Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Huquqiy normalar sanksiyasi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə73/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

Huquqiy normalar sanksiyasi


Moddiy javobgarlik – bu korxonlar va tashkilotlar­ning, shuningdek, ayrim mansabdor shaxslarning zimmasiga xo’jalik faoliyatining natijalari uchun yuklatilgan mas’uliyatdir. Moddiy javobgarlik:



  • jarimalarda;

  • penyalarda;

  • jarimalar va hokazolarda ifodalanadi.

Intizomiy javobgarlik – bu xizmat burchlarini buzish, suiiste’mol qilish natijasida kelib chikadi. Bun­da jazo quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:

  • tanbeh;

  • hayfsan;

  • muayyan muhlatga maoshi pastroq ishga o’tkazish va hokazolar,

Ma’muriy javobgarlik – bu yuridik javobgarlik turi bo’lib, vakil kilingan organ yoki mansabdor shaxsning qonun-buzarlik qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo’llashida ifodalanadi. Bunday jazolar turli-tuman sanksiyalarda – nachetlar (qaytarib olinishi zarur bo’lgan harajat), jarimalar va hoqazolar ko’rinishda bo’ladi.
Jinoiy javobgarlik - bu mansab bilan bog’liqjinoyat sodir etilganda sud tomonidan qo’llaniladigan jazodir. SHunday qilib:
Sport tashkilotlari faoliyatini yurgazish va u bilan bog’liq bo’lgan qonuniy tomonlar bu tashkilotlar nizomlar:
Moddiy javobgarlikka - moddiy zarar etkazish
Intizomiy javobgarlikka - intizomiy nojo’ya harakat.
Ma’muriy javobgarlikka - ma’muriy huquqbuzarlik
Jinoiy javobgarlikka - jinoyat asos bo’ladi.
rida to’la bayon etilgan. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi «O’zbekiston» sport jamiyati, shuningdek, «Dinamo», «Yoshlik», «Talaba» sport jamiyatlarining Nizom va ustavlari buning dalilidir. Bu nizomlar sport tashkilotlarining huquqiy me’yoriy aktlarini tashkil etadi. SHuni ham uqtirish zarurki, jismoniy tarbiya jamoalari va sport klublari haqida ham maxsus nizomlar mavjud. Bu nizomlar uz jamoalari va boshqaruv joylarida ishlab chiqiladi hamda yuqori davlat idoralari tomonidan tasdiklanadi. Ustavlar esa sport jamiyatlarining respublika anjumanlarida tasdiklanadi.
Barcha nizomlarda jismoniy tarbiya va sport tashki-lot va jamiyatlarining vazifalari, huquklari va ish maz-munlari batafsil bayon etiladi. Sport tashkilotlari va barcha davlat hamda jamoat tashkilotlariga tegishli bo’lgan ba’zi bir huquqiy, me’yoriy aktlar mavjud. Shu hujjatlar o’quv mashg’ulotlari, ommaviy sog’lomlashtirish sport tadbirlari va ularga shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlari haqida asos bo’ladi. Bular O’zbekiston Konstitusiyasi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi, «Ta’lim to’g’ri-sida»gi qonunlar, «Sog’lom avlod uchun» ordenini ta’sis qilish to’g’risidagi farmon va boshqa qarorlardir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. Bu qonun 28 moddadan iborat bo’lib, unda, asosan «Fuqaro-larning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquklari» (2-modda), (3-modda), «O’zbekiston Respublikasida jis­moniy tarbiya va sportga rahbarlik qilish» (6-modda), «Jismoniy tarbiya va sportni, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish» (9-modda), «Jismoniy tarbiya va sportga mablag’ ajratish» (12-modda), «Sportchilarning ijtimo-iy ximoyalanganligi» (25-modda), «Professional sport» (26-modda) va boshqa muhim faoliyatlar aks ettirilgan. Bunday qonunlashtirish ishlari respublika aholisini jismoniy tarbiyalash, sog’liqni muhofaza qilishdagi yangi ququqiy hujjatdir. Talabalar qonunning mazmunini to’la o’zlashtirib olishlari va amaliyotda qo’llashlari zarur.
1992 yil 8 dekabrda Respublika Oliy Kengashining XI sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Konstitu­siyasi» qabul qilindi. Bunda avvalgidan farqli o’laroq, aholining salomatligi, yoshlarning jismoniy kamoloti hamda ularning Vatan himoyasiga tayyorgarlik ko’rishdagi jismoniy chiniqishlari qonuniy belgilab qo’yilgan.
Konstitusiyaning «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari» (IX bob) bobining 41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega» deb kafolat berilgan. Ma’lumki, bilim berish o’kuv yurtlarida amalga oshiriladi. O’quv jarayonining tarkibiy qismi jismoniy tarbiya hisoblanadi. Demak, har bir o’quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya bilan albatta shugullanishi qonun bilan belgilangan. Shuning­dek, «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi» (42-modda), deb bel­gilangan. Respublika millim madaniyat va ilmiy texnika sohasi jismoniy tarbiya, uning barcha turlari, vositalari, ilmiy asoslari bilan chambarchas bog’langan. Bu jabhada ham jismoniy tarbiya va sport hakdi ravishda qonun bilan kafolatlang’an deyishga asoslar bor.
Konstitusiyaning 52-moddasida: «O’zbekiston Respublikasini himoya qilish-O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgi­langan tartibda harbiy yoki mutfbil xizmatni utashga majburdirlar» deb ko’rsatnlgan. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchi-yoshlarning harbiy xizmatga jismonan epchil, chaqqon, kuchli, chidamli bo’lib tayyorlanishini taqozo etadi.
Yana 56-moddada shunday jumla bor: «O’zbekiston Res-publikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan utkazilgan kasaba uyushmaaari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tash­kilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifapщa e’tirof etiladi». Bu o’rinda «O’zbekiston», «Di­namo», «Yoshlik», «Talaba», «Vatanparvar» sport jamiyat­lari nazarda tutilgan. Qolaversa, qayd etilgan barcha uyushma va tashkilotlar faoliyatini jismoniy tarbiyasiz tasavvur qilish mumkin emas.
58-moddada «Davlat jamoat birlashmacharining huquklari va krnuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’min-laydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi» deb jamoat tashki­lotlarining, shuningdek, sport jamiyatlarining faoliyati va imkoniyatlaridan keng foydalanishga kafolat be­rilgan.
"Bolalarni oila va maktablarda tarbiyalash" (63-66-moddalar), ularning salomatligi uchun g’amxo’rlik qilish kabi vazifalar ham Konstitusiyada mazmun topgan.
O’zbekistonda «Mehnat jamoalari to’g’risida», «Sog’liqni saqlash haqida», «Ta’lim to’g’risida» va boshqa juda ko’p qonunlar qabul qilingan. Ularda aholining sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, sog’lig’ini muhofaza qilish, umrini uzaytirish va ular bilan bog’liq bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berish masalalari olg’a surilgan.
Boshqarish jarayonlarida huquqiy bilimlarning maxsus tomonlari ham mavjud. Bunda ijtimoiy huquq, huquq nomalari, ularning manbalari muhim ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy huquq ijtimoiy holatlarni yangilash, uni rivojlantirish maksadida ijtimoiy va milliy munosabatlarni boshqarishni yaratish, huquq tartibi normalari bilan belgilanadi va himoya qilinadi.
Huquq normalari deganda kishilarning davlat tomonidan belgilangan ma’lum va umumiy huquqlari tushuniladi. Huquq shakllari - bu ijtimoiy miqdor bo’lib, u ijtimoiy va millatlararo munosabatlarni yo’lga solib turadi.
Huquklarning manbalari aktlar miqdori bo’lib hisob-lanadi. Bu yozma hujjatlar davlat organlari tomonidan o’z huquqdoirasiga qarab chiqariladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, davlat organlarining har qanday aktlari ham normativ bo’lavermaydi. Masalan, shaxsiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar -rejali topshiriq, aniq korxonaga berilgan topshiriqlar va hokazolar.
Normativ aktlarning oliy yuridik kuchi qonundir. Bunga boshka barcha aktlar bo’ysungan bo’ladi. Qonunlar O’zbekiston Oliy Majlisi tomonidan tasdiklanadi.
Huquqni boshqarishda quyidagi usullar qo’llaniladi:

  1. Yozma farmoyish berish.

  2. O’zaro kelishuv (shartnoma tuzish).

  3. Taklif etish (hal qilingan masalani kelishuv yo’li bilan bajarish).

Sport tashkilotlarida xodimlarni ishga qabul qilish tartibi umumiy mehnat qonunlari asosida olib boriladi. Shu sababdan bu sohada rahbar xodimlar ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, rag’batlantirish, ogohlantirish va boshqa imkoniyatlarni bilishlari zarur.
Jismoniy tarbiya va sportda xodimlarni boshqarish tizimi band bo’lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish, ulardan samarali foydalanish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish bo’yicha tadbirlardan iborat. Bu tizim kuyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • ish sharoiti;

  • mehnat munosabatlari, kadrlarni hisobga olish va rasmiylashtirish;

  • xodimlar marketingi;

  • kadrlarni rivojlantirish;

  • mehkatni rag’batlantirish vositalarini takomillash-tirish;

  • huquqiy xizmat;

  • soiial tuzilmani rivojlantirish;

  • boshqarishni tashkiliy tarkibini ishlab chiqish ti­zimi.

Jumladan huquqiy xizmatning boshqarish ob’ektlari quyilagilardan iborat:

  • mehnat munosabatlaridagi huquqiy masalalarni echish;

  • xodimlarni boshqarishga taalukli, farmoyishli huj-jatlar keltirish;

- xo’jalik faoliyatida xuquqiy masalalarni echish.
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish «O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi» asosida olib boriladi va ikki tomonlama shartnomalar (kontrakt) bir yil va bir necha yillarga mo’ljallanib tuziladi.
So’nggi yillardagi mehnat faoliyatlari, umuman, sharoitlar shuni taqozo kilmoqdaki, ishga yarokli kishilar o’zlarining asosiy ish joylari yoki boshqa mehnat jamoalarida o’rindosh (sovmestitel) hamda soatbay (yarim stav­ka) shaklida ishlash huquklariga ham ega bo’ldilar.
Bir joydan ikkinchi joyga ishga o’tish shartnomalarda ko’rsatilgan tartib yoki huquqiy kuchga ega bo’lgan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida xodimlarga ish haqi to’lash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Normativ darajalar» asosida belgilangan. Xodimlarning ma’lumoti, ish staji, ilmiy va boshqa unvonlari, darajalari, lavozimlarini hisobga olgan holda belgilangan darajada ish xaqi hajmi tayinlanadi.
Sport tashkilotlari xodimlarinnng mehnat intizomiga rioya qilishi, ilg’or mehnatkashlarni taqsirlash yoki mehnat intizomini buzganlarga tegishli choralar ko’rish kabi faoliyatlar tashkilot rahbari, kasaba uyushmalari tomonidan nazorat qilib boriladi. Shu sababli talabalar bu ish tartiblari va qonun-qoidalarni o’zlashtirib olishlari zarur.
Umuman olganda, boshqarish jarayonlari huquq normalari, me’yoriy aktlar asosida olib borilsa, faoliyatlar doimo ijobiy samaralar beradi.
Jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishda maxsus huquqiy-me’yoriy aktlar mavjud bo’lib, ular sport harakatini tartibli boshqarishning asosiy mezonlari hisobalanadi. Ular:

  1. Sport qo’mitalari, jamiyatlari, sport klublari, O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi haqidagi nizomlar.

  2. Sport turlari bo’yicha «Xalqaro miqyosidagi sport ustasi», «Xizmat ko’rsatgan sport ustasi» unvonlari va quyi bosqichdagi darajalar (razryallar)ning normativlarini belgilovchi sport klassifikasiyam.

  3. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari, uning nizomi.

  4. Sport turlari bo’yicha musobaqalarning nizomlari, o’yin qoidalari,

  5. Sport turlari bo’yicha hakamlar, jamoatchi faollar-ni tayyorlash nizomlari.

  6. Musobaqalarning kalendar rejasi.

  7. Musobaqalarning protokollari (bayonnomalari).

  8. Bayroqlar, ramzlar (emblema), ko’krakka taqadigan nishonlar va h.k.

Ularning mazmunlari va namunalari bilan alohida tanishish va o’rganish jarayonlari amaliy hamda mustaqil mashg’ulotlarda amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, jismoniy tarbiya va sport xarakati, uni boshqaruvchi mutasaddi va yordamchi tashkilot­lar, muassasalar hamda o’quv yurtlari xuquqiy-me’yoriy faoliyatlarga egadir. Davlat qonunlari, hukumat qarorlari va amaldagi maxsus huquqiy - me’yoriy hujjatlarni chuqur o’rganish va ularni hayotda qo’llash, ularga amal qilish xar bir mutaxassis hodimning asosiy burchidir.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, huquqiy - me’yoriy hujjatlarga tayanish maqsad va vazifalarni amalga oshirish bilan birgalikda, mutaxassislar, sportchilar va o’quvchi - yoshlarning milliy qadriyatlar asosidagi ma’naviy-ma’-rifiy jihatdan tarbiyalashda ham xizmat qiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin