Jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy prinsiplari
1.2.Shaxsni har tomonlamarivojlantirishning uslubiy asoslari
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog`liq. Har qanday fan faqatgina o`zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa tulaqonli samara bera olmaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bir necha fanlar qushilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni xal qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining psixologiyasi va jismoniy madaniyat psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan o`zviy boglangan. Oldingi yagona, bo`laklarga bo`linmagan jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasidan alohida pedagogika fanlari ajralib chiqdi, bo`lar qatorida sport pedagogikasi fanlari ham, lekin ularning so`nggi rivojida bir-biri bilan o`zaro o`zviy bog`liqligi namoyon bo`ldi. Mustakil fanlar jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ishlab chiqqan umumiy qoidalarga tayanadi, olingan aniq dalillar yangi umumlashtirishlar uchun materialdir. Bu degani, jismoniy madaniyatning butun pedagogik muhitini o`z ichiga olgan boshlangich, keng ilmiy izlanish va o`qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport soxasi fanlari ajralib chiqaboshlagan ligidir: gimnastika, yengil atletika, sport uyinlari fanlari va x.k.lar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun keraqli bo`lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun ta`sir ko`rsata olganlari alohida fan bo`lib ajralmadi va ajralib chiqishi ham mumkin bo`lmasdi. Ana usha qonuniyatlarni ishlab chpkish hozirgi zamon jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining asosini tashqil qiladi.
Biologiya fani bilan bog`liqligi- jismoniy madaniyat vositalarini shug`ullanuvchilar organizmiga ta`siri reaksiyasini o`rganish keraqligiga aloqadordir. Jismoniy madaniyat jarayonini samarali boshqarish anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarini xisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy madaniyat nazariya va metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi bir tomonlama bo`lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy madaniyat haqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga ta`sir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sportning nazariyasi va praktikasi psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keladi. Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi. Hozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo`lib, qo`shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va sotsial-tarixiy izlanish uslublaridan ko`prok extiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik.
Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslublarinazariy taxlil va umumlashtirish, pedagogik ko`zatish, eksperiment (tajriba) va matematik xisoblashdan iboratdir.
Bizga ma`lumki, nazariy taxlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini tula taxlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini tulik urganib chiqish juda qiyin. Sababi fizio logiya faiing o`zidan bir yilda ilmiy ishlarga oid 3000 dan ortik tadqiqot ishlarining natijalari e`lon qilinmoqda. U har 4-5 yilda yana shun chadanga ko`payadi bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqi dagi makolalar bir necha marotaba ko`paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - "bibliografiya" fani tadqiqotchining ishini yengillash tiradi. U nash? qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ruyxatini to`zib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma`lum dav? ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yunalishi bo`yicha yangiliklarga qisqa izox beradi.
Bundan tashqari, tadqiqotchi "bibliografik tavsifnoma"dan ham foydalanadi. Tavsifnoma yangi chiqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida(olingan ilmiy ish natijasini qisqartirgan xolda) tayyorlaydi, unga izox beradi.
Bibliogafik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi bir lamchi ishi bo`lib, tekshiruvchi izlanish orqali topilgan qarama-qarshi liklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi.
Nazariy taxlil va umumlashtirishning yana bir uslubi xujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy madaniyatning ko`p tomoni amaliy mashg`ulotlar uchun to`zilgan rejalar, kundaliklar, konspktlar va tunga uxshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan xolda to`zilgan bo`ladi. Ularni ilmiy jixatdan chukur o`rganish kutilmagan natijalarni berish mumkin. Masalan, jaxonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shug`ullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundaliklari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yo`q larning xajmi, mikdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqot chiga manba bo`lishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko`p yillik trenirovkalarning natijalarini o`rganish ham ob`ekt bo`ladi. Ilmiy maqsadda to`zilgan anketalar ham xujjat materiallari bo`lib xizmat qilishi mumkin. To`zilgan savollarga "xa" va "yo`q" deb javob berish ham ko`p xulosalarga olib keladi.Jismoniy mashq mashg’ulotlari jismoniy tarbiya jarayonidagi bir bo’lim bo’lib, ularda ham aslida jismoniy tarbiya vosita va usullaridan foydalaniladi, jismoniy tarbiya tamoyillari amalga oshiriladi. Bu esa, oqibat natijada jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning asosiy negizini tashkil etadi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlari g’oyat xilma – xil bo’lib, sayr qilish, ertalabki badan tarbiya mashqlari, sport musobaqalari, cho’milish, turistik poxodlar, jismoniy tarbiya darslari va boshqalardan iboratdir. Biroq ularning hammasi ham ba’zi umumiy qonunlarga egadir. Bu qonuniyatlarni bilish har bir ayrim holatda jismoniy mashqlarni shug’ullanuvchi kishilar organizmiga samaraliroq ta’sir etadigan darajada oqilona amalga oshirishga imkon beradi.Insonning jismoniy jihatdan kamol topishiga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shug’ullanayotgan kishilarning faoliyati har qanday mashg’ulotda nisbatan mustaqil bo’lgan bir qator elementlardan, ya’ni jismoniy mashqlarning o’zidan, ularni bajarish uchun tayyorgarlikdan, faol dam olishdan va boshqalardan iborat bo’ladi. Bu elementning o’zaro qanday aloqadorligi, ya’ni mashg’ulot mazmuni elementlarning tuzilmasi jismoniy mashq mashg’ulotlari shaklsini tashkil etadi. Bunga mashqlarni bajarish tartibi, shug’ullanuvchi kishilarning o’zaro munosabatlari, tavsifi, ularni uyushtirish va boshqalar kiradi.
Har bir ayrim holatda shakl mashg’ulot mazmuniga mos kelishi kerak. Bu esa mashg’ulotning yaxshi o’tishi uchun zarur asosiy pedagogik qoidalaridan biridir. Masalan, mashg’ulotning mazmuni jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lsa, u holda mashqlar ish bilan dam olish qat’iy bir izchillik bilan almashib turadigan muayyan tartibda bajarilishi kerak. Xuddi shuningdek, mashg’ulotning qanday natija berishi o’quvchilarni uyushtirish, mashg’ulot qay paytda o’tkazilishi, mashq o’tkaziladigan joydan to’g’ri foydalanish kabi holatlarga ham bog’liq. Binobarin, mashg’ulotlarning shakli ularning mazmuniga faol ta’sir etar ekan. Shakl bilan mazmun birligigina shug’ullanuvchi kishilar faoliyati zarur darajada muvaffaqiyatli chiqishini ta’min etadi, aks holda mashg’ulotlar natijasi tuzuk bo’lmaydi.
Hadeb bir xil mashg’ulot shaklidan foydalanaverish shug’ullanayotgan kishilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishni to’xtatib qo’yadi. Eski shakllardan kechib, ularni yangi shakllarga almashtira borish esa, jismoniy tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlari ham mazmun, ham shakl jihatidan xilma – xil blishi kerak. Bu esa pedagogik ishda yo’l qo’yib bo’lmaydigan ulubiy qo’llanmalardan qutilib, mashg’ulot o’tkazishning xilma – xil usullaridan keng foydalanish imkonini beradi.
Bu guruxlarga xos metodlarning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o`zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Bunga pedagogik izlanish kiradi. Hayotdagi ko`zatishdan farqli ularok, bu uslub ko`zatish pred metini aniq ifodalaydi, ko`zatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan xisobga oladigan sistema ishlab chiqadi va uni izlanishda qo`llaydi. Maxsus protokollar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va xokazolar. Barcha ilmiy ko`zatishlar natijasi ko`zatuvchining shaxsiy kobi liyatigagina bog`liq bo`lmasligi lozim, chunki urganilgan dalillar natijalar ko`pchilikda turlicha fikr xosil bo`lishiga olib keladi (bu metodda bir necha ko`zatuvchi bir paytning o`zida ko`zatish olib boradi va ular solishtiriladi. Bunda ayrim apparatlar usha harakatning bajari lishniy takrorlaydi yoki shunda ulchovga qarab aniq ko`zatib xulosalar qilinadi: foto, kinos`yomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar).
Hozirgi zamon nazariyasi harakatlarni bajarishdagi ayrim ifoda langan (ijro etilgan, bajarilgan) dalillarni, bilimlarni aniq ifoda lashdan chiqqan xulosalar ob`ektivligida munozara, baxsga sabab bulmoq da. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va xokazolarda harakatni ifodalashni bayon qilish (v "razitel nost)da tortishuvlarga duch kelinadi. Albatta, bunda pedagogik ko`zatish metodi kul keladi. Qator utirgan xakamlarning har qaysisi o`z fikrini bayon qiladi, umumiy xulosa shunga qarab chiqariladi.
Keng tarqalgan aniq xisobga olish metodlaridan biri xrono metr lashdir. «Xrono» - vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni baja rish uchun sarflangan vaqtga qarab natija taxlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo`lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashg`ulotining boshidan oxirigacha xronometrlash mashg`ulot ning asosiy vaqtini samarasiga baxo berish uchun foydalaniladi.
Ilmiy tekshirishning bu metodi tekshiruvchining o`zi tomonidan uyushtirilgan bo`lib, uning o`zini aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metodda tekshiralayotgan jarayon maxsus sharoitda yoki yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratiladi, tadqiqot uslubining qulay yoki qimmatli tomoni ham ana shundadir.
Jismoniy madaniyat jarayonida olib borilayotgan tajribani maxsus sharoitni xisobga olmay yoki sun`iy qaytadan usha sharoitni yaratishda tekshirilishi kerak bo`lgan masalaga oid bo`lmagan ochiq muammolar ham yuza ga kelishi mumkin. Bu uslubning salbiy tomonidir. Tajribani ob`ektiv utkazish amaliyotda tabiiy, modulli va laboratoriya eksperimentlari deb nomlangan xillarridan foydalaniladi.
Tabiiy eksperiment hayotiy sharoitda olib boriladi. Undan taj-riba ishtirokchilari butunlay bexabar (samaraligi shunda ham) bo`lishi mumkin. Masalan, bir maktabning ikki sinfda jismoniy madaniyat dars uslublar bilan olib borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi samaradorligini aniqlashga erishiladi. Moduli eksperiment metodidan ko`zatuvchi hayotda uchraydigan oddiy sharoitdan bir oz o`zgargan muhitda tajriba utkazadi. Masalan, muskul kuchini ustirishda sportga yangi kelganlarda ish olib borildi, deylik. Ular xaftada uch marta, gurux-guruxlarga bo`linib, birinchi guru xi yotib shtangada mashq qilish, ikkinchi guruxi o`z tanasi ogirligidan foydalanish, uchinchi guruxi faqat gantel kutarish bilan ma`lum muddat mashq qiladi. Har qaysi guruxning moduli alohida (shtanga, gavdasi ogir ligi, gantel) mashqlar faqat yelka kamar muskullarining kuchini orti rishga yunaltirilgan. Belgilangan muddatdan so`ng natijalar taqqoslanib samara bergan modul va uning mashqlari, uslubiyati e`lon qilinadi.
Laboratoriya eksperimentida shug`ullanuvchilar amaliyotda kam uchraydigan sharoitda tajriba utkaziladi. Masalan, jismoniy tayyorgarligi teng ikki gurux olinib, ulardan birining mashg`uloti laboratoriya da, ikkinchisiniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi. Bu tajriba ning qulayligi tajribaning laboratoriya sharoitida yangitdan takrorlay olish mumkin ekanligidadir. Tajriba utkazuvchining tajribada ishtiroki ob`ektiv bo`lmagan xulosalarga olib kelishi mumkin.