Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasining vazifalari



Yüklə 9,86 Mb.
səhifə4/5
tarix22.09.2023
ölçüsü9,86 Mb.
#147015
1   2   3   4   5
JismoniyTarbiyaDarslari

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasining vazifalari.

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasining vazifalari.

Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik)ni o‘stirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish.

Jismoniy tarbiya mashqlarini to‘g‘ri bajarish muskullar, paylar, bo‘g‘imlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi. Mustahkam shakllangan harakat ko‘nikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy kuchni tejash va o‘yin faoliyatida e’tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli vazifalarni olishga yo‘naltirish imkonini beradi. Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan harakat ko‘nikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bolalarda harakat ko‘nikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar va bu harakatlarni o‘z ichiga oluvchi turli faoliyat turlarini osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi. Yosh guruhlarga oid harakat ko‘nikmalarining hajmi das- turda berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda saflanish, umum-rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (Badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga o‘rgatish zarur. Harakat ko‘nikmalari hajmi maktabgacha ta’lim muassasalarida sharoitning mavjudligi, bolalarning jismoniy tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi, ota-onalar yordamiga qarab kengaytirilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni, o‘tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim.


Yüklə 9,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin