Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Dam olish maskanlarida /sport lagerlari, istirohat va ko’ngil ochish bog’lari va hokazo/ sog’lomlashtirish ishlari



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə52/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

8.5. Dam olish maskanlarida /sport lagerlari, istirohat va ko’ngil ochish bog’lari va hokazo/ sog’lomlashtirish ishlari

Aholi istiqomat joylarida dam olish va sog’lomlashtirish maskanlari shakli quyidagicha bo’lishi mumkin:



  1. Istirohat va ko’ngil ochish bog’lari /park/.

  2. Anhor, ko’l, suv ombori va katta ariq yoqalari /plyaj/.

  3. O’quvchilarning dam olish oromgohlari /lager/.

  4. Sport oromgohlari /sport lageri/.

  5. Mahalla va uylar oldidagi bolalarning o’yin maydonlari.

Bu shakllardagi dam olish maskanlarining qurilish, shart-sharoitlari, imkoniyatlari har xil bo’lishi tabiiydir. Shu sababdan ularda tashkil qilinadigan koman­dalar, sog’lomlashtiruvchi guruhlar, ularning mashg’ulotlari hamda musobaqalari ham shundan kelib chiqqan holda har xil bo’ladi. Bunday turli-tuman joylarda o’yinlar, mashg’ulotlar va musobaqalarni tashkil etish mutasaddi tashkilotlar, jamoat tashkilotlari. mahalla-qishloq oqsoqollari kengashi hamda faollari tomonidan olib borilali. Bu faoliyatlarda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari, tibbiy xodimlar, qutqaruvchi /suv/ va nazorat xizmatlari bo’lishi kerak.
Umumiy xulosa shundan iboratki, mamlakatda olib borilayotgan turli ommaviy tadbirlarda sport turlari va xalq milliy o’yinlari mazmun topmoqda. Ularni tayyorlash va o’tkazishda aholi turar-joylaridagi faollar yaqindan yordam bermoqda.
IX. JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI
BOSHQARISH VAZIFALARI, REJALASHTIRISH
ISHLARI


9.1. Sport tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishdagi asosiy vazifalar /funksiyalar/

O’zbekistonning mustaqilligi va uning istiqbol sari dadil qadam tashlashi boshqaruvchilik funksiyalari /vazifalar/ni yangilash, davlat tuzilishi va uning qonunlari asosida faoliyat ko’rsatishni taqozo etmoqda. Bu jarayonlar O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Jis­moniy tarbiya va sport to’g’risida»gi, «Ta’lim to’g’risida»gi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport sohasidagi qarorlarida aks ettirilgan. Shuningdek, aholining salomatligini ta’minlovchi «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari mazmunida mamlakatda jismoniy tarbiya va sport harakatini yanada takomillashtirish vazifalari mufassal ishlab chiqilgan va ular amalda qo’llanilmoqda.


O’zbekistonda boshqarish idoralarining oldiga hozirgi kun talablari asosida juda muhim va murakkab vazifa­lar qo’yilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Davlat jismo­niy tarbiya va sport qo’mitasi, sport jamiyatlarining markaziy kengashlari, o’quv yurtlariga ega bo’lgan vazirliklar, davlat qo’mitalari, aholining salomatligini yax­shilash bilan aloqador bo’lgan «Navro’z», «Mahalla», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Sog’lom avlod uchun», «Ekosan», «Kamolot» va boshqa tashkilotlar, ularning quyi tarmoqlarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini yaxshilash maqsadida katta vazifalar turadi. Sport tashkilotlarining eng aso­siy vazifalari quyidagi faoliyatlarga qaratilgandir, ya’ni:

  • boshqaruvchilik qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va ularni amalda qo’llash;

  • boshqarish bilan bog’liq bo’lgan barcha faoliyatlarni tashkil qilish va ish yuritish;

  • eng muqim faoliyatlarni yo’lga solish /regulirovka/;

  • barcha ishlarni hisobga olib borish va ularni nazo­rat qilish;

  • amalda bajarilgan faoliyatlarni tahlil qilish, baholash, ularga tanqidiy qarash va hokazo.

Respublika miqyosidagi barcha sport tashkilotlari va sport jamiyatlari o’z faoliyatlarini talab darajasida yuritish uchun yuqori davlat organlarining ko’rsatmalariga itoat etishi zarur. SHu bilan birga, o’zlarining quyi tarmoqlarida barcha faoliyatlarini muvofiqlashtirgan holda ularni nazorat qilib boradi va ish natijalarining ijrosini talab etadi.
Bunday faoliyatlarda etakchi olimlar, mutaxassislar, murabbiylar, sport faxriylarining bevosita ishtirok etishlari ta’minlanadi. SHu bilan birgalikda, jismo­niy tarbiya va sport harakatidagi eng ilg’or tajribalar ommalashtiriladi, kamchiliklarga barham beriladi. O’zbekistonda barcha faoliyatlar davr talablaridan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin