Jizzax – 2018 y
1-amaliy mashg‘ulot. Issiqlik energiyasini va energo resurslarni
tejash yo‘llari.
Reja:
1.
Issiqlik energiyasini va energo resurslarni tejash yo‘llari.
2.
Muqobil energota’minot qurilish usullari
Er yuzasi paydo bo‘lgandan boshlab, inson quyosh nurlaridan foydalangan.
Arxeologik ma’lumotlardan ma’lumki, yashash uchun insonlar tinch, sovuq
shamollardan asraydigan, quyosh nuri tushadigan joylarni tanlashgan. Quyosh haqida
afsonalar to‘qilgan, uni xudolashtirishgan. Qadimgi Misrda Ra – quyosh xudosi
hisoblangan. Birinchi mashhur geliosistema deb bizning eramizgacha XV asrga
mansub Amenxotepa III haykalini atash mumkin. Haykal ichki tomonidagi havo va
suv kameralari quyosh nuri ta’sirida berkitilgan musiqali asbobni harakatga keltirgan.
Qadimgi Gretsiyada Geliosga sig‘inishgan. Bu xudo ismi hozirgi kunda quyosh
energetikasi bilan bog‘liq ko‘pgina atamalarga asos qilib olingan.
Qadimgi
slavyanlarda Dojdbog – quyosh, issiqlik va yorug‘lik manbai ilohiylashtirilgan.
Qadimda shunday sirli inshootlar bo‘lganki, hozirgi kunda ulardan geliokollektorlar
sifatida foydalanilgan deb taxmin qilishimiz mumkin.
O‘rta Osiyo xususan O‘zbekiston qurilish me’morchiligi ibtidosi bizning
eramizgacha III asrga borib taqaladi. IX-X asrlarda qurilgan va bizning davrgacha
saqlanib qolingan ko‘pgina binolar va inshootlar haqli ravishda qurilish sa’nati
cho‘qqisi bo‘lib hisoblanadi, XVI-XVII asrda Samarqand, Buxoro, Xorazm,
Toshkent va boshqa shaharlarda bunyod etilgan bino va inshootlar yuksak me’moriy-
qurilish maktabidan dalolat beradi, bu bino va inshootlarda shakl va fazoviy tarkib
uygunligi, tabiiy-iqlim va shaxarsozlik sharoitlari hisobga
olingan ichki va tashqi
muhit yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan ratsional foydalanish haqida”gi
qonuni ijrosi energetik resurslarni asrash va ulardan ratsional foydalanish, atrof
muhitni himoya qilish samaradorligini oshirish, inson salomatligini asrash hamda
alternativ quvvat manbalaridan keng foydalanish masalalarini belgilash imkonini
beradi. MCHJ “Qurilish- Gemoservis” maxsus yirik korxonaning tashkil qilinishi
quyosh sistemalarini O‘zbekiston hududida qo‘llashning keng dasturini ishlab chiqish
imkonini berdi.
Ma’lumki, yoqilg‘ini
energiyaga aylantirishda, ko‘p yoki kam darajada
atmosferaga zararli chiqindilar chiqib, atrof-muhitni zararlaydi. Erlardan intensiv
foydalanish, xom–ashyo qazib olish, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli erlar sonini
qisqartirish, inson yashashi uchun tabiiy muhitini kamaytiradi. Ma’lumki, qazib
olish,
ishlab chiqarish, tashish, saqlash hamda energetika resurslarini iste’mol
qilishda boshlang‘ich darajadagi energiyaning 90% yo‘qotiladi. Bu, birinchi navbatda
iste’molchiga etib borgunga qadar xom-ashyoni ko‘pgina texnologik jarayonlardan
o‘tishi hamda an’anaviy energiya ta’minoti qimmatlashishiga olib keladi. SHuning
uchun arxitektorlar va quruvchilar XXI asr me’moriy loyihalashni rivojlantirish
konsepsiyalarini ishlab chiqishda, shahar tarkibi va alohida binolarni ishchi
loyihalarda tabiiy resurslarni asrash va iloji boricha yangi hosil bo‘lgan energiya
manbaalari va birinchi navbatda quyosh energiyasidan
samarali foydalanishni
hisobga oluvchi loyihaviy echimlarni kengroq qo‘llashlari talab qilinadi.
YAngi hosil bo‘ladigan manbaalarga quyosh energiyasi, shamol energiyasi,
(daryolar) gidroenergiya, oqimlar, to‘lqinlar, erning chuqur qatlamlari energiyasi.
Mamlakatning issiqlik balansida energiyaning yangi hosil bo‘lmaydigan manbaalari
90% ni, shundan 30% i neft, 40% i gaz, toshko‘mir 20%ni tashkil qiladi. Butun
organik yoqilg‘i (neft, gaz, toshko‘mir va h.k.) bu quyosh energiyasining turli
bosqichlaridan o‘tib, qayta shakllanib million yillardan
keyin bizgacha etib kelgan
ko‘rinishi bo‘lib, ularning tugashi va qimmatlashishi xavfi bor.
Quyosh erga yuborayotgan nur oqimining quvvati haqiqatdan ulkandir, erga
tushadigan 100% quvvatning (o‘rta hisobda 340 Vt 1kv.m.ga to‘g‘ri keladi) 47% i er
yuziga tushadi (160 VT), quvvatning qolgan qismi dunyo fazosiga tarqaladi va
planeta issiqliqlik balansini ta’minlaydi.
Er yuzasining 1 kv.m.ga to‘g‘ri keladigan quyosh energiyasi 160 Vt/m
2
ni tashkil
qiladi, lekin turli geografik kengliklar uchun bu ko‘rsatkichlar turlichadir, namlik,
bulutli havo, atmosferaning changlanganligi, er sathining balandligi, yil fasllari,
sutkalik harorat va boshqalarga bog‘liq.
Hozirgi dolzarb masala er yuziga tushadigan quyosh
energiyasining qancha
qismi inson ehtiyojlari uchun sarflanishidadir. Inson tomonidan foydalaniladigan
quyosh energiyasi yo‘q bo‘lmaydi, balki shakli o‘zgaradi (ma’lum yuza bilan
to‘qnashishgan boshqa tana orqali atrof muhitga chiqib ketadi), konveksiya orqali (bu
yuza atrofida havo aylanishi hisobiga) va nurlanish orqali (har bir qizigan yuza
issiqlik tarqatadi). SHu uchta holning har biri yuza harorati hamda yuza va atrof
muhit haroratlari farqiga bog‘liq, bunda iqlimni o‘zgarishlari hisobga olinadi.
Energiyaning an’anaviy va noan’anaviy manbaalari. Ilm-texnika rivojlanishinig
mavjud darajasida energiya ist’emol qilinishi organik yoqilg‘i (ko‘mir, neft, gaz)dagi
foydalanish hisobiga to‘ldirilishi mumkin. Ko‘pgina tadqiqotlar natijalari shuni
ko‘rsatadiki, 2020 yilga organik yoqilg‘i dunyo bo‘yicha energetikaga bo‘lgan talabni
qismangina qondiradi. Energiyaga bo‘lgan talabning qolgan qismi noan’anaviy va
yangi hosil bo‘luvchi boshqa energiya manbaalari hisobiga qondiriladi. YAngi hosil
bo‘luvchi boshqa energiya manbaalari – bu doimiy mavjud yoki atrof-muhitda davriy
ravishda paydo bo‘luvchi energiya oqimlaridir. YAngi hosil bo‘luvchi quvvat insonni
yo‘naltirilgan faoliyati mahsuli emasligi- uning farqli jihatidir.
YAngi hosil bo‘lmaydigan energiya manbaalari – bu modda va materiallarning
tabiiy zahirasi bo‘lib, energiya ishlab chiqarish uchun inson
tomonidan ishlatilishi
mumkin. Bunday quvvat manbaalariga yadro yoqilg‘isi, ko‘mir, neft, gaz misol bo‘la
oladi. YAngi hosil bo‘ladigan manbaalardan farqli ravishda yangi hosil bo‘lmaydigan
quvvat manbaalari tabiatda bir-biriga bog‘liq holatda joylashadi va inson aralashuvi
natijasida ajratib olinadi.
BMT bosh assambeyasi №33/148 son rezolyusiyasiga muvofiq noan’anaviy va
yangi hosil bo‘luvchi energiya manbaalariga quyidagilar kiradi: quyosh, shamol,
geotermal, dengiz to‘lqinlari, okean va dengizlar sohillaridagi to‘lqinlardan hosil
bo‘luvchi energiya biomassa, yog‘och, yog‘och-ko‘mir, torf, slanetslar, bitumsimon
qumliklar, katta va kichik suv oqimlari gidroenergiyasi.
Dostları ilə paylaş: