Jizzax filiali


Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi



Yüklə 119,82 Kb.
səhifə5/7
tarix22.04.2023
ölçüsü119,82 Kb.
#101622
1   2   3   4   5   6   7
1 topshiriq (1)institutsionali

6. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi
Boshqacha aytganda, norasmiy institutlar – bu shartlilik, o`zini o`zi qo`llab-quvvatlovchi, uchinchi tomon (davlat)ning aralashuvisiz, o`z o`zidanbajariladigan qoidalardir. Ta’kidlash lozimki, “evolyutsiya” atamasidan foydalanilsa-da, tabiiy tanlash nazariyasi izchil institutsional o`zgarishlarga nisbatan hamma vaqt ham qo`llanilmaydi. Chunki eng “yaxshi” institut hamma
vaqt ham yashovchan bo`lmaydi. Ikkinchi tomondan, institutlarning bir holatdan ikkinchi holatga doimiy ravishda o`tishi hamma vaqt ham tashqi omillar ta’siri ostida kechmaydi. Ba’zi bir institutlar normativ tarzda mustahkamlanib norasmiy turdan rasmiy institutlarga aylanadi, boshqalari esa, rasmiy institutlar sifatidagi avvalgi ahamiyatini yo`qotib va huquqiy tizimdan chiqarilgan holda norasmiy
ko`rinishga ega bo`lishi mumkin. Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, ko`p holatlarda norasmiy normalar
jamiyatda “tartibni” ta’minlashda rasmiy qoidalarga qaraganda g`oyat katta rol o`ynaydi. Bunga qator omillar xizmat qiladi:
1. Har qanday jamiyatda faoliyatning alohida sohalari rasmiy qoidalar mavjud bo`lmaganda faqat norasmiy normalar bilan tartibga solinadigan vaziyatni kuzatish mumkin. Xo`jalik yuritishning jamoa shakli paydo bo`lishi davrida urug`doshlik va ular a’zolari o`rtasidagi munosabatlar yoki mafiya (kriminal) guruhlar o`rtasidagi munosabatlar, O`zbekistonda mahallada yashovchi aholi
orasida keng tarqalgan odatlar va qoidalar bunga misol bo`lib xizmat qiladi. Qoidalarga zarurat hamma vaqt, bittadan ko`p sub’ekt mavjud bo`lib, ular o`rtasida qandaydir munosabatlar yuzaga kelgan taqdirda, tug`iladi. Bunda sub’ektlarning turli guruhlaridagi qoidalar bir xil bo`lishi ham, bir-biridan yaqqol farq qilishi ham mumkin. Alohida oila yoki alohida jamoa doirasidagi munosabatlar ana shunday qoidalarga eng oddiy misol bo`lib xizmat qiladi. Oila doirasidagi munosabatlar norasmiyligicha qoladi, jamoaning qarindoshlar bo`lmagan a’zolari o`rtasidagi munosabatlar esa, aksariyat hollarda shartnoma yoki boshqa hujjat ko`rinishida (fuqarolik kodeksida davlat doirasida) rasmiy tarzda
mustahkamlandi.
2. Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga qaraganda ancha oldin
paydo bo`lib, ko`p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan mustahkamlangan normalar
uchun asos bo`lib xizmat qildi. Norasmiy normalarning rasmiy qoidalar sifatida
mustahkamlanishiga istalgan mamlakatning tarixida ko`plab misollarni uchratish
mumkin.

Yüklə 119,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin