Jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 237,6 Kb.
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü237,6 Kb.
#119478
  1   2   3
O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O‘tgan asrning 30--fayllar.org


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Sirtqi ta’lim fakluteti
«Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish» bakalavr yo’nalishi
«Boshlang’ich ta’limda bolalar adabiyoti» fanidan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Milliy uyg‘onish davri bolalar adabiyoti.
Bajardi: Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo’nalishi
3-kurs talabasi S.Ulug’murodova
Jizzax 2023
Mavzu: Milliy uyg‘onish davri bolalar adabiyoti.
REJA:
1. XIX asrning 2-yarmi va XX asrning 1-choragidagi ijtimoiy muhit va madaniy hayot.
2. Milliy uygʻonish harakati va uning oʻzbek bolalar adabiyotini yuzaga keltirishdagi roli.
3. Oʻzbek bolalar adabiyoti haqidagi fanning yuzaga kelishi.
4. O‘tgan asrning 30-40–yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti.

XIX asrning 2-yarmi va XX asrning 1-choragidagi ijtimoiy muhit va madaniy hayot.


Yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhit adabiyotning rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. Bu bolalar adabiyotiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umimiy taraqqiyoti bilan ham uzviy bog’liq.
Milliy uygʻonish harakati va uning oʻzbek bolalar adabiyotini yuzaga keltirishdagi roli.
Milliy uyg`onish, millatning o`zligini anglash jarayoni mazkur davr adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qiladi. Millatning o`zligini anglash asos qilib olingan bu uyg`onish davri bolalar adabiyoti va matbuoti uchun ham poydevor bo`la oldi.
Bolalar adabiyoti tom ma`noda ma`rifatparvarlikning farzandidir.
Chunki jadidchilikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktabi bo`lgan. “Jadidchilik”ning asosida “jadid” so`zi yotadi. “Jadid”ning ma`nosi “yangi”-“yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma`nolarni o`zida mujassam etgan.
O`zbek bolalar adabiyoti tarixi haqida fikr yuritilar ekan, uning ilk qadamlari XX asr boshlarida yaratilgan alifbolar, adabiyot va o`qish kitoblaridan boshlanganini alohida qayd etish lozim.
DARSLIKLAR:
1. Saidrasul Aziziyning «Ustodi avval» (1902)
2.Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adibi avval”, “Adibi soniy” (1907-17-yillarda)
3. Mahmudxo’ja Behbudiyning «Risolai asbobi savod»(1914), «Risolai jo`g`rofiyai umroniy» (1905), Risolai jo`g`rofiyai Rusiy» (1905), Kitobat-ul atfol» (1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909)
DARSLIKLAR:
4.Abdulla Avloniyning “Adabiyot, yoxud milliy she`rlar” majmuasi, “Birinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud, axloq”
5. Sadriddin Ayniyning “Tahzib us-sibyon”
6. H.H.Niyoziyning “Yengil adabiyot`, “Qiroat kitobi”
7. Abdurauf Fitratning “O`qu”
8. Sh.Rahimiyning “Sovg`a”, “Kattalarga o`qish”
Ushbu darsliklar birinchi marta bola dunyoqarashi, qiziqishlari, tafakkur olami hamda yosh xususiyatlariga muvofiq yozilgan; ulardagi badiiy ijod namunalari ham kichkintoylar tasavvuriga yaqin bo`lgan. Jadid adiblari va muallimlari ta`sirida ochilgan yangi usuldagi maktablar bolalarni shunchaki xat tanishga o`rgatishga emas, ijtimoiy-siyosiy savodini chiqarishda ham muhim rol o`ynagan.

Yüklə 237,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin