Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org
Xarakat faoliyatini o‘zlashtirishxatolarsiz va xarakat-larda xatolarni paydo bo‘lishi (boshqariladigan taolim
prin-sipi, bajarib ko‘rish va xatolar prinsipi) orqali amalga oshiriladi.
O‘qitishning boshqariladigan prinsipi xar qanday xato taolimga maolum maonoda zarar keltirishini tasdiqlaydi,
shuning uchun o‘qitishning barcha shartlarini (faoliyat asosini mo‘ljalga olib) qatoiyan detallashtirish va
reglamentlashtirish talablarni qo‘yadi. Bajarib ko‘rish va xatolar prinsipi esa uning aksini, yaoni xarakatning asosini
korreksiyalash va optimal variantini axtarishni, ayrim xatolarning tabiiy ravshda maqsadga muvofiqligini tan oladi. Bu
prinsip faoliyat natijalari, usullarni xijjalab tushuntirish, taolim-ning barcha didaktik prinsiplariga va o‘qitish
qoidalariga rioya qilish lozimligini inkor etmaydi. Sunoiy ravishda xatolarga yo‘l qo‘yish mabodo sodir bo‘lsa,
o‘qituvchi va o‘quvchi-ning zo‘r berishini yo‘qqa chiqaradigan katta ziyon xam emas, deb taokidlaydi. Vazifani xal
etishda o‘quvchi xatolar orqali borishi kerak. Obrazli qilib aytganda, xato foydali bo‘lishi lozim. Xatoning asosiy roli
texnika ijrosini indvidual-lashtirishdadir. Eng keng asosga ega bo‘lgan, mo‘ljal bilan o‘rganila boshlangan xarakat
faoliyati xam xatolarni inkor etmaydi. Xar bir urinish (proba) xam izlanishdir. Izlanishni esa xatosiz tasavvur etib
bo‘lmaydi.
Taolimning ikkala prinsipi xam muammoni xal qilishda turlicha yo‘llarni eotirof etsada ular xarakat malakasi
va ko‘nikmasining vujudga kelishiga olib keladigan psixofizio-logik moslashuv moxiyatini inkor qilolmaydi (ye.P.
Ilin, 1970).
Xatosiz o‘qitishga intilish, ularning paydo bo‘lish extimolini kamaytirmaydi. Eng qulay sharoitlar jismoniy
tayyorgarlikning yuqoriligi, xarakat faoliyatining nisbatan soddaligi va boshqalar xatolarni umuman sodir bo‘lishini
yo‘qga chiqarish mumkin. Taolim birinchi etapida o‘rgatish qoidada-gidekbajaribko‘rishvaxatolarprinsipi,
ikkinchisida boshqariladigano‘qitishprinsipiqo‘llaniladi.
Shunday qilib, to‘ri qo‘llanilgan taolim metodlari xarakat faoliyatini egallash jarayonida xatolarning yuzaga
chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi va bu bilan taolimning samarador-ligini pasaytirmasligi mumkin. Xatolar albatta mavjud
bo‘ladi, ularsiz mumkin emas, deyishga mutlaqo o‘rin yo‘q. O‘qituvchi va o‘quvchilarning xatolariga nisbatan
befarqlik ularga yuzaki qarash, xatolarning kamayishiga salbiy taosir etishi, yana yangi xatolarning paydo bo‘lishiga
olib kelishini amaliyot tasdiqlagan. Ayniqsa xarakat malakasi shakllanishi-ning boshlanich etaplarida mashqni
takrorlashlari davomida xatolar sodir bo‘ladi.