JN va oraliq
ON turlari bo‘yicha 55ball va undan yuqori balni to‘plagan
talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga
kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.
ON va
YAN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan
tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi.
YAN semestrning oxirgi 2
haftasi mobaynida o‘tkaziladi.
JN va
ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga
ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu
nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha
bo‘lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda
JN va
ON turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat
turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr davomida joriy, oraliq
va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa,
u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari
e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan
murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra
rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) nafardan kam bo‘lmagan tarkibda appelyasiya
komissiyasi tashkil etiladi.
Appelyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning
o‘zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi
hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv-uslubiy boshqarma
hamda monitoring va ichki nazorat bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.