Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Xalq milliy o’yinlari markam, uning ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi faoliyati



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə33/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

5.3. Xalq milliy o’yinlari markam, uning ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi faoliyati


5.3.1. Xalq milliy o’yinlari markazi

1989-91 yillar milliy qadriyatlarni o’rganish, ular­ni imkoniyat darajasida qayta tiklash amalga oshirilishi bilan e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarning tarkibidan o’rin olgan xalq milliy uyinlariga e’tibor kuchaydi. Shu sababdan respublika hukumatining qaroriga asosan, 1991 yil boshida «Xalq milliy o’yinlari respublika Assosiasiyasi» /uyushma ma’nosida/ tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi xalq orasida keng qo’llanilib kelinayotgan milliy o’yinlarni o’rganish, ularning tarbiyaviy jihatlarini targ’ibot qilish va ommaviy tadbirlar o’tkazib borishdan iborat qilib belpshandi. SHu bilan birga, xalq milliy o’yinlarini Markaziy Osiyo va undan ham kengroq mintaqalarda musobaqa tarzida o’tkazishni yo’lga qo’yish belgilandi. SHunga asosan, 1991 yilning aprelida Qozog’istonda o’tkazilgan Xalq milliy o’yinlari anjumani va sport musobaqalarida yurtimiz vakillari ilk bor ishtirok etdilar.


Xalq milliy o’yinlari Assosiasiyasining bevosita tashabbusi va Davlat sport qo’mitasi hamda Madaniyat ishlari vazirligi rahbarligida 1991 yil 25 aprelda Jizzax viloyatining Forish tumanida ilk bor xalq milliy o’yinlari musobaqasi o’tkazildi va u har yili bahorda /aprel-may/ Forishda an’anaviy ravishda o’tkazib borildi. Bu musobaqa keyinchalik «Alpomish o’yinlari festi­vali» /Termiz-1998, Farg’ona-2000/ nomini oldi. Xalq milliy o’yinlaridan «Ko’pkari», «Poyga», «Bo’ron», «Mindi», «To’qqiz tosh» musobaqalar dasturga kiritildi. 1999 yildan boshlab (Jizzax) har ikki yilda bir marta (2001 yilda SHaxrisabz) To’maris o’yinlari respublika festivali o’tkazilmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, 1991 yildan /Jizzax, Termiz, Toshkent, Farg’ona, Qarshi/ buyon xalq milliy o’yinlariga bag’ishlab ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazib kelinmoqda. Ularda xalq milliy o’yinlarining mazmuni, ularni sport darajasiga chiqarish, shu sohada mutaxassis kadrlar tayyorlash, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlash singari katta muammolar muhokama etilmoqda.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin