Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023 177
jismoniy kamol topish jarayonini ancha samarali qiladi. Shuning uchun o’quvchilar
jismoniy tarbiyaga doir bilimlar hajmi va mazmunini aniq belgilab olish kerak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Barcha bilimlarning amalda bir necha bor qo’llanilishi ko’nikmalarning hosil
bo’lishiga olib keladi. Ko’nikma – bu o’zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga
oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda
ifodalangan ongli faoliyatdir.
Harakat ko’nikmasi- bu xarakat tajribasi va bilim asosida egallangan, harakat
faoliyati jarayonida harakatlarning avtomatlashmagan boshqarish qobiliyatidir.
Turli harakatlarga o’rgatish jarayonida ko’nikma va malakalarni shakllantirish
jismoniy sifatlarni tarbiyalash bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.Jismoniy
sifatlarning rivojlanish darajasida bolalarning harakat faoliyati,muvoffaqiyati va
harakatlarining yangi shakllarni egallash qobilayati, ulardan maqsadga muvofiq
foydalana olish bilan belgilanadi.
Harakat ko’nikmasi, harakat mehnatini amalga oshirishda ikki hil ko’rinishda
farqlanadi:
Birinchi, yaxlit faoliyatini amalga oshirishda ikkinchisi ayrim murakkabligiga
ko’ra turlicha harakatlarda ifodalanadi.
Birinchi turdagi ko’nikmalar o’zgaruvchan sharoitda to’satdan vujudga
keladigan harakat vazifalarni hal etish zaruriyati masalan o’yinlar kurashlar va
boshqalar bilan bog’liq. Bunday xolda harakat faoliyati doimo ongli va allaqachon
o’zlashtirilgan harakatlar hamda shakllangan jismoniy sifatlarning ijodiy qo’llanilishi
bilan harakaterlanadi. Boshqa harakat ko’nikmalariga kelsak ular asta-sekin malakaga
aylana boradi, bunda rivojlanish harakat texnikasini dastlabki egallashdan yanada
yuksaklikka uni takomillashtirishgacha boradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida o’yin qoidalarini qo’llash o’yinlarga hakamlik
qilish, turli xildagi sakrashlarni gavda harakatlaridan maqsadga muvofiq foydalanish
kabi ko’nikmalar hosil qilinadi. Agar ko’nikma ko’p martatakrorlanish yo’li
avtomatizm darajasiga etkazilgan bo’lsa unda uni malakaga aylandi deb xisoblash
mumkin. Harakat malakasi-bu harakatlarning avtomatlashgan boshqarish shaklini
tushunamiz. Bunda harakatlarni bajarish o’zining juda ishonchligiga bilan ajralib
turadi. Harakat malakasi o’rgatish natijasida yoki hayot tajribasi natijasida
shakllanadi. Malaka-avtomatlashgan, o’rganib qolingan muayyan usul bilan bexato
bajariladigan harakatlardir. Malakalar har xil bo’ladi: o’quv malakalari o’qish,
yozish, og’zaki xisoblash va boshqalar; mehnat malakalari arra yoki boltani ishlata
bilish, materiallar va mashinalar bilan muomilada bo’lish va hokoza; Harakat
malakalari:- yurish yugurish, uloqtirish, sakrash va boshqalar.