Vaznsizlik
Vaznsizlik
— jismning muallaq fizik holati;
bunda jismga taʼsir etuvchi tashqi kuchlar
shu jism zarralarining bir-biriga oʻzaro
bosimini vujudga keltirmaydi. Jism Yer
ogʻirlik maydonidagi gorizontal tekislikda
tinch turgan boʻlsa, unga
ogʻirlik
kuchi va
qarama-qarshi yoʻnalgan
kuch
taʼsir
qiladi, natijada jism zarralarining bir-biriga
bosimi vujudga keladi. Odam organizmi
bu bosimni ogʻirlik sifatida idrok qiladi.
Yerning sunʼiy yoʻldoshi (yoki kosmik
kema — KK) ichidagi jismlar yoʻldosh b-n
birga maʼlum boshlangʻich tezlik olgach
(qarang
Kosmonavtika
), ogʻirlik kuchi
taʼsirida oʻz orbitasi boʻylab bir xil
tezlanish b-n harakatlanadi. Shuning
uchun jismlar bir-biriga yoki yoʻldosh
korpusiga bosim koʻrsatmaydi, yaʼni
vaznsizlik holatida boʻladi. Jismning
vaznsizlik holatida boʻlish shartlari: 1)
jismga tortishish kuchlaridan boshqa
hech qanday kuchlar taʼsir qilmasligi; 2)
bu kuchlar maydoni bir jinsli boʻlishi, yaʼni
barcha zarralar qiymat va yoʻnalish
jihatdan bir xil tezlanish oladigan boʻlishi;
3) hamma zarralar ilgarilanma harakat
qilishi kerak. Bu shartlar, mas., erkin
tushayotgan jismda, erkin uchayotgan
(dvigatellari yurgizilgan) YESY va KK larda
roʻy beradi. Kosmonavt kabinadan ochiq
kosmosga chiqqanda ham vaznsizlik
holatida boʻladi, chunki ochiq kosmosda
tayanch yoʻq. Kosmik fazoga uchish
kishidan jismoniy va asabiy kuch talab
qiladi. Kishi kosmik fazoda gʻayritabiiy
sharoitda boʻladi. Uzoq vaqt (oylar va
yillar) vaznsizlik holatida boʻlish tirik
organizm uchun zararlidir. Shuning uchun
KK ichida muayyan darajada oʻta zoʻriqish
hosil qilinishi, KK gildirak shaklida
yasalishi, KK gʻildirak tekisligiga tik oʻq
atrofida aylanib turishi kerak, degan
takliflar ham boʻlgan.
Dostları ilə paylaş: |