Hududlarda ana shunday geodezik o'lchov va tenglashtirish ishlarini olib borish maqsadida 2018-yili Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tumanlar markazlariga ilk bor 50 ta doimiy ishlovchi global navigatsion sun'iy yo'ldosh tizimlari — GNSS stantsiyalari o'rnatildi. Mazkur stantsiyaning har biri sun'iy yo'ldosh ma'lumotlarini qabul qilib olib, 30—40 kilometr masofagacha tarqatadi.

Tizimning ishlash printsipi yuqori orbital navigatsion sun'iy yo'ldoshlar guruhi ma'lumotlari asosida RTK (real vaqt kinematikasi) texnologiyasidan foydalanib ob'ekt joylashgan o'rnini aniqlashga asoslangan. Ya'ni, GNSSlar real vaqt rejimida geodezik, topografik ishlarni aniq bajarish imkonini beradi. Stansiyalar orqali olingan sun'iy yo'ldosh ma'lumotlaridan iqtisodiyot tarmoqlari, yer kadastri, transport, logistika, qishloq xo'jaligi sohalarida, barcha loyiha-qidiruv, qurilish ishlarida nuqtalar koordinatalarini aniqlash, topografik syomka ishlarini bajarishda foydalaniladi.

Mamlaktimiz sharoitida GNSS stansiyalarining geodezik ishlab chiqarishga jalb qilinishi natijasida nuqta koordinatalarini qisqa muddatda yuqori aniqlikda topish imkoniyati paydo bo'ldi. Koordinatalar aniqligi iqtisodiyotning barcha sohalarida zarur. Masalan, davlat koordinatalar tarmog'ining boshlang'ich nuqtasi Pulkovo observatoriyasidan olingan. Nuqtalarning absolyut balandligi — Boltiq balandliklar sistemasida aniqlanadi. Sababi balandlik nuqtalar boshi — nol nuqta o'sha erdan olingan. Agar aniqlik to'g'ri belgilanmasa, yo'l past-balandlikdan iborat bo'ladi.