Jismoniy shaxslar


O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1.
―Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish‖ fanini o‗qitish nima uchun 
kerak? 
2.
―Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish‖ fani nimani o‗rgatadi va 
uning qanday vazifalari bor? 
3.
―Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish‖ fanining qanday o‗rganish 
usullari mavjud? 


26 
4.
―Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish‖ fanining mazmunida 
nimalarni o‗rgatish maqsadi yotadi va uning mutaxassis kadrlar 
tayyorlashdagi roli qanday? 
5.
―Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish‖ fanini o‗qitishda soliq 
xizmati organlari axborot tizimi tarkibidagi asosiy dasturiy mahsullarni 
qo‗llash tartibini o‗rganishning ahamiyati nimadan iborat? 
6.
Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan soliq to‗lovchilarga 
ko‗rsatiladigan qanday interaktiv xizmatlari turlari mavjud? 


27 
 
 
 
II BOB. O„ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY 
SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR VA
ULARNING AHAMIYATI 
==================================================
 
 
2.1. Jismoniy shaxslar to„laydigan soliqlar va
ularni guruhlarga ajratilishi 
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‗imlar, bojlar va 
boshqa majburiy to‗lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, 
soliq nazoratining yig‗indisi jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar 
tizimini tashkil etadi. 
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. 
Bunday shaxslarga O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi 
bo‗lmaganlar va chet el davlatlari fuqarolari kiradi. Jismoniy shaxslar 
to‗laydigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining 20-25 foizini 
tashkil etadi. 
Jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlarning xususiyati shundan 
iboratki, soliq jismoniy shaxsning to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗z daromadidan 
olinadi. Ular to‗laydigan soliqlar va yig‗imlar asosan byudjetga naqd 
pul to‗lash yo‗li bilan o‗tkaziladi. 
Hozirgi 
kunda 
mamlakatimizda, 
jismoniy 
shaxslar 
o‗z 
daromadlaridan, mol-mulkidan va egallab turgan yerlaridan turli xil 
soliqlar hamda yig‗imlar to‗laydilar. 
Jismoniy shaxsning huquq layoqati – bu fuqarolik huquqlari, 
burchlariga ega bo‗lishi tushuniladi. Yuridik me‘yorlarga muvofiq bu 
layoqat 18 yoshda, ya‘ni fuqaro balog‗at yoshiga yetganda yuzaga 
keladi (F.K. - 22 modda). 
Soliq tizimining asosi bo‗lgan soliqlar o‗ziga xos xususiyatlariga, 
bir qator belgilariga ko‗ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi 
ularning obyektiga, xo‗jalik yurituvchi subyektlar 
moliyaviy 
faoliyatiga ta‘sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo‗lishiga 
(subyektiga), byudjetga yo‗naltirilishiga va boshqa belgilariga ko‗ra 
ularning tasniflanishidir. 


28 
Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni 
taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funksiya va 
vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman 
olganda davlat byudjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar 
bilan ta‘minlashda, shuningdek‚ xo‗jalik yurituvchi subyektlarning 
tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo‗ymasdan faoliyat ko‗rsatishi uchun 
soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o‗rganish, tahlil 
qilishdan iborat. 
Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha 
qilib aytganda undirib olish manbaiga qarab ikki guruhga to‗g‗ri va 
egri soliqlarga bo‗linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan 
mablag‗ni tasarruf etishiga, ya‘ni byudjetga o‗tkazish nuqtayi 
nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‗linadi. 
Shuningdek, soliqlar paydo bo‗lish manbaiga ko‗ra yuridik va jismoniy 
shaxslardan olinadigan soliqlarga bo‗linadi. Soliqlarning qayd etilgan 
guruhlarga ajratib o‗rganishni alohida kengroq yoritishga harakat 
qilamiz.
Soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo‗yicha guruhlash 
iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta‘sir ko‗rsatishni o‗rganishning ilmiy va 
amaliy uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab uch guruhga bo‗linadi: 
1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‗jalik yuri-
tuvchi subyektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‗shilgan 
qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, bojxona bojlari, yig‗imlari va boshqalar 
kiradi. 
2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar 
soliq to‗lovchi subyektlar tasarrufida mavjud bo‗lgan mol-mulkdan, 
yerdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat. 
3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‗i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‗i va boshqalar kiradi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin