Jismoniy tarbiya jarayonining ushbu prinsipi mashu-lotlarda shuullanuvchilarga qo‘yilayotgan talablarning
umumiy tendensiyasini ifodalab, yangi, qiyin vazifalarni tanlash, qo‘llash, bajarishni, asta-sekinlik
bilan unga boliq
bo‘lgan nagruzkalarning xajmi va intensivligini oshirishni meoyoriga eotiborni o‘z ichiga oladi.
Nagruzkalarning oshirishning umumiy tendensiyasi bilan vazifalarni yangilash zaruriyatining doyimiyligi.
Jismoniy tarbiya jarayoni, mashulotdan-mashulotga, bir etapdan-boshqa etapga uzluksiz o‘zgarib boradi.
Xarakterli belgilari: mashqlar murakkabligini, ular taosirini darajasi davomiyligining o‘zgaruvchanligidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida xarakat faoliyatlarining bir shakldan ikkinchi shakliga aylanishi
aytarli darajada
qiyin bo‘lib, birinchi navbatda maolumot berish vazifalarini xal qilishdek zaruriyat bor. Tabiyki, mashqni yangilamay
turib, xayot uchun axamiyati zaruriy xarakat malakalari va ko‘nikma-larini yuzaga keltirish qiyin. Bu keyinchalik
takomillash-tirishning
shartiga xam aylanishi mumkin, chunki mashq qancha yangilansa, xarakat malakasi va bajara
bilish zaxirasi shuncha kengayadi, shu sababli xarakat faoliyatlarini yangi shaklini o‘zlashtirish,
egallash, oldin
egallangan malaka va ko‘nikma-larni takomillashtirish osonlashadi. Yana xam axamiyatlisi, turli xil xarakat
koordinatsiyalarini o‘zlashtirish jarayoni natijasida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni yengish (xarakat vazifalari)ni xal
qilishda, o‘z-o‘zidan mashqlarni koordina-siyalash qobiliyati rivojlanadi va ularni takomillashtirish-ning bepoyon
ufqlari ochiladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida xarakat faoliyatlarining shakllarini qiyinlashtirish jismoniy nagruzkaning barcha
komponentlarini oshib borishi bilan kuzatiladi. Bu o‘z nav-batida quyidagi jismoniy sifatlar: kuch, tezkorlik, chidam-
lilikni rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy mashqlar taosiridan organizmda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar
darajasi (maolum darajadagi fiziologik chegarada) nagruzka-larning xajmi va intensivligiga proporsionaldir. Lozim
bo‘lgan barcha shartlarga rioya qilinsa,
nagruzka meoyoridan, yangi toliqish chegarasi boshlanadigan joydan oshirib
yuborilmasa – uning meoyori qancha yuqori bo‘lsa, organizmdagi adaptatsiya davri shunchalar axamiyatli va pishiq
bo‘ladi; nagruzka qanchalik intensiv, tiklanish va “yuqori tiklanish” jarayoni shunchalik baquvvat bo‘ladi. Bu
muskullarning energiya resurslarini tiklanishi misolida tajribada isbotlangan.
Organizmning javob reaksiyasi bir xil nagruzkalarga o‘zgarmas bo‘lib qolavermaydi. Chunki nagruzkaga
moslashgan sari undan organizmda sodir bo‘ladigan biologik o‘zgarishlar eski-radi, tashqi ish birligiga sarflangan
energiya ozayadi, o‘pka ventilyasiyasi, yurakning minutli urish chastotasi va qon bosimi kamayadi:
qon tarkibidagi
bioximik va morfologik o‘zgarishlar sezilmas darajaga borib qoladi. Fiziologik nuqtai nazaridan “funksiyani
tejamlashtirish” sodir bo‘ladi. Orga-nizm funksional imkoniyatining o‘zgarmas ishlariga moslashi-shining ortishi
natijasida shu ishni bajarishda energiya sarflashni iqtisod qilish, qisman zo‘riqish bilan bajarishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: