Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)
Jismoniy mashqlarning ta'sirini belgilaydigan omillar. Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli.
Jismoniy mashq texnikasi har qanday harakat akti harakat faoliyati tarkibidan ikki narsani: a) bajarilayotgan harakat, uni bajarishdan kelib chiqadigan maqsad;
b) harakat vazifasini hal qilishning usulini farqlash kerak bo‘ladi.
Ko‘pincha bir xil harakat turli usuliyatlarda bajariladi, masalan, balandlikka sakrashda plankaga to‘g‘ridan, chap, o‘ng tomonlardan yugurib kelib va plankaga yaqin yoki undan uzoqdagi oyoq bilan depsinish mumkin. Aslida esa shu mashqni yuqorida qayd qilinganidan boshqacharoq, oson, oz energiya sarflab, belgilangan harakatni (vazifani) samarali hal etish usuliyati mavjud. Harakat vazifasini oson samarali hal qilish uchun tanlangan harakat akti (faoliyat)ni – jismoniy mashq texni-kasi deb atash qabul qilingan.
Texnika– grekcha so‘z bo‘lib «bajara olish san’ati» degan ma’noni bildiradi. Jismoniy mashq texnikasi doim o‘zgarib turadi va takomillashadi. Takomillashgan harakat texnikasi yuqori natija ko‘rsatish garovi bo‘lib unga sportchilarning tinimsiz ter to‘kishi orqali erishiladi. Sportchining jismo-niy tayyorgarligini ortishi yoki uning gavdasi tuzilishi (anatomiyasi), boshqacha aytganda jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarning turli-tumanligi (son suyagini kaltali yoki uzunligi, elka suyagi o‘lchamining turli xilligi va h.k.) sport turi – jismoniy mashqlar bajarish texnikasini asosini uning zvenolari yoki detallarini o‘zgarishiga, alma-shishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Texnika uning asosi, zvenolari va detallari deb qismlarga bo‘lingan.
Texnikaning asosi deganda harakat orqali qo‘yilgan vazifasini bajarish uchun kerak bo‘ladigan harakat faoliyati tizimining o‘zak qismi tushuniladi. Texnikani zvenosi deyilganda, bajarilayoetgan harakatning asosiy mexanizmi – sakrashlarda depsinish, uloqtirish-larda final kuch sarflashni bajarish uchun yordam beradigan harakat faoliyati tarkibidagi bo‘laklar tushuniladi. Pedagogik jarayonda mashqning asosiy zvenosi mexanizmini o‘zlashtirish o‘qitishning negizi deb qaraladi. Texnikaning o‘zlashtirilishi mashq texnikasining asosini o‘rganish demakdir.
Texnikaning detali bu, harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga, zvenolariga ziyon etkazmaydigan qo‘shimcha harakatlar yoki shu harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda bo‘laklardir. Uni harakat tarkibila bajarsa ham bajarmasa ham bo‘ladi.
Ratsional sport texnikasi. Ratsional sport texnikasining asosiy qoidasi shundan iboratki faoliyatni bajarishda aktiv va passiv harakatlantiruvchi kuchlardan to‘laqonli va maqsadga muvofiq ravishda foydalanib, shu vaqtning o‘zida uni tormozlovchi (susaytiruvchi, samaradorlikni pasaytiruvchi) kuchlarni kamaytirish tushuniladi. Harakatlar tananing fazodagi (bo‘shliqdagi) holatiga qarab; harakat traektoriyasi (yo‘liga); harakatning yo‘nalishiga; harakat amplitudasi (og‘ishi)ga qarab; bajarish uchun sarflangan vaqti; harakatni tezligi; harakatni davomiyligi (uzunliligi); tempi, ritmi, kuchiga qarab tavsiflanadi. Yuqorida qayd qilingan harakat holatlarini tahlil qila olsakgina harakatlarni tavsiflay olishimiz mumkin.
Amaliyotda tananing fazodagi holatini, harakatning troektoriyasi (yo‘li)ga qarab tavsiflaymiz.
Tananing holati (pozasi) – bo‘g‘inlar, tananing qismlari (bo‘laklari) ning harakati fazoda harakatning ma’lum element-larini yuzaga keltiradi. Gavda qismlarini fazoda enkaygan, bukraygan, tanani ayrim a’zolarini yig‘ishtirilganligi, harakatlar davomida bu pozalar va turishlarni uzluksiz o‘zgarib turishi va h.k.lar o‘z navbatida jismoniy yukning hajmini ortishiga olib keladi.
Tananing vertikal holati – osilish va tayanishlar, gorizontal holatlar, gorizontal muvozanat saqlashlar, aralash osilishlar, tayanishlar va h.k.lar. Tanani engashtirilgan, buklangan holatlari:tayanib etishlar, enkaygan holda oyoqlar bilan oldinga, orqaga, yon tomonlarga «katta qadamlar».
Tananing ayrim bo‘g‘inlari harakatlari – inson jismi-ning ajratib olingan qismidagi ikki biologik zvenoni fazoda turish joyini o‘zgarishi bo‘lib, bukish va to‘g‘rilashdek sodda harakat vazifalarini hal qilishga yo‘nalish berishi mumkin. Individ harakat faoliyatida uning jismi bo‘g‘inlaridagi harkatlar bir vaqtning o‘zidagi, ketma-ket, qator, ohista bajariladigan navbatma-navbat, yoki davomiyligi qisqa, uzun bo‘lgan harakatlarga birlashishi mumkin. SHuni hisobiga harakatlarni eng soddasidan eng qiyinigacha bo‘lgan harakat vazifalarn