Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani
Ozodlik ko’chasi, 68- uyda
yashovchi Ahmad Tolmasovga
Jinoyat Ishi qo’zg’atishni rad qilinganligi, shikoyat qilish huquqi va tartibi to’g’risida XABARNOMA Fuqaro Nazira Xalilovaning Sizga nisbatan arizasi bo’yicha tekshiruv tamomlandi.
Mazkur hodisa bo’yicha Siz sodir etgan qilmishda O’zbekiston Respublikasi JKning (1994-yildagi) 94-moddasi 3-qismidagi o’ldirish bilan qo’rqitib, jismoniy kuch ishlatib nomusga tegish jinoyatining belgilari bo’lsada, ushbu jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddati o’tganligi va aynan shu ayblov bo’yicha ishni tugatilganligi uchun, 2015- yil 20-aprelda O’zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi I-qismining 1 va 5-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangani sababli, Sizni ayblilik masalangiz hal qilinmasdan jinoyat ishini qo’zg’atish rad qilindi.
Sizga, O’zbekiston Respublikasi JPKning 333-moddasiga asosan qarordan norozi bo’lsangiz, jinoyat ishini qo’zg’atishni rad qilinganligi to’g’risidagi qaror ustidan ushbu xabamomani olgan kundan boshlab Pastdarg’om tuman prokuroriga shikoyat qilishga haqli ekanligingizni ma’lum qilaman.
Pastdarg’om tuman prokuraturasining katta tergovchisi 1-darajali yurist Sh.J.Qilichov