Malakaning fiziologik mexanizmi. I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarning ilmiy tadqiqotlari orqali erkin xarakat-
larni shakllanishining fiziologik mexanizmlari asoslangan. Xarakat aktini muskullar bilan bajarishni boshqarish vaqtli
aloqalarni vujudga kelishi ekanligidir. Ularning asosida birinchi tartibdagi shartli reflekslarning, oliy tartibdagi,
manipulyasiyali reflekslar va boshqalarning vujudga kelishi yotadi. Oxirgi reflekslarning axamiyatiga katta eotibor
beri-ladi, chunki ular meros bo‘lib nasldan-naslga o‘tmagan javob reaksiyalari bilan boliq.
Xarakat malakasining shakllanishi jarayoni shartli ravishda uch fiziologik fazaga bo‘linadi, bunda gap
xarakat faoliyatini qaytarish bilan aynan boliq bo‘lgan fiziologik fazalar ustida boradi xolos.
1-faza shartli reflektor aloqalari markaziy nerv tizimi qo‘zalish jarayonining keng irradiatsiyasi bilan
xarakterla-nadi. Tashqaridan bu xarakat faoliyatining tashqi ko‘rinishi (suratining) yaratilishi bilan ifodalanib aniq
bo‘lmagan va ko‘pincha keragi yo‘q xarakatlar xam qo‘shilib bajarilishi orqali boradi.
II-faza shu bilan farqlanadiki, qo‘zalishning ortiqcha-liligi tormozlanish jarayoni rivojlanishi bilan
chegaralanib, markaziy nerv faoliyatlarining vaqt va fazoda aniqligiga erishish bilan kuzatiladi. Bunga xarakat
faoliyatini nisbatan to‘riroq bajarish, ortiqcha xarakatlarni yo‘qotish muvofiq keladi. Ammo qo‘zalish va tormozlanish
jarayonining o‘zaro takomillashmagan xoldagi o‘rin almashishlarining xali yetarli darajada emasligi xarakatlarda
ortiqcha zo‘riqish, muskullar tarangligini oshirib yuborish bilan kuzatiladi.
III-faza xarakatning dinamik steriotipi shakllanishi-ning tugallanishi bilan xarakterlanadi. Bu xarakatlarni
nis-batan takomillashgan darajada bajarilishiga imkon beradi. Malaka yuqorida aytilgan barcha belgilariga ega bo‘lib
boradi.