SO‘Z BOShI
Eotiboringizga xavola etilmoqda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o‘quv predmetining mazmuni
xozirgi kunda nisbatan mustaqil lekin bir-biri bilan o‘zaro uzviy bolangan muammoli sikllardan tashkil topgan bo‘lib,
oliy o‘quv yurti mutaxassislaridan jismoniy tarbiya soxasi uchun maxsus kasb-xunarga ega bo‘lgan ixtisoslikni puxta
egallagan pedagogni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlay-digan Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, magistrlari, o‘rta
maxsus taolim muassasalarining o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ushbu darslik jismoniy madaniyat va jismoniy
tarbiya bakalavri o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, jismoniy tarbiya mutaxassisiga kasb tayyorgarligining ilmiy,
nazariy va amaliy materiallarini o‘zida mujassamlashtirgan va jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etish masalalarida
yordam beradi.
«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolar «Jismoniy tarbiya»,
«Chaqiriqqacha xarbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya» o‘quv predmetiga xam tegishli. Kadrlash tayyorlashning
milliy modeli talablaridan kelib chiqib jaxon standartdariga javob beruvchi, ilor xalqaro tajribalarga tayanib yozilgan
maxsus adabiyotlarga ayniqsa, davlat tilida yozilgan o‘quv materiallari muxtojlik katta. Biz mavjud xolatdan kelib
chiqib soxaning keng ko‘lamdagi ilmiy izlanishlarining nazariy va amaliy materiallarini barchasini qamrab olish
imkoniyatida yiroqligimizni nazarda tutib, rusiy zabon olimlarimizning (L.P.Matveev, A.D.Novikov, B.A.Ashmarin,
M.Ya.Vilenskiy, V.M.Kachashkin va boshqa qator mualliflarning) darsliklari asosida jismoniy tarbiya naza-riyasi va
metodikasining faqat umumiy asoslarinigina bayon qilishni maqsad qildik.
Darslikda avvalo, «Jismoniy madaniyat», «Chaqiriqqacha xarbiy tayyorgarlik taolimi va jismoniy tarbiya»
ixtisosligi beruvchi oliy o‘quv yurti jismoniy madaniyat fakulptetlari talabalarining «Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi»ga oid nazariy bilimlar turkumini to‘la qamramay, faqat jismoniy madaniyat o‘qituvchisi uchun lozim
bo‘lganlarinigina o‘z ichiga olgan. Uni mutaxassislik uchun to‘laqonli darslik deyish fikridan albatta uzoqmiz.
Rus tilida chop etilgan darsliklardan farqli o‘laroq, darslikning «Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy moxiyati»
yoritilgan bobida jismoniy madaniyatning jamiyatdagi o‘rni, uning xizmatlari, sport jismoniy madaniyatning tarkibiy
qismi bo‘limida esa bolalar, o‘smirlar sporti, professional sport va maktab sportiga oid mavzuni kengroq berdik.
«Jismoniy sifatlarni rivojlantirish» bobida turli yoshdagi maktab o‘quvchilarining xarakat sifatlarini fiziologik asoslari
va ularni tarbiyalash metodikasi, xarakat malakasi va ko‘nikmasi zaxirasini oshirish uslubiyati, taolim jarayonida sodir
bo‘ladigan xatolar, ularni aniqlash va tuzatish uslubiyati, o‘qitish metodlarining moxiyatini chuqurlashtirish va
samara-dorligini oshirishga oid nazariy material berishga urindik.
Darslik asosan jismoniy madaniyat fakulptetlari-ning talabalari, magistrlari umumtaolim maktablari, akademik
litseylar, gimnaziyalar va boshqa turdagi o‘rta taolim va o‘rta maxsus davlat taolimi jismoniy tarbiya mutaxassislari,
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, bolalar, o‘smirlar sport mak-tablari trenerlari, fizkulptura va sport yo‘riqchilari va ko‘p
sonli fizkulptura va sport ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.
Tavsiya etilgan darslik Ôàðüîíà, Namangan Davlat universitetlarining, Qo‘qon Davlat Pedagogika institutining
jismoniy tarbiya fakulpteti o‘quv tarbiya jarayonida 1990-2006 yillar davosida sanaldi. U kamchilik va munozarali
muammo-lardan xoli emas. Ayniqsa, jismoniy madaniyat atamalarini qo‘llash, ularning mazmuniga oid izoxlar baxs
va fikr alma-shinuvini taqazo etadi. Shu yo‘sinda o‘zlarining fikr mulo-xazalarini bildirgan kasbdoshlarimizga
oldindan samimiy minnatdorchiligimizni izxor qilamiz.
Manzilimiz: 712000, Ôàðüîíà shaxri, Ôàðüîíà Davlat universitetining o‘quv-uslubiy bo‘limi, B.Usmonxo‘jaev
ko‘chasi, 19 uy.
Dostları ilə paylaş: