JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI TIZIMINI MOLIYALASHTIRISH
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI TIZIMINI MOLIYALASHTIRISH
REJA:
Sport korxonalarining moliyaviy mablag’lari va uning manbalari, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag’lar.
Byudjetdan tashqari mablag’larni manbaini izlash va jalb etish. Sport korxonalarining byudjet mablag’larini shakllanishi.
Sport korxonalarining byudjet tizimining tamoyillari va ichki moliyaviy tushumning uslubiy yagonaligi; daromad va xarajatlar hisobotini to’liqligi; oshkoralik; rahbarlar darajasi bo’yicha byudjet vakolatlarini taqsimlash.
Byudjet xarajatlarini hisoblashda talaba (o‘quvchi)lar qabul qilish fani; talaba (o‘quvchi)lar miqdori; ta’lim muassasi moddiy-texnikaviy negizining xajmi asos qilib olinadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi va tegishli maosh fondini belgilash uchun bitta o‘qituvchiga belgilangan talaba soni ko‘rsatkich sifatida foydalaniladi.
Byudjet mablag‘idan foydalanish ustidan nazorat xarajatlar moddasi guruhlari bo‘yicha mablag‘ ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladigan». Tarmoqlarda iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, moliyalash mexanizmini takomillashtirish, byudjet mablag‘laridan samarali va o‘z o‘rnida foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Byudjet tashkilotlarini moliyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» (1999 yil, 414-raqamli) qaror qabul qildi. Unda quyidagilarni ko‘zda tutuvchi yangi tartib belgilandi:
byudjet tashkilotlari raxbarlarining byudjet mablag‘laridan tejab, samarali va o‘z o‘rnida foydalanish, byudjet intizomini mustahkamlash bo‘yicha mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
mavjud mablag‘larni ulardan foydalanish samaradorligini yuqori darajada oshirishga erishish maqsadida turlicha qo‘llash uchun imkoniyat yaratish va byudjet tashkilotlarini moliyalash mexanizmini soddalashtirish;
me’yorlar bo‘yicha birvarakay moliyalash usuli bilan byudjet tashkilotlarni moliyalashning yangi tartibini joriy etish;
byudjetdan moliyalashni ta’lim muassasasi soxasiga mos tovarlar ishlab chiqarish (ish, xizmatlar bajarish) bilan qo‘shib olib berish;
ta’lim muassasasi xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyati natijalarini oshirish va mutaxassislarni joylashtirish uchun sharoit yaratish;
rejaviy byudjetdan moliyalash xisobidan tushgan va hisobot yili oxirida byudjet tashkilot xisobraqamlarida qolgan, tejalgan (foydalanilmagan) mablag‘;
ta’lim muassasasi faoliyat soxasi bo‘yicha tovarlar sotish (ish, xizmatlar bajarish), ishlab chiqarishdan keladigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslar ko‘rsatadigan xomiylik yordami.
Sport tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, xususan, ular tashkiliy tuzilmasini, moliyalashni takomillashtirishning muhim shartidir. Bu shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasalarda namunaviy lavozimlar faoliyat ko‘rsatadi, oliy ta’lim muassasalarning o‘zida va ular qoshidagi yotoqxonalardagi ma’muriy-boshqaruv xodimlari lavozimiga me’yorlar joriy etilgan. Oliy ta’lim muassasalari lavozim birliklarida ozod qilingan dekan va dekan o‘rinbosarlari birligi ajratilgan, ular lavozim maoshi belgilangan bo‘lib, bular byudjetdan ta’minlanadi. Oliy ta’lim vazirligida marketing xizmati bo‘linmasi tashkil etilgan, barcha oliy ta’lim muassasalarida esa marketing xizmati qismlari ishlab turibdi, ularni ham byudjet mablag‘i xisobidan moliyalash ta’minlangan.
Respublikada iqtisodiy isloxotlar o‘tkazish davrida ta’limni moliyaviy sog‘lomlashtirishning strategik yo‘nalishi bo‘lib, byudjetdan tashqari mablag‘ni jalb etish xisobiga moliyalashning yangi manbaidan foydalanish xisoblanadi. Bu chora oliy ta’limni jahon miqyosida rivojlantirishning ob’ektiv qonuniyati xisoblanadi, o‘tish davridagi shart-sharoit taqazosiga ko‘ra faqat O‘zbekistondagi zarurat emas.
Sport tashkilotlari, ularga davlat tomonidan berib qo‘yilgan mulkdan foydalanish huquqi ta’sirchan yo‘llardan biridir. Bu ularning berilgan mulkdan to‘liq begonalashmagan xolda tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga katta imkoniyatlar ochadi.
Sport tashkilotlari biriktilgan moddiy resurslar negizidagi tadbirkorlik-byudjetdan tayyorlashning muxim yo‘nalishi.
Sport tashkilotlari byudjetdan tashqari faoliyat natijasida olingan mablag‘ (asosan moliyaviy resurslar)dan foydalanishda ayniqsa keng erkinlikka egadirlar. Bu faoliyatning samaradorligi oliy ta’lim muassasalar uchun tamoman yangi faoliyat-moliyaviy aktivlarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, u Oliy ta’lim vazirligi iqtisod, investitsiya va marketing bosh boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Mazkur xizmat oliy ta’lim muassasalar raxbariyati uchun byudjetdan tashqari mablag‘ni jalb etish uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqdi, vazirlik mas’ul xodimlari, iqtisodiyot va tadbirkorlik bo‘yicha prorektorlar va oliy ta’lim muassasalar marketing xizmati ishtirokida sayyor seminar-kengashlar o‘tkazadi hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni uyg‘unlashtirish jalb qilish va sarflash bo‘yicha boshqa ishlarni olib boradi.
Sport tashkilotlari «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq tashkil etiladigan byudjet tashkiloti xisoblanadi va to‘liq yoki qisman davlat byudjetidan ta’lim» va ijtimoiy-madaniy hamda moliyaviy vazifani bajaradi.
Mutaxassislar tayyorlashga bo‘lgan davlat buyurtmasi ta’lim muassasasiga byudjet mablag‘i ajratish uchun asos bo‘ladi, shunga muvofiq oliy ta’lim muassasasiga byudjetdan mablag‘ ajratiladi.
Sport tashkilotlarining byudjet tizimi quyidagi tamoyillarga asosan tuziladi:
ichki moliya tizimlarining metodik birligi;
kirim va chiqimlar xisob-kitobining to‘laqonliligi;
oshkoralik;
rahbariyat miqyosi bo‘yicha byudjet vakolatining taqsimlanishi.
Sport tashkilotlari haqidagi qoidalar oliy ta’lim muassasasining byudjet tuzilishi tamoyillari, xarajatlarni tasdiqlash tartibi, boshqaruv turli darajasi xuquqlarini belgilaydi.
Sport tashkilotlarining byudjetdan moliyalashning me’yoriy negizi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Oliy ta’lim haqidagi qoidalar» va «Oliy ta’lim muassasasi haqidagi namunaviy qoidalar»da bayon etilgan bo‘lib, ular oliy ta’lim muassasasi ichki moliya oqimi, xarajatlar me’yori va rahbariyat huquqini tashkil etish ayrim masalalarini tartibga soladi.
Sport tashkilotlari raxbariyati belgilangan huquq doirasida ichki moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi buyruq va farmoyishlar berish huquqiga ega.
Sport tashkilotlari byudjeti-tegishli qoidalar bilan mustaxkamlangan oliy ta’lim muassasasi pul mablag‘ining hosil bo‘lish va sarflanish shakli. Byudjet oliy ta’lim muassasasi uchun yaxlit yoki qisman yuridik shaxs xuquqi berilgan ayrim bo‘linma, aloxida moliya xisobi uchun ajratilgan ichki bo‘linma uchun tuziladi.
Byudjet tizimi uch bosqichi farqlanadi:
umumta’lim muassasasi;
ayrim bo‘linma miqyosi;
ayrim ishlar, ayrim tadbir, ayrim ob’ekt miqyosi.
Sport tashkilotlarini moliyalash uchun mablag‘ davlat tuzilmalari (davlat mablag‘i)dan, korxona va yakka fuqarolar (davlatga aloqalarsiz mablag‘)dan kelishi mumkin. Oliy ta’lim muassasasi byudjet tizimining yagonaligi huquqiy negiz yagonaligi, tasniflashning yagona tizimidan foydalanish, xujjatlar xisobot va rejali shakli bir xilligi, umumiy byudjet tuzish uchun boshqaruv bosqichlari bo‘yicha zarur statistik xisobot taqdim etish bilan ta’minlanadi.
Sport ta’lim muassasasi byudjetdan moliyalash mexanizmi byudjet tuzish va undan foydalanish yagona qoidasini qo‘llashga asoslanadi, bu davlat iqtisodiy va moliyaviy siyosati bilan belgalanadi.
Sport tashkilotlari byudjet tizimi yagonaligi turli bosqichlar daromadiga tushumlardan ajratmalar va boshqaruvning ancha yuqori bosqichidan maqsadli xisob raqamiga tushumlardan ajratmalardan belgilangan me’yorlar orqali byudjetlar o‘zaro birlashuvi bilan cheklanadi.
Sport tashkilotlari byudjet daromadlari-ma’muriyat yoki aloxida bo‘linmalarning raxbarlari tasarrufiga tushadigan pul mablag‘i.
Sport tashkilotlari xarajatlari-oliy ta’lim muassasasi, uning bo‘linmasi yoki ayrim xodimlar extiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan pul mablag‘i.
Xarajatlarni daromaddan oshib ketishi oliy ta’lim muassasasi byudjetidagi kamomad (defitsit)ni tashkil etadi. Kamomadni qoplash manbai navbatdagi yil byudjetida tasdiqlanadi yoxud keyingi davrga karz sifatida o‘tkaziladi.
boshqa tashkilotlar bilan moliyaviy o‘zaro munosabatlarni ta’minlovchi kreditlar bo‘yicha to‘lovlar.
Joriy xarajatlar unsurlari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
mexnatga xaq to‘lash, shu jumladan:
xodimlar asosiy maoshi;
ish xaqiga ustama;
mexnatga qo‘shimcha xaq to‘lash;
lavozimdan tashqari xodimlar mehnatiga xaq to‘lash;
xodimlarga boshqa xil pul to‘lovlari;
ish xaqiga ajratmalar, shu jumladan:
davlat ijtimoiy cyg‘urtasiga badallar;
Davlat bandlik fondiga badallar;
ta’minot narsalari va sarflash materiallari xarid qilish, shu jumladan:
devon anjomlari;
yumshoq jihozlar;
boshqa sarf materiallari;
xizmat safari va ish bo‘yicha qatnov;
transport xizmati to‘lovlari;
aloqa xizmati to‘lovlari;
kommunal xizmati to‘lovlari;
boshqa xizmatlarga to‘lovlar, shu jumladan:
bino va xonalarni joriy ta’mirlash;
jihoz va uskunalarni joriy ta’mirlash;
qarzlar foiz to‘lovi;
aholiga transfertlar, shu jumladan:
moddiy yordam berish;
stipendiyalar;
ovqatlanish uchun to‘lovlar;
yozgi dam olishni qo‘llab-quvvatlash ychun to‘lov;
boshqa transfertlar.
Kapital sarflar jihozlar sotib olish, kapital qurilish va kapital ta’mirlashdan yuzaga keladi.
quyidagilar kapital sarflarning unsurlari xisoblanadi:
jihozlar sotib olish, shu jumladan:
ishlab chiqarish uskunalari;
ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jihozlar;
kapital qurilish, shu jumladan:
turar joy;
ishlab chiqarish ob’ektlari;
ijtimoiy-madaniy va maishiy maqsadlardagi Ob’ektlar;
ma’muriy ob’ektlar;
kapital ta’mirlash, shu jumladan:
turar joy fondi;
ishlab chiqarish ob’ektlari;
ijtimoiy-madaniy va ma’ishiy xizmat ob’ektlari;
ma’muriy ob’ektlar;
er sotib olish va moddiymas aktivlar, shu jumladan: