Jizzax davlat pedagokika instituti



Yüklə 70,87 Kb.
səhifə6/12
tarix19.06.2022
ölçüsü70,87 Kb.
#61789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Abduraxmonova Mahzuna

Adabiy til muayyan grammatik qonun va qoida me’yoriga kiritilgan til shaklidir. Tarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysunuvchi, so‘zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’i nazar barchasi uchun umumiy bo‘lgan til adabiy til sanaladi. Harflar vositasida yozma ravishda bayon qilinuvchi adabiy til yozma adabiy tildir. Masalan, gazeta-jurnallar, ish qog‘ozlari tili va boshqalar. Tovushlar vositasida og‘zaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy til shakliga og‘zaki adabiy til deyiladi.
Adabiy tilning ikki xil ko‘rinishi, ya’ni og‘zaki va yozma shakli mavjud. Og‘zaki shakl yozma shaklga nisbatan qadimiyroq bo‘lib, u umumxalq tilining: 1) qayta ishlanishi; 2) uslubiy tarmoqlanishi; 3) an’anaviy, ommaviy va odatiy qiyofa kasb etishi; 4) nutqiy va estetik ehtiyojlarga xizmat qilishi; 5) xalqchilligi; 6) nisbiy konservativligi; 7) ustdialektlilik kabi dastlabki me’yoriy asoslarga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda qabila, urug‘ va ular ittifoqining hududiy chegaralangan shevalariga xos dialektal unsurlarning og‘zaki ijod janrlari (dostonlar, ertak, qo‘shiq, topishmoq, maqollar) vositasida qayta ishlanishi muhim omil bo‘ladi. Natijada umumxalq tili doirasida mahalliy dialektlardan ustuvor bo‘lgan til shakli, ya’ni og‘zaki poetik ustdialekt vujudga keladi. U umumxalq tili tizimidagi dastlabki adabiy shakl sifatida yozuv joriy etilgunga qadar amalda bo‘lib, keyinchalik yozma tilning taraqqiyotiga asos sifatida xizmat qiladi. Yozuvning ixtiro qilinishi va yozma tilning taraqqiyoti natijasida adabiy tilning amal qilish doirasi yana ham kengaydi, uning me’yoriy asosi qat’iy qoidalar vositasida takomillashib bordi. Og‘zaki va yozma til shakllari o‘rtasidagi tafovutlarning kamayishiga qulay imkoniyatlar yaratildi. Bu jarayonni hozirgi o‘zbek adabiy tili va boshqa milliy tillar misolida ko‘rish mumkin. Zamonaviy adabiy tilning tez sur’atlar bilan rivojlanib borishi natijasida umumxalq tilida mavjud bo‘lgan dialektal (lahjalarga xos) farqlar ham kamayib, dialektlarning amal qilish doirasi esa torayib boradi.
Shevalar til tizimida dialektizmlar sifatida tadqiq qilinadi. Shevalar – hududiy tushuncha bo‘lib, muayyan bir hududda yashovchi kishilar uchun xos, adabiy tildan farqlanib turuvchi nutq ko‘rinishi hisoblanadi. Sheva va dialektizmlarni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi – dialektologiya deb ataladi. Unda lahja va shevalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo bo‘lishi va rivojida shevalarning tutgan o‘rni, milliy tilga asos bo‘lgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, shevalarning adabiy til va qardosh tillar bilan munosabati aniqlanadi.

Yüklə 70,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin