Shuning uchun xalqimizning asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini avaylab-asrab, keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlab, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, o’quvchilarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur. 11-12 yoshli voleybolchilarda umumiy va maxsus jismoniy tarbiyani qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi harakatli o’yinlardan foydalanishda ham xudi shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak.

Harakatli o’yinlar o’quv-trenirovka mashg’ulotlarida yordamchi vosita sifatida qo’llaniladi. Chunki o’yin shug’ullanuvchilarda qiziqishni oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatini tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yin tufayli charchashni unutadilar, trenirovka mashg’ulotlarini diqqat bilan bajaradilar.