19. S. «Suv polosi» darvozasining o‘lchami qancha?
J: eni 3 m balandligi 90 sm
20. S. «Suv polosi» sport turi qachondan boshlab olimpiada o‘yinlari tarkibiga kiritilgan?
J: 1900 yildan beri.
21. S. Bobsley sport turi haqida nimani bilasiz?
J: Bobsley – bu temir chanalarda maxsus tayyorlangan trassalardan tushish demakdir. Maxsus trassalarni ayrim joylarda tegishli burilishlar mavjud. Chana tezligi soatiga 100 km /soat. Bu sport turi XIX asr Shvesariyada dunyoga kelgan. 1924 yilda boshlab qishki olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Bu sport turidan musobaqalar 2 kishilik hamda 4 kishilik ekipajlar orasida o‘tkaziladi. Bu sport turi bilan faqat erkaklar shug‘ullanadilar. Bobsley 2 qismdan iborat oldi tomonida boshqariladigan rul hamda orqa tomonida qimirlamaydigan temir jihozdan iborat. 2 kishilik chana uzunligi 2m 70sm, og‘irligi 165 kg. 4 kishilik chana uzunligi 3m 80 sm og‘irligi2 m 30 sm. Musobaqa 2 kishilik ekipaj a’zolari uchun og‘irligi 200 kg dan, 4 kishilik ekipaj uchun esa 400 kg dan oshmasligi kerak (bobsley chanasi og‘irligi unga kirmaydi.
Dostları ilə paylaş: |