Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə25/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Xarakatlarning tavsifi. Jismoniy madaniyat o‘qituvchi-lari, mutaxassis trenerlar, fizkulptura faollarigina emas,
balki mavjud jamiyat aozolaring barchasi o‘z xarakati va xarakat faoliyatlarini taxlil qilibgina qolmay, kasbdoshi,
tengdoshi, farzandi va boshqalarning xarakatlarini xam taxlil eta olishi malakasiga ega bo‘lishi zarur.
Xarakatlar tananing fazodagi (bo‘shliqdagi) xolatiga qarab; xarakat traektoriyasi (yo‘liga); xarakatning 
yo‘nalishiga; xarakat amplitudasi (oishi)ga qarab; bajarish uchun sarflangan vaqti; xarakatni tezligi; xarakatni 
davomiyligi (uzunliligi); tempi, ritmi, kuchiga qarab tavsiflanadi. 
Yuqorida qayd qilingan xarakat xolatlarini taxlil qila olsakgina xarakatlarni tavsiflay olishimiz mumkin.
Amaliyotda tananing fazodagi xolatini, xarakatning troektoriyasi (yo‘li)ga qarab tavsiflaymiz.
Tananing xolati (pozasi) – bo‘inlar, tananing qismlari (bo‘laklari) ning xarakati fazoda xarakatning maolum
element-larini yuzaga keltiradi. Gavda qismlarini fazoda enkaygan, bukraygan, tanani ayrim aozolarini
yiishtirilganligi, xarakatlar davomida bu pozalar va turishlarni uzluksiz o‘zgarib turishi va x.k.lar o‘z navbatida
jismoniy yukning xajmini ortishiga olib keladi.
Tananing vertikal xolati – osilish va tayanishlar, gorizontal xolatlar, gorizontal muvozanat saqlashlar, aralash
osilishlar, tayanishlar va x.k.lar. Tanani engashtirilgan, buklangan xolatlari: tayanib yetishlar, enkaygan xolda
oyoqlar bilan oldinga, orqaga, yon tomonlarga «katta qadamlar».
Tananing ayrim bo‘inlari xarakatlari – inson jismi-ning ajratib olingan qismidagi ikki biologik zvenoni fazoda
turish joyini o‘zgarishi bo‘lib, bukish va to‘rilashdek sodda xarakat vazifalarini xal qilishga yo‘nalish berishi mumkin.
Individ xarakat faoliyatida uning jismi bo‘inlaridagi xarkatlar bir vaqtning o‘zidagi, ketma-ket, qator, oxista
bajariladigan navbatma-navbat, yoki davomiyligi qisqa, uzun bo‘lgan xarakatlarga birlashishi mumkin. Shuni xisobiga
xarakatlarni eng soddasidan eng qiyinigacha bo‘lgan xarakat vazifalarni xal qilish imkoni yaratiladi.
Xarakat koordinatlari – to‘ri chiziq va burchak o‘lchovlarida aniqlanadigan tananing boshqa qismiga nisbatan
fazoviy chegarasi, xisoblash boshlangungacha gavdaning yoki uning bo‘laklarini nisbatan qaerdaligi (start chizii,
gimnastika jixozi, uni o‘qi va boshqalar)ga nisbatan aniqlanadi.
Tananing xolatlari ichida mashqni bajarishni boshlashdan oldingi xolat - «dastlabki xolati» deb ataladigan
qismi, mashq texnikasini o‘zlashtirish yoki bajarishda muxim axamiyat kasb etadi. Oldiniga u anatomo-fiziologik
vazifani xal etishi eotiborga olinsa, boshqa tomondan, shu xarakatni bajarilishiga ijobiy yordam beradi. Dastlabki xolat
xarakatni bajarishni boshlash uchun eng optimal xolat bo‘lib xarakat boshlangandan keyin bajariladigan xarakatlarning
ketma-ketliligiga qulay-lik yaratadi. Sprinter uchun «past start», darvozabon uchun «to‘pni kutish xolati» va x.k.lar.
Bu xolatlarni akademik Uxtomskiy optimal xolat deb atadi. Ko‘rinishidan dastlabki xolat osoyishta bo‘lsa xam aslida
organizm energiya sarflash bilan qator muskullar guruxi muskul ishi bajarishga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan, nafas
olish, nerv, yurak-tomir tizimi, modda almashinuvidek keng fiziologik jarayon avjida bo‘ladi. Dastlabki xolatni
jismoniy mashq bajarishdagina axamiyati katta bo‘lmay mashq davomida tanani qanday xolda (xolatda-pozada) turishi
xam muxim axamiyatga egadir. Sprinter, stayer, marafonchi, chanida, konpkida yuguruvchilarning gavdalarini
vertikalligini maolum gradusga oshgan xolda ushlashi mashqni samaradorligiga maolum darajada (uzunlikka,
balandlikka, sakrovchining depsinishdan keyingi xolati) ijobiy yoki salbiy taosir etadi.
Ayrim sport turlarida va jismoniy mashqlarda tananing umumiy xolati bilan uning ayrim qismlari
(bo‘laklari)ning xolati biomexanik maqsadga yo‘naltirilgan bo‘libgina qolmay (konpkida figurali uchuvchilar,
gimnastlar, akrobatlar, suvga sakrovchilar va badiiy gimnastikalar) xarakatlarni kuzatayot-ganlarda yoki uni
bajaruvchilarda estetik xis tuyuni shakl-lantiradi va ularga zavq beradi. Xarakatlarning ravonligi, ketma-ketligi,
erkinligi, qiyinchiliksiz bajarish inson jismining qanday xolatdaligiga boliqligi jismoniy mashq-lar texnikasini
egallashda, xarakatni o‘rgatish jarayonida, xatolarni aniqlash va ularni tuzatishda muxim rolp o‘ynaydi.
Xarakatning yo‘li (traektoriyasi) jismoniy mashq texnikasini o‘zlashtirishda, uni namoyish qilishda muxim
axamiyatga ega. Mashqni bajarishda tana xarakati yo‘lining qanday shakldaligi, yo‘nalishi va xarakatning amplitudasi
qandayligini aniqlay olsak, ajratsakgina gavdaning (yoki uning qismlari) xarakatini aniqlaymiz. Inson organzmining


anatomiyasini turlicha ekani bir xil xarakatni bajarishda xar bir individ uchun turlicha xarakat yo‘lini tanlashni taqazo


qiladi.
Xarkatning shakliga qarab ularning to‘ri chiziq bo‘ylab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Kuzatishlar shuni
ko‘rsatadiki, individning xarakati xech qachon to‘ri chiziq bo‘ylab emas, balki oddiy xarakatlar xam qator muskullar
guruxini turlicha aylanma xarakatlardan iborat. Ularni organizmining energiya sarflashi uchun samarali tomoni katta
bo‘lib, tananing maolum bo‘laklar-dagi xarakatlar orqali katta kuch sarflash lozim bo‘lgan xarakatlarni bajara olish
imkonining yaratilishidir. Masa-lan, bokschi zarbasi uchun yelka muskullarining maolum qismigina turlicha xarakat
qilsagina bas, lozim bo‘lgan maqsad amalga oshadi.
Xarakatning yo‘nalishi – mashqning effektivligi shunda ortadiki, bajarilishi lozim bo‘lgan xarakat uchun kerak
bo‘lgan muskullar mashqning texnikasini aniq, ravon bajaradi qo‘llarni tirsakdan ko‘krak oldida kaftlarni pastga qilib
bukgan xolda «rivok»larning bajarilishi ko‘krak muskullarini taranglatadi va bo‘shatadi. Agar shu xarakatni tirsakni
bir oz pastga tushirgan xolda bajarsak, mashq o‘z axamiyatini yo‘qotadi. Basketbol to‘pini savatga tushirish uchun
to‘pning yo‘nalishini olti gradusdan to‘rt gradusgacha o‘zgartirish to‘pni savatga tushishi imkoniyatini yo‘qga
chiqarishi mumkin.
Amaliyotda xarakatning yo‘nalishi tananing satxiga yoki biror mo‘ljaliga qarab belgilanadi. Qo‘lni oldinga
ko‘tarishda biz gavdaga nisbatan uni xolatiga qarab xarakat yo‘nalishini belgilaymiz. Yadroni maolum balandlikga
o‘rnatilgan «planka» ustidan oshirib iritishda bizga mo‘ljal bo‘lib planka xizmat qiladi.
Inson tanasi pastga-yuqoriga, oldinga-orqaga, o‘nga-chapga, tomon yo‘nalishda xarakat qiladi.
Xarakatni aplitudasi – xarakatning oishidir. Fizikada amplituda deb mayatnikning tinch xolatiga nisbatan o‘ng
va chapga oishi (graduslari) tushuniladi. Bizda esa tananing ayrim qismlarining oish xarakati tushuniladi. To‘ri
yo‘nalishdagi xarakatning amplitudasi qadamning uzunligi (75sm) yoki shartli belgisiga qarab, yarim, to‘la o‘tirish va
boshqalar orqali aniqlanadi. Odam tanasining ayrim qismlarning amplitudasi o‘sha tananing bo‘inlari elastikligiga
boliq bo‘ladi.
Xarakatlar aktiv va passiv muskul qiskarishida ro‘y beradi. Sport trenirovkasida, turmush sharoitida bo‘ladigan
ishlar xarakatning amplitudasiga boliq. Katta qo‘zalish uchun moslashtirilmagan muskulni katta amplitudada xarakat
qilishga majbur qilish shikastlanishga olib keladi. Agarda xarakatning amplitudasi qo‘yilgan vazifa talablariga javob
bermasa, u xarakatlar aniq xarakatlar sifatida namoyon bo‘la olmaydi. Xarakatlar ajralish vaqtlariga ko‘ra xam
tavsiflanadi.
Xarakatning tezligi deb inson jismini yoki uni ayrim bo‘lagini maolum vaqt birligi ichida fazoda o‘rin
almashishi tushuniladi. Boshqachasiga – tezlik yo‘l uzunligini tananing yoki uni maolum qismini shu yo‘lni bosib
o‘tish uchun sarflangan vaqtga nisbati bilan o‘lchanadi. Tezlikni aniqlashda metr sekunddan foydalaniladi. Yo‘lning
xamma nuqtalarida xarakat tezligi bir xil bo‘lsa, bu xarakat maromli tekis xarakat yoki yo‘lning ayrim nuqtalarida
tezlik xar-xil bo‘lsa, bu xarakat maromsiz notekis xarakat deb tushuniladi. Qisqa vaqt davomida tezlikni oshirilishi 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin