Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurulish fakulteti


Turli mamlakatlardagi mavjud kliring tizimi



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə2/8
tarix09.03.2023
ölçüsü179,5 Kb.
#87049
1   2   3   4   5   6   7   8
ERGASHEV SHERTOY 1-2 mavzular

2. Turli mamlakatlardagi mavjud kliring tizimi
AKSH banklari tulov xabarlarini uzatish uchun kuyidagi asosiy kommunikatsiya tarmogidan foydalanadi:
FEDWARE - AKSH federal zaxira tizimining kommunikatsiya tizimi;
BANKWARE - xususiy banklar va tijorat korxonalari extiyojiga xizmat kiluvchi kommunikatsiya tizimi;
CHIRS - xisob-kitob palatalari uchun banklararo tulov tizimi;
Evropa banklarida kuyidagi tizimlar keng kullaniladi:
CHARS - Buyuk Britaniya banklararo kliring xisob-kitoblari tizimi. U uz ichiga 200ta bank va bir necha xisob-kitob markazlarini oladi;
BACS - kliring tizimi, Buyuk Britaniyaning yirik va mayda korxonalariga tijorat usulida nakd pulsiz aylanma kilishiga xizmat kiladi.
SIT - Fransiya markaziy banki kumagida 15-ta yirik banklar asosida tashkil etilgan tizim.
Loyixa maksadi - banklar, savdo va sanoat firmalarini yagona xisob majmuasiga birlashtirish. Bu majmua mablag utkazish va banklararo uzaro xisob-kitobni tezkor usulda amalga oshiradi.
Banklararo ma’lumotlarning xalkaro tarmogi
Xalkaro banklar tarmogi doimiy usib bormokda. Ma’lumotlar va telekommunikatsiya xizmatiga nisbatan ortib borayotgan talabni kondirish uchun xalkaro tarmok tashkil etilmokda. U tulovlarni utkazish, aktivlarni boshkarish va ma’lumotlar bilan ta’minlash buyicha xamma tomondan xizmat kursatadi. Ular ichida HEBS (Hexagon Electronic Banking System) kabi mashxur tarmoklar mavjud. Lekin dunyoda eng yirik moliyaviy xabarlar tarmogi SWIFT xisoblanadi. Bu tizimga kushilgan xar kanday bank uzini jaxon moliya uyushmasining tulik a’zosi deb xisoblashi mumkin.
70-yillar boshida xarbiy mamlakatlardagi yirik moliyaviy muassasalar tezda usib ketgan xalkaro tulov xabarlarini kayta ishlashni avtomatlashtira boshladi. Tijorat telekommunikatsiya tarmoklari soni kupaydi. Ularning xar biri uz shaxsiy formatlari, aloka vositalaridan, ma’lumotlarni kayta ishlash tartibidan, kirishdan ximoyalash usullaridan foydalandi.
1973 yil Evropa va Amerikaning 250 ta yirik banklari Xalkaro Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiya - SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications)ga asos soldilar. Jamiyatning vazifasi - yagona bank xabarlari tizimini yulga solish va kullab-kuvvatlash edi. U ishtirokchilarga sutka davomida dunyoning xar kanday nuktasidagi moliyaviy ma’lumotlarga standart shaklda kirish imkonini beradi. SWIFT Xalkaro tarmogi 1977 yildan boshlab faoliyat kursata boshladi. Ma’lumotlar tarmok buyicha standartga muvofik strukturalashtirilgan ma’lumotlar kurinishida uzatiladi.
Bank xabarlari standartlarini yaratish va kayta ishlashda SWIFT tizimi firma - mutaxassislarigina emas, shuningdek, Standartlar buyicha Xalkaro Kumita, Xalkaro Savdo palatasi (ICC) xam ishtirok etadi. Natijada banklarning moliyaviy va tijorat operatsiyalari xakidagi namunaviy xabarlar standartlari ishlab chikildi. Ularning ayrimlari xalkaro mikyosda tan olindi. Misol sifatida banklarning identifikatsiya kodlari - BIC kodlarini keltirish mumkin.
SWIFT tarmogi standartlarida uzatiladigan ma’lumotlarning kategoriyasi, gurux va tillari anik belgilangan. Xabarlarni uzatishdan tashkari tizim IFT (Interbank File Transfer) xizmati darajasida banklararo fayllar bilan almashishni kullab-kuvvatlaydi. Standartlarni jaxon banklari amaliyotiga kiritish SWIFT-ning eng asosiy yutuklaridan biri. Bu narsa moliyaviy muassasalarga xujjatlar bilan almashish va nizo xamda xatolardan kochish imkonini beradi. Xozirda tarmok asosini uchta kommunikatsiya stansiyalari tashkil etadi. Ular Amsterdamda (Gollandiya), Bryusselda (Belgiya), Kalpepereda (AKSH) joylashgan. Bundan tashkari, uz mamlakatlaridagi mijozlarga xizmat kursatuvchi regional stansiyalar mavjud. Zamonaviy texnologiya va talabalar SWIFT tarmogini zamonaviylashni muvofiklashtiradi. Natijada arxitekturasi turtta darajadan iborat yangi - SWIFT-II yaratildi:

  • Abonentning kirish nuktasi xisoblanmish foydalanuvchining terminallari (SWIFT Based Terminal - SBT);

  • mintakaviy protsessor (Regional Processor - RP). Uning vazifasi xabarlarni uzatish, protokollarni boshkarish, keluvchi xabarlar tugriligini tekshirish, abonentlarga ularning ma’lumotlarini kabul kilganlik xakidagi tasdikni uzatishdan iborat. RD esa ularga berilgan kodlar buyicha taniydi;

  • marshrutlovchi (guruxli) protsessor (Slice Processor - SP) xabarlarni marshrutlashni boshkaradi, barcha ma’lumotlar va xabarlarni uzatish xakidagi xotirani saklaydi, tizimli xabarlarni ishlab chikadi, tizimga asoslangan arxivni olib boradi va ular elektron nusxasining maxsus ma’lumotlar bazasida saklanishini boshkaradi;

  • tizimni boshkarish protsessori, fakat barcha tizimni boshkarish va nazorat kilish vazifasini bajaradi. Tizimda asosiy kompleksda barcha operatsiyalarni takrorlash uchun zaxira protsessori muljallangan.

SWIFT ma’lumotlarni yukori darajada ximoyalashni ta’minlaydi. SWIFTning asosiy talabi terminallarni ulash tartibidir. Tizim xar bir foydalanuvchi uchun individual yashirin kod bilan kayd etish orkali tizimli xabarlar nazoratini tashkil etish asosida xar bir ulangan terminalni aniklashi (tanishi) kerak. Bu xabar maxsus kurilma yordamida shifrlanadi. Kurilmada modul bulib, u tasodifiy sonlar generatoridan foydalangan xolda shifrlovchi kalitni xosil kiladi.


Foydalanuvchiga keyingi kayd kilish uchun yangi kod beriladi. Bu - kalitlar almashish tartibi deb yuritiladi. Terminal aniklanganligi tasdiklangandan sung u tarmokda kayd etiladi. Barcha kodlar va kalitlar SWIFT terminaliga mikroprotsessorlar kartasi (MK) yordamida kiritiladi. MKni xavfsizlik tizimi (User Security Enhancement - USE) ishlab chikadi. Terminalni tarmokka ulash tartiblaridan birortasi buzilgan takdirda, (shovkin, liniya uzilishi aniklansa, uzatishda xato aniklansa yoki xabar formati tizimiga kiritish tartibi notugri bulsa va xokazo) terminal avtomatik ravishda uchadi, maxsus faylda bu xol kayd etiladi. SHu orkali past sifatli liniya aniklanadi.
Foydalanuvchining imtiyozini farklash vositasi axborot xavfsizligini ta’minlash buyicha kushimcha chora xisoblanadi. Bundan tashkari, tizimda tez-tez tuxtab kolishdan ximoyalash uchun axborotlarni zaxira nusxalab kuyish xisobga olingan. SWIFT tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus dasturiy-apparatli interfeys mavjud. Bugungi kunda SWIFT tarmogi uchun terminal komplekslarni taklif etuvchi 100 dan ortik firma mavjud. SWIFT terminal komplekslari uchun platforma ishlab chikaruvchilari urtasida Digital Equipment (VAX va Alpha tizimi), IBM (PS/2, S370, RS/6000), Hewlett Pacard (Apollo 9000), Sun Microsystems (SPARC oilasiga mansub protsessorli kompyuterlar) kabi kompaniyalar mavjud. Bugungi kunda SWIFT terminal komplekslar bozorida Digital va IBM nisbatan mashxur sanaladi.
Bugungi kunda SWIFT tizimi bank operatsiyalari, valyuta va pul bozori, kimmatbaxo kogozlar savdosi, savdo operatsiyalariga xizmat kursatish, xalkaro tulovlarni amalga oshirish kabi muxim moliyaviy faoliyat soxalarida ma’lumotlar bilan tezkor almashuvni ta’minlaydi. Vosita va xizmat xaki yukori bulishiga karamasdan SWIFT tarmogi abonentlari soni kupayib bormokda. Bu xol SWIFT jamiyatiga kelgusida moliya faoliyatining boshka soxalarini kamrab olgan xolda tarmokni yanada kengaytirish imkonini beradi.
3. Kimmatbaxo kogozlar bilan operatsiyalar

Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin