Oʻquv uslubiy Kengash raisi: prof.A.S.Soliyev
I. O'quv fanining dolzarbligi va oily kasbiy ta'limdagi o'rni
Bugungi kun yosh avlodlariga ta'lim-tarbiya berishga yangicha, yana ham
keng ko'lamda yondashishni talab qiladi. Bu maqsadni amalga oshirishga
mo'ljallangan fanlardan biri "Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi" hisoblanadi.
Mazkur fanga oid bilimlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida, jumladan,
jismoniy tarbiya va sport sohasida nufuzi ortayotganligi yaqqol ko'rinib turibdi. Bu
esa tegishli ilmiy - uslubiy hujjatlarning, sportchilar, o'qituvchi - murabbiylar,
umuman,
sport
sohasidagi
mutaxassislarning
faoliyatini
yanada
takomillashtirishga yaqindan yordam beradigan darajada tayyorlashni taqozo
qilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jismoniy tarbiya yo'nalishidagi oliy
ta'lim muassasalari talabalari jismoniy tarbiya va sport pedagogikasiga oid ilmiy
bilimlarni o'rganishlari, ularga ushbu fanni puxta egallashlariga ko'mak berish
maqsadida mazkur o'quv dasturi shlab chiqildi.
Ushbu dastur O'zbekiston Respublikasining ta'lim-tarbiya sohasidagi maqsad
va vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishda, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda xizmat qiladi.
II. O'quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o'qitishdan maqsad - talabalarning umumjismoniy va maxsus pedagogik
bilimlar bilan qurollantirish, trener, jismoniy tarbiya o'qituvchisining kasb
mahoratini oshirish.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan doirasida talabalar ta'lim-tarbiya
sohasidagi maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishda nazariy bilimlarni
egallashlari lozim.
Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va valakalariga qo'yidagi talablar
qo'yiladi. Talaba:
-
umumjismoniy va maxsus pedagogik bilimlar, jismoniy tarbiya va sport
pedagogikasiga oid ilmiy bilimlar haqidagi tassavurga ega bo'lishi;
-
ta'lim-tarbiya sohasidagi maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli hal
qilishda zarur yo'llarni bilislii va ulardan foydalana olishi;
-
bo'Iajak jismoniy tarbiya mutaxassislarini va sport turlari bo'yicha
trenerlar uchun zarur pedagogik bilim va ko'nikmalariga ega bo'lishi
kerak.
III. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg'ulotlari)
1-ModuI. Jismoniy tarbiya va sport
pedagogikasi asoslari
1-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining umumiy asoslari
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining predmeti. Sport pedagogikasini
paydo bo'lishi va rivojlanish tarixi. Shaxsni shakllantirish jarayonida sport
pedagogikasining ahamiyati. Sport pedagogikasini fanining metodologiyasi.
Jismoniy tarbiya maqsadi, vazifalari va tamoyillari. Jismoniy rivojlanish. Jismoniy
tarbiya jarayonida sportchi shaxsning shakllanishi.
2-mavzu. Shaxs shakillanishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati
Shaxs shakillanishida jismoniy tarbiya va sportning o'ziga xos ahamiyati.
Jismoniy tarbiya va sportning shaxs shakillanishiga ta'siri. Rivojlanish
tushunchasi, odamning rivojlanishi, jismoniy va psixik rivojlantirish, ularning
birligi va xususiyatlari. Tarbiya jarayonida yosh xususiyatlarini hisobga olish.
Rivojlanishning individual xususiyatlari va uni jismoniy tarbiya hamda sport
faoliyatida hisobga olish. Yosh sportsmenlarning tarbiyalash shakllari: individual,
guruhiy vajamoaviy.
3-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatining pedagogik
jihatlari
Jismoniy tarbiya o'qituvchisi va sport pedagogi faoliyatining o'ziga xos
xususiyatlari. Sport pedagogiga qo'yiladigan talablar. Jismoniy tarbiya va sport
sohasi pedagogining kommunikativ va tashkilotchlik qobiliyati. Jismoniy tarbiya
va sport sohasi pedagogining tolerantliligi va uni faoliyat olib borishidagi
ahamiyati. Sportga oid o'zaro munosabatlarda nizolar tushunchasi, sport
faoliyatida yuzaga keladigan nizolar tasnifi, sabablari, shart - sharoitlari hamda
ularni oldini olish va bartaraf etish yo'llari.
4-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta'lim tamoyillari
Sport faoliyatida ta'lim tamoyillari. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga oid
mashg'ulotlarni
o'tkazishda
o'qitish
tamoyillarining
nazariy
va
amaliy
ahamiyati.Ta'limning o'quvchilarni yoshiga ongiga mos bo'lishi. Bilim, ko'nikma,
malakalarni egallashning ahamiyati va didaktik qonuniyatlarning o'zaro bog'liqligi.
Kundalik mashg'ulotlarda tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarni
hisobga olish.
5-
mavzu. Jismoniy tarbiya va sport sohasida qo'Ilaniladigan ta'lim
metodlari
Jismoniy tarbiya va sport sohasida qo'Ilaniladigan ta'lim metodlari. O'qitish
nazariyasida metod va metodik usul tushunchasi va uning jismoniy tarbiya va
sport faoliyatiga doir mashqlarni bajarishdagi ahamiyati. O'qitish metodlarining
klassifikatsiyasi. Jismoniy tarbiya darslarini' tashkillashtirishda yordamchi va
zaruriy vositalar.
2-Modul. Jismoniy tarbiya asoslari
6-
mavzu. Tarbiya mazmuni va uning jismoniy tarbiya va sportdagi
ahamiyati
Tarbiyaning sportchi shaxsni rivojlanishi bilan birligi va bog'liqligi, faoliyat
va munosabatni namoyon bo'lishi sportchining fazilatlarini shakllantirishning
negizi va asosi, tarbiyalanuvchilarning o'zaro tarbiyaviy ta'siri, o'zaro
munosabatlar hamda faol faoliyat o'rtasidagi bog'lanish. Yosh sportchilarni
tarbiyalash, qayta tarbiyalash va o'z-o'zini tarbiyalash. Jismoniy tarbiya va sport
faoliyatida tarbiya jarayonining xususiyatlari, sportchilarni g'oyaviy, axloqiy
jihatdan tarbiyalash, sportchini irodaviy sifatlarini shakllantirishda tarbiyaning
o'rni.
7-
mavzu. Jismoniy tarbiya va sport sohasida qo'Ilaniladigan tarbiya
metodlari
Sport faoliyatida tarbiya jarayonini tashkillashtirishning shakllari va vositalari.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida qo'Ilaniladigan tarbiya metodlari. Tarbiya
metodlari haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi. Sport faoliyatida tarbiya
tamoyillari. Jismoniy faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor normalarini
shakllantirish, pedagogik talab, o'rgatish, mashq qilish faoliyati, tarbiyalovchi
vaziyatlar hamda kun tartibi asosida mashq qilish.
Axloq normasini tashkil qilishda ijtimoiy tarbiya va sportning ahamiyati.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida tarbiya jarayonini tashkil etishga qo'yiladigan
talablar. Sport faoliyatida tarbiya vositalari.
8-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport ta'limini loyihalashtirish va
boshqarish
Jismoniy tarbiya va sport ta'limini loyihalashtirish, jismoniy tarbiya va
sportning dolzarb muammolarini hal etishda dasturiy - loyihaviy yondashuvning
imkoniyatlari hamda loyihalashtirishning metodologik jihatlari. Sport faoliyatini
boshqarishning funksiyalari va tarkibiy qismlari: gnostik, loyihalashtiruvchi,
kommunikativ, tashkiliy. Boshqaruv funksiyalari: rahbarlik, rejalashtirish, nazorat,
korreksiya, axborot xizmat ko'rsatish, tashkillashtirish, motivasiya.
Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishni loyhalashtirishning xususiy
metodikasi.
9-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagogik texnologiyalar va
innovatsiyalar
Innovatsiya haqida tushuncha. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi
innovatsiyalar.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida tarbiyaviy ishlar mazmuni va metodikasi.
Tarbiyaviy ishlar mazmuni mohiyati. Tarbiyaviy ishlar jarayonida qo'Ilaniladigan
metodikalar ahamiyati.
Mashg'ulotlarni tashkil etishda ko'rgazmali, nazariy hamda amaliy,
tushuntirish- illyustrativ, reproduktiv, muammoli, evristik va zamonaviy ta'lim
texnologiyalar. Sport faoliyatida ilmiy tadqiqot - evristik o'yinlar orqali ijodiy
faoliyat va tasawurni rivojlantirish. Tasavvur tushunchasi sport faoliyatini
tizimlashtiruvchi komponent sifatida.
10-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv uslublari
Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv uslublari. Avtoretar, liberal,
demokratik boshqaruv uslublari va ularning sport faoliyatidagi ahamiyati.
Boshqaruv uslublariga qo'yiladigan talablar. Boshqaruv nazariyasi. Boshqaruv
pedagogika va etikasi haqida tushuncha va boshqaruvning ilmiy-nazariy asoslari.
Sport faoliyatida boshqaruvni ilmiy-asosda tashkil etishning pedagogik etikaviy
talablari va ularni rivojlantirish omillari.
11-mavzu. Sportchi shaxsni shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o'ziga
xos spesifik ahamiyati
Shaxs shakllanishida jismoniy tarbiya va sport faoliyat turlarining tutgan o'rni,
jismoniy tarbiya va uning asosiy vazifalari. Shaxs rivojlanishida jismoniy tarbiya
vositalarini qoilanilishi. Shaxs shakllanishi va hayot faoliyatida sport spesifik
(o'ziga xos) muhit sifatida.
Sportning tuzilishi, mazmuni va shaxsni rivojlantiruvchi imkoniyatlari, sport
faoliyati motivlarining pedagogik - psixologik tasnifi. Sport ekspremental faoliyat
turi sifatida. Sport faoliyati motivlarining tasnifi, sport motivlarini tarbiya
jarayonidagi ahamiyati. Turli sport turlarida shaxsga bo'lgan rivojlantiruvchi
ta'sirlarning spesifikasi (o'ziga xosligi).
"Trener — sportchi" munosabatlari tizimining psixologik-pedagogik tuzilishi
va mazmuni.
3-Modul. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi
pedagogik faoliyaitning
asosiy omiliari
12-mavzu. Shaxsni tarbiyalash va shakllanishiga sport
jamoasining ta'siri.
Jamoa haqida umumiy tushuncha, jamoaning ko'rinishlari va turlari.
Jamoani shakllanish bosqichlari. Shaxsni sport jamoasida tarbiyalash.
Sport jamoasining o'ziga xos xususiyatlari, boshlang'ich jamoaning
xususiyatlari, sport jamoasiga ko'ngilli bo'lib kirish, sport jamoasining
shakllanish dinamikasi, sportchida sportga xos spesifik xarakter xususiyatlarni
shakllantirishning imkoniyatlari, sportchiga yuksak talablar qo'yish shartlari.
Sport jamoasini jipsligi va uyushqoqligi, sport jamoasining uyushtirishning
asosiy vositalari va uslubiy asoslari. Sport jamoasi a'zolari o'rtasidagi o'zaro
xarakatlarini va xamkorligini ananaviy shakllari. Jamoa hayotiga monand ijodiy
an'analarni to'plash va rivojlantirish sport jamoasini shakllanishida muhim
yo'nalish sifatida.
13-mavzu. Sport sohasidagi kreativlik (ijodkorlik).
Ijodkorlik tushunchasi va uning sport faoliyatda o'rni. Jismoniy tarbiya va
sport faoliyati bilan shug'ullanuvchilarning mahorati va ijodkorligi. Ijodkorlikni
shakllantirish
usullari.
Ustoz-murabbiylarning
kreativlik
sifatlari.
Sportchilarlarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari va
shartlari. Kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi ijtimoiy omillar.
Kreativlikni ifodalovchi belgilar.
14-mavzu. Jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik
faoliyatning asosiy omiliari va shartlari
Jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik faoliyatning asosiy
omil i va shartlari. Sport faoliyatga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omilar. Sport
faoliyatining samaradorligi shartlari. Jismoniy tarbiya va sport sohasida
murabbiy faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari. Jismoniy tarbiya va sport
sohasida murabbiy ishining o'ziga xos xususiyatlari. Jismoniy tarbiya va sport
sohasida murabbiyning jismoniy imkoniyatlari va kreativligi.
15-mavzu. Sportda huquqiy ta'lim.
Sportchining huquqiy ta'limi. Sportchining huquqiy tarbiyasi. Huquqiy
rivojlanish. Sport faoliyatidagi qonunbuzarliklarninng asosiy sabablari.
Trenerning huquqiy ta'limi. Trenerlik faoliyatining asosiy maqsadi va vazifalari.
Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning majburiyatlari. Trenerlik
faoliyatini
tashkil etish.
16-mavzu. Sportchi shaxsiyatiga pedagogik ta'sir uslublari va sport
mashg'ulotlarida pedagogik tamoyillar qonuniyati.
Sportchi shaxsiyatiga pedagogik ta'sir omillari. Mashg'ulotlarni tashkil etish
shakllari. Sport mashg'ulotlarida pedagogik tamoyillar qonuniyati. Jismoniy
tarbiyada o'rgatish tizimi. O'quv rejasi bo'yicha mashg'ulotlar tizimi. Yillik o'quv
reja jadvali. Oylik ish rejasi. dars rejasi bayoni.
17-mavzu. Jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish.
Ta'lim tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qo'Ilaniladigan
huquqiy me'yoriy hujjatlar. Jismoniy tarbiyada rejalashtirish va nazorat ishlari.
Ustoz-trenerning vazifalari. Sport mashqlarini o'rganish jarayonining asosiy
komponentlari. Jismoniy tarbiya jarayonini nazorat qilish turlari.
18-mavzu. Yosh davrlarda jismoniy tarbiyasi va uning roli.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy hamda aqliy imkoniyatlari
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish
shartlari. Jismoniy yuklamalarni amalga oshirish. Maktabgacha yoshdagi bolalar
bilan jismoniy tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan umumiy vazifalar. Sog'lomlashtirish
va jismoniy rivojlanishga ta'sir qiluvchi gigienik omillar.
Kichik maktab yoshi, o'smir va o'spirinlik yoshi va bu davrda yuzaga
keladigan psixofiziologik o'zgarishlar. Kichik maktab yoshi, o'smir va o'spirinlik
yoshi davrida amalga oshirish lozim bo'lgan asosiy vazifalar va jismoniy
yuklamalar.
IV. Seminar mashg'ulotlar bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg'ulotlari mavzulari bo'yicha tavsiya qilingan didaktik talablarni
maqsad vavazifalarini aniqlab ularni guruh a'zolarida qo'llaydilar. Talabalar
mustaqil ravishda tayyorgarlik ko'rib, olib borgan izlanishlari bo'yicha bilim va
ko'nikmalarini dars vaqtida himoya qiladilar.
Seminar mashg'ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
1.
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining predmeti.
2.
Shaxs shakillanishida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati
3.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatining pedagogik jihatlari
4.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta'lim tamoyillari
5.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida qo'Ilaniladigan ta'lim metodlari
6.
Tarbiya mazmuni va uning jismoniy tarbiya va sportdagi ahamiyati
7.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida qo'Ilaniladigan tarbiya metodlari
8.
Jismoniy tarbiya va sport ta'Iimini loyihalashtirish va boshqarish
9.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagogik texnologiyalar va
innovatsiyalar
10.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv uslublari
11.
Sportchi shaxsni shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o'ziga
xos spesifik ahamiyati
12.
Shaxsni tarbiyalash va shakllanishiga sport jamoasining ta'siri.
13.
Sport sohasidagi kreativlik (ijodkorlik).
14.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik faoliyatning
asosiy omiliari va shartlari
15.
Sportda huquqiy ta'lim.
16.
Sportchi shaxsiyatiga pedagogik ta'sir uslublari va sport mashg'ulotlarida
pedagogik tamoyillar qonuniyati.
17.
Jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish.
18.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi.
19.
Kichik maktab yoshi, o'smir va o'spirin yoshlarda jismoniy tarbiyaning
roli.
V. Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar
"Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi" fani bo'yicha talabaning mustaqil
ta'limi shu fanni o'rganish jarayonining tarkibiy qismi bo'lib, uslubiy va axborot
resurslari bilan to'la ta'minlangan.
Talabalar
auditoriya
mashg'ulotlarida
professor-o'qituvchilarning
ma'ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan
tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa
sifatida berilgan vazifalarni bajaradilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni
kengroq o'rganish maqsadida qo'shimcha adabiyotlarni o'qib referatlar
tayyorlaydi hamda mavzu $ bo'yicha testlar yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari
reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo'shimcha darslik va adabiyotlardan yangi
bilimlarni mustaqil o'rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish
yo'llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma'lumotlar to'plash va
ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to'garak doirasida yoki mustaqil ravishda
ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar
talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil
fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil
ta'limsiz o'quv faoliyati samarali bo'lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg'ulot olib boruvchi
o'qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o'zlashtirish darajasini
tekshirish va
baholash esa ma'ruza darslarini olib boruvchi o'qituvchi tomonidan har darsda
amalga oshiriladi.
"Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi" fanidan mustaqil ish majmuasi
fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko'rinishida
shakllantirilgan.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini
hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
•
darslik va o'quv qoilanmalar bo'yicha fan boblari va mavzularini
o'rganish;
•
tarqatma materiallar bo'yicha ma'ruzalar qismini o'zlashtirish;
•
maxsus adabiyotlar bo'yicha fanlar bo'limlari yoki mavzulari ustida
ishlash;
•
talabaning o'quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan
fanlar bo'limlari va mavzularini chuqur o'rganish;
•
faol
va
muammoli
o'qitish
uslubidan
foydalaniladigan
o'quv
mashg'ulotlari;
•
ma'lum mutaxassisligiga taalluqli emperik bilimlarni referatlar shaklida
namoyon qilish.
Shuningdek, mustaqil ishning natijalari talabalarning kafedraga topshirgan
konspektlari, eksprimental tadqiqot bayonnomalari va referatlar hisoblanadi.
Talabalar mustaqil ta'lim natijasida referat bilan konspektning farqiga,
konspektning tezisdan farqiga, kitoblarga annotasiya yoki resenziyani qanday
tuzishni, kitoblardan sitata olish qoidalarini yaqindan o'rganadilar.
Mustaqil ta'lim mavzulari
1.
"Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi" fanining mazmuni, asosiy kategoriyalari
va metodologik asoslari.
2.
Prezident asarlarida ta'lim - tarbiya va jismoniy tarbiyaga oid g'oyalar taraqqiyoti.
3.
O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risidagi Qonun" va "Kadrlar tayyorlash
Milliy dastur"i, hamda "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi Qonun"da
pedagogik jarayonning aks ettirilishi.
4.
Ilmiy tadqiqot ishlarining samarali natijalarini amaliyotda qo'llash.
5.
Sharqda ilk Uyg'onish davri (IX-XII asrlar) O'rta Osiyoda (XIV-XX asrlar) ta'lim -
tarbiya va pedagogik fikrlar rivojlanishi.
6.
Jismoniy tarbiya va sport ta'limining paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari.
7.
Sport jamoasini pedagogik boshqarish uslublari.
8.
Jismoniy tarbiyaning umumiy metodlari konsepsiyasi.
9.
Sport pedagogikasi novatorlari.
10.
O'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning pedagogik shartlari
11.
Jismoniy tarbiya o'qituvchisi faoliyatida nizo psixologo-pedagogik
muammo sifatida.
12.
Jismoniy tarbiya darslarida tashkillashtirilgan ta'lim shakllari.
13.
Sportchining faol turmush tarzi.
14.
Insonning rivojlanish omiliari va uning shaxs sifatida tarkib topishi jismoniy va
psixik rivojlanishning birligi va o'ziga xosligi.
15.
Sport faoliyati jarayonida yosh xususiyatlarini hisobga olish va yoshni davrlarga
bo'linishi: ilk bolalik davri, maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshi,
o'smirlik, o'spirinlik davrlarini o'ziga xosligi.
16.
Rivojlanishning individual xususiyatlari va uni jismoniy tarbiya va sport
faoliyatida hisobga olish.
17.0'qitish jarayonining mohiyati, vazifalari, didaktika va xususiy metodikalar
haqida tushuncha.
18.
Jismoniy tarbiya va sportga doir fanlarda sport turlariga o'rgatish
metodikalari.
19.
Jismoniy mashqlarga o'rgatishda pedagogik - psixologik jihatlarini hisobga
olish.
20.
Asosiy didaktik tushunchalar va jismoniy tarbiya darslarida ularning
ahamiyati.
21.
Jismoniy tarbiya darslarida bilim, ko'nikma malakalarni amalda qo'llashga
o'rgatish pedagogik asoslari.
22.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga oid mashg'ulotlarni o'tkazishda o'qitish
tamoyillarining nazariy va amaliy ahamiyati.
23.
O'qitish nazariyasida metod va metodik usul tushunchasi va uning jismoniy
tarbiya va sport faoliyatiga doir mashqlarni bajarishdagi ahamiyati.
24.
Jismoniy tarbiya darslarida o'qitish metodlarini bilim manbai bo'yicha
tasniflanishi va bilish boqichlari.
25.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga oid fanlami o'qitishda ta'lim
metodlarini qo'llanilishi.
26.
Tarbiya usullaridan foydalanishda sportchi laming yosh va individuval
sifatlarini xisobga olish.
27.
Sportchi shaxsni shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o'ziga xos
spesifik ahamiyati.
28.
Shaxs shakllanishida jismoniy tarbiya va sport faoliyat turlarining tutgan
o'rni.
29.
Shaxs shakllanishi va hayot faoliyatida sport spesifik (o'ziga xos) muhit
sifatida.
30.
Sportning tuzilishi, mazmuni va shaxsni rivojlantiruvchi imkoniyatlari.
31.
"Trener - sportchi" munosabatlari tizimining psixologik-pedagogik
tuzilishi va mazmuni.
32.
Sportchi shaxsini shakllanishiga tarbiya metodlarining ta'siri.
33.
Yosh sportchilarni tarbiyalashning individual, guruhiy va jamoaviy
shakllarini pedagogik - psixologik asoslari.
34.
Sport jamoasini jipsligi va uni uyushtirishning asosiy vositalari va uslubiy
asoslari.
35.
Murabbiy faoliyati tizimida pedagogik tahlil.
36.
Murabbiy-pedagog faoliyati tizimida ijodiy izlanish.
37.
Sport faoliyatida yuzaga keladigan nizolar ularning tasnifi, kelib chiqish
sabablari, shart - sharoitlari va ularni oldini olish pedagogik - psixologik yo'llari.
38.
Jamoa haqida tushuncha, uning turlari va shakllanish bosqichlari.
39.
Sport jamoasining o'ziga xosligi va sportchida sportga xos spesifik xarakter
xususiyatlarni shakllantirishdagi o'rni.
40.
Sport jamoasini jipsligi va uni uyushtirishning asosiy vositalari va uslubiy
asoslari. Mustaqil ish referatlari yozma va elektron shaklda topshiriladi.
VI. Asosiy va qo'shimcha o'q'uv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar
1.
R. Mavlonova, O. To'raeva, Q.Holiqberdiev "Pedagogika". -T. O'qituvchi 2001 y.
2.
Axmedova M.Ye. "Pedagogika nazariyasi va tarixi" o'quv qo'l. -T. Tafakkur-
bo'stoni 2011 y.
3.
N.G'aybullaev, R.Yodgorov, R.Mamatqulova, Q.Toshmurodova. "Pedagogika". -
T. 2000 y.
4.
Neverkovich S.D. Osnoviy obucheniya i vospitaniya: Uchebnoe posobiy dlya
studentov / Neverkovich S.D., Xozyainov G.I., Andriadi I.P. - M.: RIO RGLFK,
1997.
5.
Neverkovich S.D. Pedagogika fizicheskoy kulturi sporta: uchebnik / S.D.
Neverkovich - M.: Fizicheskaya kultura, 2006.
6.
Sidorov A. A. Pedagogika: Uchebnik dlya studentov, aspirantov, prepodavateley i
trenerov po dissipline «Fizicheskaya kultura» / Sidorov A.A., Proxorova M.V.,
Sinyuxin B.D. - SPb.: Terra-sport, 2000.
Dostları ilə paylaş: |