prezentatsiya (taqdimot), multimedia va elektron -didaktik texnologiyalardan
foydalaniladi. Amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, klaster, blits-so‘rov, guruh bilan
ishlash, insert, taqdimot, keys-stadi kabi usul va texnikalaridan keng foydalaniladi.
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish” fanidan talabalar
bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish” fani bo‘yicha
reyting
jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball,
shuningdek, joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan
bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat
ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun
quyidagi nazorat turlari
o‘tkaziladi:
•
joriy nazorat (JN)
- talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy
ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan
kelib chiqqan holda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki so‘rov, test
o‘tkazish, suhbat,
nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini
tekshirish va shu kabi
boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;
•
oraliq nazorat (ON)
- semestr davomida o‘quv dasturining tegishli
(fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi
tugallangandan keyin
talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va
hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda
belgilanadi;
Dostları ilə paylaş: