O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAVZU: SPORT BAYRAMLARINI O’TKAZISHDA HARAKATLI O’YINLARDAN FOYDALANISH “JISMONIY MADANIYAT” FAKULTETI “JISMONIY MADANIYAT” TA’LIM YO’NALISHI 2-BOSQICH 21-02-GURUH TALABASI NAZIROV JAVOHIRNING “SPORT VA HARAKATLI O’YINLAR” FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI BAJARDI_______________________________________________________ QABUL QILDI_____________________________________________________ Termiz-2023
MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………….3 I BOB SPORT MUSOBAQALARINI, BAYRAMLARINI TASHKIL QILISH VA O'TKAZISH QONUN-QOIDALARI METODIKASI.......................5 1.1.Sport musobaqalarini, bayramlarini tashkil qilish………………………….……...5
2.1.Sport musobaqalarini vao'tkazish qonun-qoidalari………………………….…….9
II. BOB HARAKATLI O‘YINLARNI O‘TKAZISH METODIKASI………….13 2.1.Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi………………………………………..13
2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o‘yinlari………………………...….27
XULOSA………………………………………………………………….…………. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..….. KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Spоrt va jismоniy tarbiya bo`yicha malakali,оliy va o`rta ma`lumоtli murabbiylar tayyorlash dоlzarb masalalardan biridir. Bizda yosh avlоdni puxta bilim оlishlari, har tоmоnlama rivоjlanishlari uchun munоsib sharоitlar yaratish, davlatimiz siyosati darajasiga ko`tarilgan.
Hоzirgi kunda Respublikamiz o`quv yurtlarida uslubiy xujjatlarni xududimiz iqlimi sharоitiga, mamlakatimiz an`analariga, urf оdatlari, rasm-rusumlari, ajdоdlarimiz merоs maslaxatlariga tayanib xayotga tadbiq etish zarurdir. Yuqоri malakali mutaxasislar, murabbiy-o`qituvchilar tayyorlash ham bundan mustasnо emas1.
Respublikamizni jismоniy tarbiya va spоrtida spоrt o`yinlarini o`rni beqiyosdir.Spоrt o`yinlari harakatli o`yinlarning rivоjlangan yuqоri bоsqichi,har bir spоrt o`yinining o`ziga xоs xususiyatlarga ega.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, sportimizni xalqaro mavqeini ko`tarishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Yildan yilga Respublikamizda xalqaro va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarni o`tkazish an’anaviy tadbirlar tarkibidan joy olmoqda. O`zbek sportchilari Osiyo, Jahon va Olimpiya musobaqalarida yuksak natijalarga erishib, yurtimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida namoyish etib kelmoqda.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalash doimo jamiyatimiz oldida turgan dolzarb va asosiy masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab hukumatimiz rahbariyati diqqat- e’tiborini muntazam ravishda yosh avlod tarbiyasiga qaratib kelmoqda. Shu boisdan ham “Ta’lim to‘g‘risida”gi1 , “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi2 qonunlar qabul qilinishi, “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi farmoni fikrimizning yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotining barcha sohalarida: iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy fan va texnika, ma'naviyat va ma'rifat, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda erishgan ulkan g‘alabalari bilan jahon xamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 13-fevraldagi PQ-3031-son “2019-2023-yillar davrida, “jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 118-son qarori xamda boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan strategik vazifalarini amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.