108. S: Harakat ko‘nikmasi deganda nimani tushunasiz?
J: Jismoniy harakatlarni, mashqlarni oliy darajada avtomatik usulda bajarish qobiliyati.
109. S: Umumrivojlantiruvchi mashqlar deganda nimani tushunasiz?
J: Organizm jismoniy rivojlanishini ta’minlash, jismoniy yuklamalarga tayyorlash va davolash maqsadida qo‘llaniladigan mashqlar.
110. S: Kuch deganda nimani tushunamiz?
J: Kuch deb tashqi qarshilikni muskullar tarangligi bilan yengish qobiliyatiga aytiladi. Kuch asosan uchga bo‘linadi:
Absolyut kuch – muskullarni namoyon qiluvchi kuchdir.
Nisbiy kuch – kuch ko‘rsatkichlarini tana vazniga nisbatan olinadi.
Portlovchi kuch – qisqa vaqt ichida katta miqdorda kuch namoyish qilish.
Dostları ilə paylaş: |