Jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash reja



Yüklə 28,25 Kb.
səhifə2/3
tarix24.05.2023
ölçüsü28,25 Kb.
#121421
1   2   3
Jismoniya

I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda foydalaniladigan tushunchalar:
sug‘urta mukofoti” — sug‘urta shartnomasida belgilangan muddat va tartibda sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan sug‘urta haqi;
mol-mulk sug‘urtasi shartnomasi” — sug‘urta shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra bir taraf (sug‘urtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda boshqa tarafga (sug‘urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug‘urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sug‘urta qildiruvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni shartnomada belgilangan summa (sug‘urta puli) doirasida to‘lash (sug‘urta tovoni to‘lash) majburiyatini oladi.
uzoq muddatli hayot sug‘urtasi shartnomasi” — sug‘urta shartnomasi bo‘lib, unga muvofiq bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf (sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoxud shartnomada ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to‘lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini oladi.
sug‘ura polisi” — sug‘urta shartnomasining imzolanganligini va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasini to‘lash bo‘yicha majburiyatining kuchga kirganligini tasdiqlovchi va sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga beriladigan hujjat (shahodatnoma, sertifikat, kvitansiya).
2. Yuqorida ko‘rsatilgan qaror asosida belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini beruvchi asos bo‘lib sug‘urta polisi hisoblanadi.
II. Yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish
3. Yuridik shaxs (mulkdor, xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqining subyekti) tomonidan mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofoti summasi, shuningdek, o‘z xodimlarining hayotini uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotlari summasi jami daromaddan chegiriladi.
4. Yuridik shaxs tomonidan (xodimlar kategoriyasiga kirmaydigan) boshqa shaxslarning hayotini uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotlari summasi, daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda jami daromaddan chegirilmaydi.

Yüklə 28,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin