Mavjud texnologiyalar va DIY ruhiyati muhandis va olimlarning yangi avlodini yaratadi. Butun dunyo bo‘ylab biolaboratoriyalar paydo bo‘lib, o‘zida ixtirochilarni, tajriba va kashfiyotlarni yaxshi ko‘radiganlarni birlashtiradi. Biotexnologiyadagi innovatsiyalar kelajak tibbiyotini butunlay o‘zgartirib yuborishga qodir bo‘ladi.
3D-chop etish inqilobi
3D-printerlar yordamida tibbiy asboblar, protezlar va hatto dorilarni ham yaratish mumkin. Printerlar, shuningdek, regenerativ tibbiyotda ham muhim rol o‘ynab, mutaxassislarga qon tomirlari, suyak, yurak klapanlari, to‘qimalar, sun’iy teri va hatto organlarni yaratishga yordam beradi. Mazkur amaliyotlar taraqqiy etib borishi sababli 3D-chop etish katta foyda keltirishi mumkin.
Foto: «Lifehacker.ru» Mexanizatsiyalashgan ekzoskeletlar va endoprotezlar
Ekzoskeletli kiyimlar shol odamlarga yana yurish imkoniyatini bergan bo‘lardi. Mazkur kiyim sezgini qayta tiklash, protezga real vaqtda miya bilan aloqa bog‘lash imkonini beradi. «Hozircha esa, — deydi doktor Mesko, — bunday narsalarni ishlab chiqaruvchilar uchun katta muammo inson qo‘li va oyoqlarining murakkab harakatlarini to‘g‘ri takrorlay oladigan qurilmalarni yaratishdir».
Topshiriq.
Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion texnologiyalarning istiqbollari mavzusida taqdimot va animatsion rolik tayyorlash.