Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 8 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 60 August, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal klinik tekshiruvi va reabilitatsiyasi tizimni optimallashtirish, integral asosida
salomatligini o`z vaqtida baholash dolzarb chunki uning vazifasi amaliy pediatrlarga,
maktab shifokorlariga, o`smirlar bilan ishlaydigan psixologlar va boshqa
mutaxassislarga, ota-onalarga yordam beradi.
Organizm faoliyati va biologik rivojlanish darajasini hisobga olgan holda
jismoniy rivojlanish standartlari (baholash jadvallari)dan foydalanish o`sib
kelayotgan avlod salomatligini nazorat qilishda muhim vosita hisoblanadi.
Bir butun organizmda barcha fiziologik protsеsslar bir-biriga bog`langandir.
Bu bog`liqlikni quyidagi misolda ko`rish mumkin. Muskullar qisqarganda
odamning harakati bilan bir vaqtda nafas olish, yurak faoliyati, modda
almashinuvi protsеssi, qon aylanish nеrv sistеmasida o`zgarish vujudga kеladi.
Boshqacha qilib aytganda, muskul ichida nafas olish, yurak faoliyati ortadi. Qon
aylanish tеzlashadi, qon tomirlar kеngayadi. Modda almashinuvi kuchayadi.
Talaba yoshlar salomatligining tibbiy va biologik jihatlari bilan bog‟liq
muammolarni o‟rganish har doim dolzarb va ustuvor hisoblanadi, ayniqsa, ular
bo‟lajak onalar sifatida talaba qizlarning antropometrik va morfofunksional
ko‟rsatkich qiymatlarini aniqlash, jismoniy sog‟ligini tekshirish kelajak avlod uchun
ham asosiy poydevor hisoblanadi (Абрамова Т. Ф., Жданова А. Г., Никитина А.
Г.). Agar jismoniy rivojlanishning individual xususiyatlari hisobga olinsa, jismoniy
tarbiya vosita va usullarini maqsadli qo‟llashda samarli bo‟ladi (Попов, С.Н).
Buning uchun talabalarning jismoniy rivojlanishini optimallashtirish amalga
oshiriladi, ya‟ni ularning orqada qolgan jismoniy sifatlari va morfofunksional
ko‟rsatkichlari masalan, tana vaznini tartibga solish kabi jihatlari ko‟proq e‟tiborga
olinishi lozim.
Jismoniy mashg„ulotlar bilan muntazam shug„ullanish, to„g„ri tashkil etish
natijasida har taraflama jismoniy barkamollik, salomatlikning shakllantirish
ta‟minlanadi. Faol harakatchanlik qon aylanish, nafas olish, modda almashinuv
jarayonlariga ijobiy ta‟sir ko„rsatib, organizmda yog‟lar va uglevodlarning
parchalanishiga, organizmning himoya imkoniyatlarini oshirishga, yoshga qarab
rivojlanadigan o„zgarishlarni tormozlashishiga, umuman aytganda, jismoniy
ishchanlikni uzoq vaqt mobaynida saqlab, salomatlik darajasini mustahkamlashga
yordam beradi. Har qanday jismoniy mashqlaming bajarilishidan oldin, tananing
a‟zolari va tizimlari shiddatli faoliyat bajarilishiga tayyorgarlik
davrini o„tishi lozim. Bu davrning asosiy mohiyati shundaki, jismoniy
mashqlarni
bajarishga birdaniga kirishganda, turli a‟zolar va tizimlar
oliy faoliyat bajarilish darajasiga bir vaqtda emas, balki oldinma-