JISMONIY MADANIYAT TUSHUNCHALARI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyatlari. Bu guruhlarga xos metodalarning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o’zi tadqiqotda aynan ishtrok etmaydi. Bunda pedagogik izlanish kiradi. Hayotdagi kuzatishdan farqli o’laroq, bu uslub kuzatish predmetini aniq ifodalaydi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga oladigan sistema ishlab chiqadi va uni izlanishda qo’llaydi. Maxsus protokollar, yozuvdagi ifodalagichlar va xokazolar. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchining shaxsiy qobiliyatigagina bog’liq bo’lmasligi lozim, chunki o’rganilgan dalillar natijalari ko’pchilikda turlicha fikr hosil bo’lishiga olib keladi.(Bu metodda bir necha kuzatuvchi bir paytning o’zida kuzatish olib boradi va ular solishtiriladi.