55. S: “Texnika” so‘zining ma’nosi nima?
J: Texnika so‘zi yunoncha “Texnius” so‘zidan olingan bo‘lib, “Mahorat va san’at” degan ma’noni bildiradi.
56. Avia sport turlari haqida nima bilasiz?
J: Avia sport turlaridan – samolyot sporti, planerli sport, parashyut sporti hamda aviamodel sporti. Xalqaro Aviatsiya sporti (HAS) 1905 yilda tashkil topgan. HAS 1948 yildan beri planerli sportdan va boshqa turlaridan har ikki yilda bir marta jahon birinchiliklarini o‘tkazib kelmoqda.
57. S: Badminton sport turi federatsiyasi qachon va qaerda tashkil topgan?
J: Badminton sport turi federatsiyasi 1934 yili London shahrida tashkil etilgan.
58. S: “Badminton” sport turi uchun maydon o‘lchamlari haqida nimani bilasiz?
J: Badminton sport o‘yini uchun maydon to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uzunasiga ikki kishili 13 m 40 sm eni 6 m 10 smni tashkil etadi. Bir kishilik o‘yinlar uchun esa uzunasi 13 m 40 sm eni 5 m 18smni tashkil etadi. Sport maydonlariga chiziladigan chiziqlarning o‘lcham 3,8 smdan oshmasligi kerak. Musobaqalarni o‘tkazish uchun “badminton” maydoni 2 ga bo‘linib, zangori setka bilan maydon qoq o‘rtasidan bo‘linadi. Setkaning oralig‘idagi teshiklar 2 smni tashkil etadi. Setkaning uzunligi 6 m 10 sm, eni 76 sm, setkaning yerdan balandligi 1 m 52.4 smni tashkil etadi. Umuman setka 1 m 55 smli balandlikka o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: |