Jizzax filiali


Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari haqida tushuncha



Yüklə 42,48 Kb.
səhifə2/3
tarix15.04.2023
ölçüsü42,48 Kb.
#98675
1   2   3
Bugalteriya va audit Nazarat ishi

Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari haqida tushuncha

Korxonada sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish, moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan va amalga oshiriladigan operatsiyalar buxgalteriya hisobining boshlang‘ich hujjatlarida aks ettiriladi, ular keyinchalik yig‘iladi va yig‘ma qaydnomalar to‘ziladi. Ularning ma’lumotlari tegishli registrlarga yozib chiqilish tartibiga va iqtisodiy mazmuniga muvofiq guruhlanishi kerak.


Buxgalteriya hisobining registrlari deb, boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarda aks ettirilgan xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalarini iqtisodiy mazmuniga ko‘ra guruhlash hamda xo‘jalik muomalalarining tarkibi va harakatini hisobga olishda qo‘llaniladigan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi. Bu jadvallar buxgalteriya hisobida hisobvaraqlarning o‘zaro aloqasi va hisobvaraqlardagi yozuvlarning iqtisodiy mazmunini hisobga olg‘an holda ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlariga jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, kartochkalar hamda tasdiqlangan blanklar kiradi.
Yozuv turlariga ko‘ra hisob registrlarining quyidagi turlari mavjud:
Xronologik; Sistematik; Kombinatsiyalashgan.
Xronologik hisob registrlarida korxonada amalga oshirilgan yoki sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari hech qanday tizimga solinmagan holda faqatgina hujjatlarning buxgalteriyaga kelib tushish vaqtiga qarab ro‘yxatga olinadi. Xronologik hisob registri vazifasini buxgalteriya hisobining memorial-order shaklida qo‘llaniladigan "Xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish jurnali" bajaradi. Ushbu jurnalda xo‘jalik operatsiyalar sodir bo‘lish vaqtiga qarab ketma-ket yozib boriladi.
Sistematik hisob registrlari korxonada sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalarini ma’lum belgilariga qarab sistematik ravishda yozish uchun mo‘ljallangan. Sistematik hisob registrlariga "Bosh daftar", analitik hisob kartochkalari misol bo‘ladi.
Kombinatsiyalashgan hisob registrlari korxonada amalga oshiriladigan xo‘jalik operatsiyalarini ham sistematik, ham xronologik tartibda guruhlashtirishni ta’minlovchi hisob registrlaridir. Ushbu turdagi hisob registrlari buxgalteriya hisobining takomillashuvi natijasvda vujudga kelgan bo‘lib, unda xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobining hisobvaraqlarida o‘zlarining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ajratilgan holda bir vaqtda aks ettiriladi.
Hisob registrlari ulardagi ma’lumotning hajmiga qarab ikki turga bo‘linadi: sintetik hisob registrlari va analitik hisob registrlari.
Sintetik hisob registrlarida yozuvlar umumlashgan hodda pul ifodasida hech qanday tushuntirishsiz qayd etiladi. Sintetik hisob registrlarida yozuvlar olingan ayrim hujjatlarga muvofiq olib borilmaydi, bunda oldindan iqtisodiy mazmunga ko‘ra guruhlangan bir xildagi hujjatlar yig‘indisi bo‘yicha aks ettiriladi. Ushbu turdagi hisob registrlariga bosh daftar, xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish jurnali va boshqalar kiradi.
Analitik hisob registrlari xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari, xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni aks ettirib, analitik guruhlarga bo‘lib ro‘yxatga olib borish uchun mo‘ljallangan. Analitik hisob registrlarida korxonada amalga oshiriladigan xo‘jalik muomalalari sintetik hisob registrlaridagiga nisbatan detallaShtirilgan holda aks ettiriladi. Bunday turdagi hisob registrlariga "Asosiy vositalar", "Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" va boshqa hisobvaraqlar bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol bo‘ladi.
Qaydnomalar hisob registrlarining ajralmas bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Qaydnomalarda korxonada sodir bo‘lgan bir xil ma’lumotlarni anglatuvchi xo‘jalik muomalalari tizimga solinib, ma’lum bir davrga hisobvaraqlar bo‘yicha yig‘ma provodkalar beriladi. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan qaydnomalar 2 turga bo‘linadi: yig‘ma qaydnomalar va guruhlovchi qaydnomalar.
Yig‘ma qaydnomalarda ma’lum bir hisobot davri ichida ayrim buxgalteriya hujjatlarining ma’lumotlari bo‘yicha bir xildagi xo‘jalik muomalalari jamlanib boriladi. Bunday turdagi qaydnomalarga mahsulotlarni jo‘natish va sotish bo‘yicha qaydnoma hamda boshqa qaydnomalar misol bo‘la oladi.
Guruhlovchi qaydnomalarda bir xildagi ijro hujjatlarining oylik ma’lumotlari yig‘ib yoziladi. Bunga ish haqini taqsimlash qaydnomasi va boshqa qaydnomalar misol bo‘la oladi.
Korxonada buxgalteriya hisobining quyidagi qaydnomalari qo‘llaniladi:
Asosiy vositalar va hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini hisobga olish qaydnomasi;

  • Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish qaydnomasi;

  • Ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, shuningdek, ular bo‘yicha to‘langan QQSni hisobga olish qaydnomasi;

  • Pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasi;

  • Mahsulot sotilishini hisobga olish qaydnomasi;

  • Mol etqazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;

  • Mehnatga haq to‘lanishini hisobga olish qaydnomasi;

  • Shaxmatli qaydnoma.

Har bir qaydnoma foydalanilayotgan buxgalteriya hisoblaridan biri bo‘yicha muomalalarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Har bir muomala bo‘yicha summa bir vaqtning o‘zida ikkita qaydnomada aks ettiriladi:

  • Kreditlanuvchi hisobvaraqni ko‘rsatgan holda hisobvaraq debeti bo‘yicha bittasida;

  • Debetlanuvchi hisobvaraqni qayd etgan holda korrespondensiyalanuvchi hisobvaraqning krediti bo‘yicha boshqasida.


Memorial-order shakli quyidagi afzalliklarga ega:

  • hisob jarayoni qat’iy izchillikda olib boriladi;

  • hisob texnikasi sodda va tushunarli bo‘ladi;

  • registrlarning standart shakllarini qo‘llash mumkin:

  • hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o‘rtasida ularning malakalariga ko‘ra taqsimlaSh mumkin.

Memoriat-order shakli quyidagi kamchiliklarga ega:

  • hisob ishlarini yuritishda ko‘p mehnat talab etiladi;

  • analitik hisob sintetik hisobdai ajralib qoladi, hisob alohida yuritiladi;

  • turli xil registrlarida bir xil szuklar ko‘p marotaba qayd qilinadi.


Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli 1960 yil 1 yanvaridan joriy etilgan, Buxgalteriya hisobining ushbu shakli joriy etilguniga qadar memorial-order shakli amal qilgan edi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar yig‘ma va guruhlovchi qaydnomalarda (jurnal-orderlar), Shuningdek, yordamchi qaydnomalarda guruhlab boriladi. Buxgalteriyaga keltirilgan boshlang‘ich hujjatlar memorial-orderlarda aks etgirilmasdan, bevosita Shu jurnallarning o‘zida aks ettiriladi, Chunki buxgalteriya hisobining bu Shaklida qo‘llaniladigan jurnallar bir vaqgda xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiruvchi orderlar hisoblanib, memorial-orderlarni to‘zish zaruriyatini yo‘qotadi. Bu yerda memorial-orderlarning o‘rnini avvalgi hisobvaraqlarning korrespondensiyasi to‘zib qo‘yilgan mahsus hisob registrlari to‘ziladi. Bu registrlar yig‘ma va guruhlovchi qaydnomalar, ya’ni jurnal-orderlardir. Buxgalteriya hisobi bu shaklining jurnal-order deb nomlanishi ham shu registrlarning nomidan kelib chiqqan. Jurnal-orderlarda birlamchi hujjatlarning ma’lumotlarini to‘g‘ri guruhlashtirishni ta’minlash uchun hisobvaraqlar krediti bo‘yicha namunaviy korrespondensiya va oylik, choraklik hamda yillik hisobotlar uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar ro‘yxati nazarda tutilgan. Jamlama va tahliliy hisob uchun mo‘ljallangan jurnal-orderlarda, bundan tashqari, taxliliy hisobning zarur moddalari ham nazarda tutilgan.
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Jurnal-orderlarda muomalalarni ro‘yxatga olish tartibida yozuvlar faqat hisobvaraqlar krediti bo‘yicha, debetlanuvchi hisobvaraqlar bilan korrespondensiyada amalga oshiriladi;

  • Jamlama va taxliliy hisob yozuvlari yagona tizimdan joy oladi;

  • Xo‘jalik hisoblari buxgalteriya hisobida davriy va yillik hisobotlarni nazorat qilish va to‘zish uchun taqozo etiladigan ko‘rsatkichlar bo‘yicha aks ettiriladi;

  • Oldindan ko‘rsatilgan hisobvaraqlar korrespondensiyasi, taxliliy hisob moddalari nomenklaturasi, davriy va yillik hisobotlarni to‘zish uchun taqozo etiladigan ko‘rsatkichlar bilan birgalikda registrlardan foydalaniladi;

  • Oylik jurnal-orderlar qo‘llaniladi.

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hisob registrlari shunday tartibda tuzilishi lozimki, bunda buxgalteriya hisobotini to‘zish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘gridan-to‘g‘ri shu registrlariing o‘zidan olish mumkin bo‘lsin. Buxgalgsriya hisobotining hamma turlarini va jadvallarini shu hisob registrlarining ma’lumotlari asosida qo‘shimcha ish-lar bajarmasdan bevosita to‘zish mumkin.
Tahliliy hisob moddalaridagi ma’lumotlarni bevosita buxgalteriya hisoboti jadvallariga o‘tkazish mumkin. Demak, buxgalteriya hisobi jurnal-order Shaklining xususiyatlaridan biri buxgalteriya hisobining bu shaklidagi hisob registrlarining buxgalteriya hisoboti to‘zishga moslashganligidir.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hujjatlarning aylanishi tezlashadi, memorial-order va ro‘yxatga olish jurnallari to‘zilmaydi, jamlama va taxliliy hisob qo‘shilib ketadi va hisobotni qo‘shimcha ishlar bajarmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob registrlaridan to‘zish mumkin va hokazo. Bularning barchasi hisob rsgistrlaridagi yozuvlarning takrorlanishini yo‘qotadi va ish usulining quyidagi holda bo‘lishini ta’minlaydi: hujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik muomalalarini aks ettirish, hujjatlardan xisob registrlariga ma’lumotlarni yozib olish va hisobot uchun hisob registrlarining‘ ma’lumotlarini jamlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida vaqtning tejalishi, xato yozuvlarning birmuncha kamayishi va ob’ektlar haqidagi ma’lumotlarning birmuncha ko‘rgazmali bo‘lishi ta’minlanadi



  1. Yüklə 42,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin