KIRISH
Ushbu dastur buyicha «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish»
fanini o‘rganish Oliy ukuv yurtlarining 5340400 «Muhandislik kommunikatsiyalari
qurilishi va montaji» mutaxassisliklari buyicha tayyorlanayotgan bakalavrlarda
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishdan foydalanish asoslari,
usullari texnologiyasi, ularni joy sharoitiga mos holda qo‘llanilishi, har bir usulning
ijobiy va salbiy tomonlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi sharoitida
qo‘llaniladigan usullar va ularni hududiy muammolar echimlari haqida bilimlar
uchun zarurdir.
Dasturda fanning maqsadi, vazifalari, talabalarning bilim va ko‘nikmalariga
qo‘yiladigan talablar kursatilgan hamda ma’ruza, amaliy, mustaqil ta’lim mavzulari
berilgan.
Bakalavriat talabalari yukorida keltirilgan tasavvur, bilish va kunikmalarga
erishishi uchun nazariy, amaliy va mustakil ishlarni bajarishi dasturda kuzda tutilgan.
O‘QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish” fanini o‘rganishdan
maqsad talabalarda isitish, shamollatish va havoni konditsiyalash tizimlaridan
foydalanilganda qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanishning usullari
bilan tanishtirish va hozirgi kunda rivojlanib borayotgan energiya olishning alternativ
usullari xaqida bilim berishdir.
Bakalavr o‘lchash ishlari soxasida bilimga; isitish, shamollatish va havoni
konditsiyalash tizimlaridan foydalanilganda bu tizim uchun sarf bo‘layotgan
energiyani tejashning samarador usullarni qo‘llashga o‘rgatishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: