Fanning vazifalari:
Analitik kimyo rivojlanishida erishilgan natijalar va dolzarb muammolarni aniqlash;
Tadqiqotchilar uchun analitik kimyo fanining metodlari va nazariyasini o‘rganishga imkoniyat yaratish;
Zamonaviy analitik kimyo fanining metodlaridan foydalangan holda olingan natijalarn itahlil qilishni o‘rganish.
Fanni o‘rganayotgan tayanch doktorant (PhD) ga quyidagilar shart:
- Zamonaviy analitik kimyo sohasining yetakchi ilmiy konsepsiyalarini bilishi;
- Analitik kimyo fani asoslari, fizik, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Soha bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlarning usullarini, atrof muhit obektlarida o‘rganilgan usullarni qo‘llay olishi;
- Zamonaviy ilmiy adabiyotlardan foydalana olishi;
- Ilmiy tadqiqot natijasida olingan ilmiy natijalarni tahlil qila olish;
- Atrof muhit obektlaridan namuna olish va tarkibini fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |