T A Q R I Z Mamlakatimizdagi yosh avlodni tarbiyalashga ularni chuqur ilm olishiga katta imkoniyatlar yaratilgan. Shu jumladan o’quvchilarga yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanib bugungi kunda dars o’tishi bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Shu nuqtai nazardan qaraganda Qo’ziboyeva Nilufarning kurs ishi uchun tanlagan mavzusi “Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik tahlil”mavzusidagi kurs ishi o’ta dolzarb mavzu hisoblanadi. Kurs ishi kirish qismi, uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishining birinchi rejasi “Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik tahlil maqsadi” deb nomlangan va u unda tahlilning maqsadi, tahlilchining bajaradigan ishlari, o’quvchilar faoliyati, darsda o’qituvchining ro’li va boshqalar yoritilgan. Kurs ishi yuzasidan xulosalar, amaliy tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati berilgan. Muallif adabiyotlardan yetarlicha foydalangan. Reja asosida ishi olib borilgan va kurs ishida o’z aksini topgan. Muallif Qo’ziboyeva Nilufar tomonidan yozilgan “Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik tahlil” mavzusidagi kurs ishi mustaqil yozilgan va jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi yo’nalish bo’yicha bakalavir darajasiga qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi. Kurs ishini himoya qilishga tavsiya etaman.
Taqrizchi: ____________________