BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI Shu bilan birga xo‘jalik operatsiyalari quyidagilarga ta’sir qilishi mumkin: - faqat tashkilotning mulkiga;
- faqat uning paydo bo‘lish omillariga;
- bir vaqtning o‘zida mulk va uning omiliga.
Hamma mulklar ikki guruhga bo‘linadi:
- aylanmadan tashqari aktivlar;
- aylanmadagi aktivlar.
Buxgalteriya hisobi uslublari o‘z ichiga qator elementlarini olgan buxgalteriya hisobini o‘rganish usullaridir. Ular quyidagicha: 1-hujjatlashtirish;
2- inventarizatsiya;
3-baholash;
4- mahsulot, ish, xizmatni hisoblab chiqish (kalkulyatsiya);
5- schyotlar tizimi;
6- ikkiyoqlama yozuv;
7- balans;
8-moliyaviy hisobot;
9-offsetting (moddalarning o‘zaro sinovlari).
Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch beruvchi amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalaridir. Dastlabki hujjatlashtirish buxgalteriya hisobini korxonaning xo‘jalik faoliyatini yaxlit va uzluksiz aks ettirishini ta’minlaydi. Hisobga faqat to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar, aynan texnik standartlarda qo‘llanishi ko‘zda tutilishi belgilab qo‘yilgan
hamma rekvizitlar qabul qilinadi.
Inventarizatsiya – natura holida mavjud bo‘lgan moddiy boyliklarni, pul mablag‘lari va moliyaviy majburiyatlarni korxonadagi haqiqiy ahvolini tekshirish imkonini beruvchi buxgalteriya hisobi elementlaridan biri. Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini tasdiqlash yoki hisobga olinmagan boyliklarni, yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlar, talon-tarojliklar va kamomadlarni tasdiqlaydi.
Baholash – xo‘jalik tannarxini pul shaklida aniqlash usuli. Kalkulyatsiyalash – yagona mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan ish va xizmat, mahsulot ishlab chiqarish hamda sotish uchun sarflangan xarajatlarning jamlanma hisob-kitob obyekti tannarxini hisoblash usuli.
Schyotlar tizimi – guruhlashtirilgan obyektlarni iqtisodiy belgilari (21-sonli BHMS) bo‘yicha buxgalteriya hisobiga asoslanadi. Hisobni ikkiyoqlama yozuv bo‘yicha yuritish (17-sonli BHMS) deganda xo‘jalikni yuritayotgan subyekt buxgalteriya operatsiyalari qayd qilishini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida olib borish tushuniladi.