6. To‘g‘ri qomatni shakllantirish. Turganda va yurganda qomatni to‘g‘ri tutish
ko‘nikmalarini shakllantirish. Qomatni to‘g‘ri shakllantirish murakkab va uzoq
davom etuvchi jarayondir. Shunday ekan, bu soxada ijobiy natijalarga erishish
uchun o‘tirganda, tik turganda, yurganda qomatini to‘g‘ri tutishi haqida g‘amho‘rlik
qilish zarur; jismoniy mashqlarni keng qo‘llash kerak; jismoniy madaniyat darslari
mazmuniga albatta qomatni yaxshilashga oid mashqlarni, mashg‘ulotlargacha
bo‘lgan gimnastikani, jismoniy madaniyat vaqtlarini, badan tarbiyani kiritish,
umumiy va maxsus jismoniy mashqlar o‘tish hamda talabalarga uyga tegishli
vazifalar berish kerak.
Dostları ilə paylaş: |