doir choralar Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga
oshiruvchi tashkilotlarning, shuningdek ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi
ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiruvchi organlar jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in
qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni
o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga
kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi
hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘rishi
shart.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni
moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish hollarining
oldini olish yoki sonini kamaytirish uchun qo‘llaniladigan choralar aniqlangan
tavakkalchiliklarga muvofiq bo‘lishi hamda nazorat qilishning kengaytirilgan yoki
soddalashtirilgan choralarini qo‘llash hamda resurslarni samarali taqsimlash
to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini berishi kerak.
Tavakkalchiliklarni
baholash
natijalari
jinoiy
faoliyatdan
olingan
daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in
qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi barcha
organlarga hamda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazilishi kerak.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni
moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan
tavakkalchiliklarni baholash bo‘yicha choralarni muvofiqlashtirishni maxsus
vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
(7 1 -modda O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O„RQ-516-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)