Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə179/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Taktik tayyorgarlik. 
Taktika – bu sport kurashini olib borish sanoatidir. Bunda yutuqqa erishish uchun sportchi kuch va barcha
imkoniyat-laridan maqsadga muvofiqroq foydalanishi zarur. Oldindan belgilangan reja bo‘yicha va tezlik bilan xal
qilinishi darkor vazifalarga ko‘ra tashqi muxitning doimiy va o‘zgaruvchan sharoitida foydalanadigan texnika
taktikaning asosiy vosi-tasi xisoblanadi.
Taktik maxorat barcha sport turlari uchun zarurdir, ayniqsa, sharoitni birdaniga anglab olmoq, raqibini juda
yaxshi xis qilish va boy tajribadan tez foydalanishni talab etadigan sport o‘yinlarida axamiyatlidir. Maolum reja va
kurashning xar bir daqiqasini anglab olish asosida turli usullar, priyomlar va xarakatlarni qo‘llashda sportchilarning
ruxiy, jsmoniy va texnik qobiliyatlaridan samaraliroq foydalanishda taktika zarur bo‘ladi. Umuman taktika – maxorat,
belgilangan rejani amalga oshirishni taominlaydigan yaxshi bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslanadi. Sport taktikasi 
uch shaklda namoyon bo‘ladi: 


1) shaxsiy kurash: a)raqibning bevosita qarshiligi bilan (yo‘lakchasi belgilanmagan joylarda yugurish,


velosiped poygasi, sportcha yurish, chani va x.k.) va raqiblarning nisbiy taosiri bilan (yo‘laklarda) yugurish,
gimnastika, suzish, qayiq xaydash, figurali uchish va x.k.);
2) ikki kishining kurashi: a)raqibning bevosita qarshi-ligi bilan (boks, qilichbozlik, dzyu-do, kurash);
b)raqiblarning bilvosita taosirida (tennis, stol tennisi, badminton, shaxmat va x.k.);
3) jamoali musobaqalari: a) raqibning bevosita qarshi-ligi bilan (basketbol, futbol, qo‘l to‘pi, xokkey va x.k.)
va b) raqibning bilvosita taosiri bilan (voleybol, estafetali yugu-rish, badiiy gimnastika bo‘yicha komanda
musobaqalari va x.k.)
Sport kurashini tashkil qilish va olib borish. Xara-katlarning taktik muammosi sport taktik muammosi sport
musobaqalarini uyushtirish va olib borishda namoyon bo‘ladi. Sport musobaqasini taktikasi deganda eng yaxshi
natijaga erishish uchun musobaqa oldindan va bevosita musobaqa vaqtida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni
tushunamiz.
Taktik faoliyat taktik mashulotlar, texnik malaka, jismoniy qobiliyatning rivojlanishi darajasi, irodaviy
fazilatlar, reaksiya tezligi va boshqalarga asoslanadi. Taktik xarakatning uch fazasi mavjud: 
a) musobaqa situatsiyasini anglash va taxlil qilish;
b) maxsus taktik vazifani xayolan xal qilish;
v) taktik vazifani amaliy xal qilish.
Idrok qilish sifati ko‘rish xajmi, ko‘rish doirasi, ko‘rish orqali xarakatni baxolash, texnik malakalarning rivoj-
lanish darajasi, fikrlash jarayonining sifati, bilim va tajribalarga boliq bo‘ladi.
Taktik vazifa avvalo xayolan, keyin esa amaliy xal qilinadi. Sportchi nima qilishi kerakligini juda tez belgi-
lashi, o‘z bilimini malaka va qobiliyatini baxolay olishi kerak. Ayrim sportchilar musobaqa situatsiyasini idrok va
taxlil qilishda bilim va tajribaning kamligi sababli mantiqiy fikrlashga borliq bo‘lgan taktik vazifalarni xal qilishda
qiyinchilikka duch keladilar.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin