4.4.3. Qishloq aa suv xujaligi vazirligi tizimida jismoniy
tarbiya va sport ishlari
Yuqorida ta’kidlanganidek, o’quv yurtlariga ega bo’lgan barcha vazirliklar, Davlat qo’mitalari o’z sohalarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qiladilar. Undan tashkari, uz ixtisosliklarida faoliyat ko’rsatayotgan mehnat jamoatari, muassasalar va tashkilotlardagi aholining jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishini ta’minlash ularning muhim vazifalariga kiradi.
Ma’lumki, qishloq va suv xujaligi vazirligi tizimida ham ko’pgina o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari mavjuddir. Ularning o’quv pejalapi va dasturlarida jismoniy tarbiya darslari hamda ommaviy sport tadbirlari asosiy faoliyatlar tarkibidan o’rin egallagan. Chunki mutaxassislarni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash umumdavlat ahamiyatga molik bo’lgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Mehnatkash yoshlarning ish qobiliyatlarini, mehnat unumdorligini oshirish va ularning jismonan tetik bo’lishida jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari muhim omillardan biridir. Shu sababli ishlab chiqarish korxonalari, ularning sport majmualarida sport klublar faoliyat ko’rsatadi. Unda etakchi murabbiylar, tajribali uslubiyatchilar mehnat qilishadi.
Sport klublar tarkibida quyidagi ish turlari mavjud:
1.Ishchi va mehnatkashlarning bo’sh vaqtlarida sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar, o’yinlar, gimnastika va h.k.ni tashkil etish.
Sport turlari bo’yicha terma jamoalar (komanda) tuzish, mashg’ulotlar tashkil qilish, ularning shahar, tuman, viloyat va respublika sport musobaqalaridagi ishtirokini ta’minlash.
Sport turlari bo’yicha korxona xodimlarining bolalari uchun sport maktabini tuzish.
Sog’lomlashtiruvchi guruhlar tashkil qilish.
Sport inshootlarini ko’paytirish, ta’mirlash, ularda pullik xizmatlarni tashkil qilish (mashg’ulotlar, musobaqalar, ijara va h.k.).
4.4.4. Madaniyat ishlari vazirligi tizimida jismoniy
Dostları ilə paylaş: |