hosilining 80%ini beradi. 
Bug’doy iliq iqlim (mo’’tadil) va yaxshi tuproqni talab qiladi.Shu sababli u qora 
va kashtan tuproqli joylarda etishtiriladi.Bug’doy ekilish davriga qarab kuzgi va 
bahorgi bo’ladi.Kuzgi bug’doy mo’’tadil mintaqaning janubida,bahorgi bug’doy esa 
shimolida ekiladi. Masalan: Qozog’istonning shimoliy rayonlarida bahorgi bug’doy, 
markaziy va janubiy rayonlarida kuzgi bug’doy ekiladi.Kuzgi bug’doy tez etiladi va 
hosildorligi yuqori bo’ladi. 
Bug’doy jahonning 70 mamlakatida yetishtiriladi,lekin yalpi hosilning asosiy 
qismi: 
1.Xitoy (95 mln.t. y.ga) 6.Kanada 
2.AQSH 7.Ukraina
3.Hindiston 8.Pokiston 


54 
4.Rossiya 9.Qozog’iston 
5.Fransiya 10.Avstraliya
hissasiga to’g’ri keladi. 
Bug’doyning vatani Old Osiyo va O’rta dengiz bo’ylari. 
Jahonda yiliga 600 mln tonnaga yaqin (2006 yil 585 mln tonna) bug’doy 
etishtiriladi. 
Sholi vatani Hindiston botqoqliklari.Dunyodagi yalpi sholi hosilining 90%i 
Osiyoning “sholikor” mamlakatlarida yetishtiriladi.Dunyodagi barcha obikor 
yerlarning 2/3 qismiga sholi ekiladi. 
Osiyoning janubidagi davlatlarda sholini yiliga 2,hatto 3 marta hosili yig’ib 
olinadi. Jahonda yiliga 600 mln tonnadan ortiq sholi etishtiriladi. (2006 yil) 
Asosiy 
sholikor 
mamlakatlar: 
Xitoy 
(yiliga 
180 
mln.t.), 
Hindiston, 
Indoneziya,Tailand,Bangladesh,Vetnam. 
Asosiy iste’molchilari: Horijiy Yevropa. 
Jahonda yiliga 600 mln.t. dan ortiq makkajo’xori etishtiriladi. Jahonda yiliga 600 
mln.t. dan ortiq sholi, 585 mln.t. dan ortiq bug’doy, 320 mln.t.dan ortiq kartoshka, 
240 mln.t. dan ortiq qand lavlagi, 165 mln.t. dan ortiq soya, 135 mln.t. dan ortiq arpa 
yetishtiriladi (2006 y). 
Makkajo’xorining vatani Markaziy Amerika.Yangi dunyo kashf qilingandan so’ng 
boshqa qit’alarga tarqalgan.Makkajo’xori oziq-ovqat va yem-hashak ahamiyatiga 
ega.Makkajo’xorining o’sishi uchun havo temperaturasi +10
0
dan kam bo’lmasligi 
kerak.Sernam joylarda va tog’ oldi rayonlarda yuqori hosil beradi.Asosan bug’doy 
ekiladigan joylarda yetishtiriladi. 
Makkajo’xori yetishtirishda: 
1.AQSH (220 mln.t.) 5.Rossiya 
2.Xitoy 6.Meksika 
3.Braziliya 7.Argentina 
4.Ruminiya 8.JAR. 
Jahonda yiliga 600mln tonnadan ortiq makkajo’xori etishtiriladi. (2006 y) 
Dunyodagi makkajo’xori etishtiriladigan asosiy rayon-AQSHning makkajo’xori 
mintaqasi Buyuk ko’llarning janubida bo’lib, Ayova shtati dunyoga mashxur. 
Dunyoda yetishtiriladigan g’allaning 10-15%i jahon bozoriga chiqariladi.G’alla 
eksport 
qiladigan 
asosiy 
mamlakatlar: 
AQSH,Kanada,Avstraliya,Fransiya,Argentina.Kanada bilan Avstraliya yillik bug’doy 
hosilining,Argentina esa makkajo’xori hosilining 80%ini chetga chiqaradi. 
Oziq-ovqatga ishlatiladigan donni asosan rivojlanayotgan mamlakat, yem-hashak 
uchun ishlatiladigan donni asosan G’arbiy Yevropa va Yaponiya sotib oladi.Keyingi 
vaqtlarda MDH ham asosiy importchiga aylanib bormoqda.Ular yiliga 30-40 mln.t. 
g’alla import qilmoqda. 
Jahonda bug’doy, sholi va makkajo’xoridan tashqari quyidagi donli ekinlar ham 
etishtiriladi (2006 y): 
Arpa-(yachmen)-143 mln.t. 
Sorgo-54 mln.t. 
Prosa(yorma)-26 mln.t. 
Oves(javdar)-29 mln.t. 


55 
Roj(suli) -23 mln.t. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin