Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi predmeti


Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi



Yüklə 96 Kb.
səhifə3/5
tarix03.11.2022
ölçüsü96 Kb.
#67285
1   2   3   4   5
jismoniy madaniyat tizimining jamiyatdagi asosiy funksiyasi va shakllari

3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog`liq. Har qanday fan faqatgina o`zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa tulaqonli samara bera olmaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bir necha fanlar qushilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni xal qiladigan predmetga aylangan.


Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining psixologiyasi va jismoniy madaniyat psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan o`zviy boglangan. Oldingi yagona, bo`laklarga bo`linmagan jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasidan alohida pedagogika fanlari ajralib chiqdi, bo`lar qatorida sport pedagogikasi fanlari ham, lekin ularning so`nggi rivojida bir-biri bilan o`zaro o`zviy bog`liqligi namoyon bo`ldi. Mustakil fanlar jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ishlab chiqqan umumiy qoidalarga tayanadi, olingan aniq dalillar yangi umumlashtirishlar uchun materialdir. Bu degani, jismoniy madaniyatning butun pedagogik muhitini o`z ichiga olgan boshlangich, keng ilmiy izlanish va o`qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport soxasi fanlari ajralib chiqaboshlagan ligidir: gimnastika, yengil atletika, sport uyinlari fanlari va x.k.lar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun keraqli bo`lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun ta`sir ko`rsata olganlari alohida fan bo`lib ajralmadi va ajralib chiqishi ham mumkin bo`lmasdi. Ana usha qonuniyatlarni ishlab chpkish hozirgi zamon jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining asosini tashqil qiladi.
Biologiya fani bilan bog`liqligi- jismoniy madaniyat vositalarini shug`ullanuvchilar organizmiga ta`siri reaksiyasini o`rganish keraqligiga aloqadordir. Jismoniy madaniyat jarayonini samarali boshqarish anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarini xisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy madaniyat nazariya va metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi bir tomonlama bo`lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy madaniyat haqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga ta`sir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sportning nazariyasi va praktikasi psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keladi.

Yüklə 96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin