Jismoniy madaniyat



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/10
tarix02.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#123443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi 2

. Sport musobaqalarini va o'tkazish qonun-qoidalari

Har xil bayramlar, shu jumladan sport bayramlari ham bolalar hayotida mustahkam o'rin egallagan. Bu bayramni bolalar yuqori darajali kayfiyat bilan kutadilar va unda ishtirok etadilar. Ma'lumki, har bir bayram jismoniy mashqlar va sport musobaqalarisiz yoki sportchilarsiz o'tmaydi. Albatta sportchilar ham ishtirok etadilar. Ommaviy sport chiqishlari bayram sanalariga to'g'ri keladi. Masalan, xotin-qizlar bayrami, askarlar kuni, Navro'z bayrami, O'zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni vashu kabilar. Ushbu bayramlarda gimnastika chiqishlari an'anaga aylangan.Jismoniy tarbiya va sport bayramlarini maktabgacha tarbiya muas-sasalaridan boshlab, boshlang'ich sinflarda o'tkazilishi katta ahamiyatga * ega: targ'ibot qilish hamda sport bayramlari orqali bolalarni ommaviy jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishga jalb qilish va ularda qiziqish uyg'otish masalalarini hal qiladi.
Sport bayramlarini tashkil qilish va o'tkazish murakkab masalalardan biri. Uni tashkil qilishda bog'cha mudirining qarori asosida tashkiliy qo'mita tuziladi. Unga mudira muovini, metodist yoki katta pedagog (rais), jismoniy tarbiya bo'yicha mutaxassis-tarbiyachisi, boshqa tarbiyachilar, ota-onalar qo'mita a'zolari va boshqalar kiritiladi. Tashkiliy qo'mita ish rejasini tuzadi, maqsad va vazifalarini aniqlaydi, o'tkazish joyini va vaqtini belgilaydi.
Tayyorgarlik ko'rish ishi jarayonida ota-onalardan, homiy tashkilotlardan yoki sport maktablaridan yordamchilar so'rash mumkin.Bajariladigan har bir ishga mas'uliyat bilan qarash kerak. Birinchi navbatda, o‘yin tizimini tanlaishdan oldin quyidagi vazifalar hisobga olinishi lozim. Uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan muddati, qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi darajasi, musobaqani o‘tkazish uchun hududiy joylaishish to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak. Musobaqalar aylanma, Yutqazgan chiqib ketadigan va aralaish tizimlar asosida o‘tkaziladi.
Musobaqa o’tkazish tizimlari. Aylanma tizim. Aylanma tizim bo‘yicha hamma qatnashuvchi jamoalar bir-birlari bilan uchrashishadi. Musobaqalaishuvchilarning kuchlari o‘rtasidagi nisbatini aylanma usul, ayniqsa obyektiv aniqlaishga imkon beradi. Bu tizim tasodifiy natijalar oldini oladi va sportchilar tayyorgarligini tekShirishga va g‘oliblarni aniqlaishga to‘liq imkoniyat beradi.
E ng asosiy vazifalardan biri-bu bayramli chiqishlar dasturi, jismoniy mashqlar majmuasini tuzish, har bitta guruh bilan chiqish mashqlarini o'rganish, ayrim sport elementlarini o'rganish, raqs mashqlarini tanlash va o'rganish, repititsiya o'tkazish chiqishlarni musiqaviy bezatish, sport anjomlari, uskunalar (to'plar, gardishlar, gimnastik tayoqchalar, sharlar, arqonchalar) va sport formalarini ta'minlash hamda emblemalar tanlash. Bulardan tashqari sport bayrami o'tkaziladigan joyni bayramona bezatish, har xil ko'rgazmalar bilan boyitish, fotomontajlar va hokazo.
Tashkiliy qo'mita o'z ishini sport bayramini o'tkazishga oid muhokama bilan yakunlaydi.
Sport bayramini muvaffaqiyatli o'tishi dasturning aniq, tushunarli-ligi va tayyorgarlik darajasiga bog'liq. Dasturning ishlab chiqilishi bayramning g'oyasi, mavzusi va mazmunidan kelib chiqishi lozim. Shu jumladan bog'chaning moddiy tomonlarini, ishtirok etuvchilarning jismoniy va sport tayyorgarligi, sport tadbirining katta-kichikligi, o'tkazish joyi va vaqtlarini hisobga olish zarur3.
Sport bayram dasturini shunday tuzish kerakki, hamma chiqishlar bir-biri bilan bog'langan bo'lishi kerak, orada uzilish bo'lmasligi, takror hamda zerikarli bo'lmasligi lozim, har xil yurishlar, saf mashqlari, gimnastika, akrobatika, turli bellashuvlar, ashula va raqs mashqlari, savol-javoblar va shu kabilar dasturga kiritilgan bo'lishi lozim. Shular qatorida mashqlarni va chiqishlarni juda ko'paytirib yuborish yaxshi natijaga olib kelmaydi, bolalarda qiziqish pasayadi.O'tkazilgan sport bayramlaridan bir shingil.
Gimnastik chiqishlarni, mashqlarni, kombinatsiyalarni yoshga, tayyorgarlikga nisbatan to'g'ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Sport musobaqasi yoki bayramlarni yutug'i ko'pincha musiqani to'g'ri tanlashda bo'lib, u mashq mazmunini ochib beradigan, uning xarakteri va shakllariga javob beradigan bo'lishi kerak. Musiqa nafaqat sport bayramini to'laqonli o'tishiga, balki har xil chiqishlarga, turli mashqlarni samarali bajarishda ta'sir ko'rsatadi. Musiqa ijro etuvchi-larga va taklif qilingan mehmonlarga yoqimli bo'lishi uchun bolalarga va kattalarga tanish bo'lgan musiqa tanlash maqsadga muvofiq bo'la Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni juft bo`lganda o‘yinda ikkinchi turdan boshlab qatnashadigan jamoalar setkaning yuqori va pastidan teng qilib taqsimlanadi.Jamoalar soni toq bo‘lganda setkaning pasti qismida musobaqa o‘yinga ikkinchi turdan boshlab kirishadigan jamoalar soni bitta ko‘p bo‘lishi kerak. Mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketish bilan o‘ynaladigan tizimning afzalligi shundaki, jamoalar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, g‘olib qisqa muddatda aniqlanadi: masalan, 19 jamoa atigi besh taqvim kuni talab qilinadi.
Biroq bu tizimning jiddiy kamchiligi shundaki, bir-biri bilan o‘ynaydigan jamoalar qur’a tashlash bilan aniqlanadi, bu esa musobaqaga tasodifiylik elementini kiritadi. Shu tufayli, bir necha kuchli jamoalar qur’a taqozosi bilan setkaning bir tomonida bo‘lib qolishi mumkin. Buning natijasida kuchli jamoalar musobaqalardan finalgacha chiqib ketishi lozim bo‘lib qoladi. Pirovardida nisbattan kuchsiz jamoa finalga yo‘llanma olishi mumkin. Bunday hol yuz bermasligi uchun, kuchli jamoalarni suniy ravishda bo‘lib yuboriladi. Bu maqsadda qur’aga binoan setkaning turli tomonidan ularga raqam beriladi, keyin esa qolgan jamoalar uchun bo‘sh raqamlarga qur’a tashlanadi. Jamoalar keyingi turda qaysi jamoa bilan uchrashishini bilmasliklari uchun mag‘lubiyatdan keyin chiqib ketish bilan o‘ynaladigan o‘yin tizimining bir oz o‘zgartirilgan turi qo‘llaniladi: birinchi tur musobaqalaridan keyin qolgan jamoalar o‘rtasidan yangidan qur’a tashlanadi va shu yo‘sinda ikkinsi turda bir-biri bilan o‘ynaydigan jamoalar ushbu qur’a natijasiga ko‘ra aniqlab olinadi. Bu tizimga binoan musobaqada qatnashuvchi jamoalar guruhlarga bo‘linadi. Masalan, musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni 16 ta bo‘lganda, ular har bir guruhda to‘rttadan jamoa bo‘lgan to‘rt guruhga bo‘lib yuboriladi. Guruhdagi o‘yinlar davrali tizim bo‘yicha bir yoki ikki davrada o‘tkaziladi. Jamoalarni qur’a tashlash bilan guruhlarga bo‘lishni turli sharoitlarni hisobga olib o‘tkazish mumkin. Bu sharoitlar oldindan Musobaqa nizomida ko‘rsatib o‘tiladi (jamoalarning xududga mansublik prinsipi, kuchli jamoalarni oldindan klassifikatsiyalash asosida turli guruhlarga bo‘lib yuborish va hokazo). Jamoalar qandaydir bir joyda yig‘ilganda emas, balki turli guruhlar va xatto guruhga kiruvchi jamoalar xudud jihatidan turli joylarda joylashtirilganda ham musobaqalarni bu tizimi bilan o‘tkazish mumkin. Guruhda birinchi yoki ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar keyingi musobaqalarga ishtirok etishga yo‘l qo‘yiladi. Bu musobaqalar mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketish bilan o‘ynaladigan tizim bo‘yicha o‘tkaziladi, bunda birinchi ikki tur o‘yinlarida bir guruhdagi jamoalar bir-birlari bilan uchrashmasliklari kerak, chunki ular dastlab o‘zaro o‘yin o‘tkazganlar.
Quyidagi musobaqa o‘tkazishning shunday sxemasi keltiriladi, bu sxema musobaqaning birinchi qismida ham, shuning bilan birga ikkinchi qismida ham jamoalarning qur’a tashlashidan oldin tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Ma’lumki, mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketish tizimi bo‘yicha o‘ynaladigan o‘yinlarda yoki aralash tizimda o‘tkazilayotgan musobaqada, garchi o‘yin asosiy va qo‘shimcha vaqtda durang bilan tugallansa ham, bir o‘yinda yohut bir necha o‘yindan keyingi musobaqalarda qatnashish uchun g‘olibni aniqlash zarur, albatta. Buni aniqlashning bir nechta usuli bor. Ulardan birining, hozirgi vaqtda eng keng tarqalganining mohiyati shundan iboratki, jamoalar o‘zaro ikki marta: o‘z maydonida shuningdek raqib maydonida uchrashadilar (bunda o‘tkazilgan har bir o‘yin uchun ochko beriladi). Ochkolar soni teng bo‘lgan taqdirda kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plpr nisbati e’tiborga olinadi, shu bilan birga raqib maydonda kiritilgan bir to‘p ikkitaga hisoblanadi. Jadval tuzishda qatnashuvchilar soniga qarab vertikal chiziqlar chizib chiqiladi. Chiziqlar asosan toq olinadi. Masalan 7, 8 ta jamoa qatnashuvida 7 ta, 9–10 ta jamoa bo‘lganda 9 ta vertikal chiziq chizib olinadi.

Unda qatnashuvchilar raqami (qur’a natijasiga asosan) quyidagicha yoziladi: birinchi chiziq tagida 1 raqami qo‘yiladi, bitta chiziqdan so‘ng 2 raqami, Yana bittadan so‘ng 3 raqami va hokazo. Yuqoridagi ikkinchi chiziqdan boshlab, keyingi raqamlarning joylaishishini davom ettiramiz: 4 raqami, bittadan so‘ng 5 raqami va hokazo. Oxirgi, juft raqam mavjud bo‘lganda Yuqoridagi raqamlar yoniga yoziladi. uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan jamoa musobaqalardan chiqib ketadi. Bu tartibning kamchiligi Shundaki, o‘yin natijasi tasodifiy bo‘lishi ham mumkin. Ustunligi Shundaki, ko‘p sonli jamoalar qatnashayotgan musobaqalarni o‘tkazish uchun ozgina vaqt kerak bo‘ladi. Musobaqada ishtirok etayotgan jamoalar soni 4, 8, 16, 32 va hokazo bo‘lganda, hamma qatnashuvchilar musobaqaning birinchi turidan qatnashishadi. Juftliklar tartib raqamlari Yuqoridan pastga qarab tuziladi. Agar jamoalar soni 2 ning darajasiga barobar bo‘lmasa, unda ayrim jamoalar (qur’a natijasiga ko‘ra) ikkinchi davradan boshlab qatnashadilar. Jadvalni Shunday tuzish kerakki, ikkinchi turda o‘ynaydigan jamoalar soni teng bo‘lishi kerak. Birinchi davrada nechta jamoa ishtirok etishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:(A – 2n ) x 2, bunda A – jami jamoalar soni; n –qatnashadigan jamoalar soniga Yaqin bo‘lgan daraja. Misol uchun, 11 ta jamoa ishtirok etadigan musobaqa olinadigan bo‘lsa: A11. 11 ga eng Yaqin son 8 bo‘ladi (23  8).Formula asosida yechiladi: (11-8) x 2  6. Birinchi turda 6 ta jamoa o‘ynaishi kerak. Ikkinchi davradan boshlab o‘ynaydigan jamoalar uchun 2 ta Yuqoridagi va 2 ta pastdagi raqamlar belgilanadi. Barcha raqamlar (birinchi davrada o‘ynaydigan raqamlar ham) jadvalda Yuqorida va pastda joylaishgan jamoalar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Agar jamoalar soni toq bo‘lsa, unda ikkinchi davradan o‘yinni boshlaydigan jamoalarning soni jadvalning pastida Yuqoridagiga nisbatan bitta ortiq bo‘ladi. Birinchi davradan o‘yinni boshlaydigan jamoalarda esa, aksincha, jadvalning Yuqorisida bitta raqam ortiq bo‘ladi (10-jadval).Bir musobaqa doirasida ikki tizimdan ham foydalanish mumkin bo‘lib, bu tizim Shartli ravishda aralaish tizim deb nomlanadi. Aralaish tizimga muvofiq guruhlar yoki zonalarda o‘yin aylanma tizimda, so‘ngra esa Yutqazgan chiqib ketish tizimida olib boriladi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin