Jizzax politexnika instituti


Tаnnаrх struкturаsi, ungа tа’sir etuvchi оmillаr



Yüklə 477,2 Kb.
səhifə52/92
tarix19.03.2022
ölçüsü477,2 Kb.
#53984
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Jizzax politexnikaаа

3. Tаnnаrх struкturаsi, ungа tа’sir etuvchi оmillаr

Mahsulot tannarxini rejalashtirish uchun quyidagi ko’rsatkichlarni aniqlash zarur:



    • natural va qiymat ko’rsatkichlarida ishlab chiqarilgan mahsulot soni, manbalar narxi va normasi, tariflar, soliq stavkasi, amartizatsion ajratmalar normasi, sug’urta normasi, ishlab chiqarishni qayta jihozlash to’g’risida ma’lumot.

Tannarxni rejalashtirish mahsulotni reja asosida kalkulyatsiyasiga bog’liq va quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash ko’zda tutiladi: yalpi, tovar va realizatsiya qilingan mahsulot tannarxini aniqlash va mahsulot turiga qarab tannarxini hisoblash.

Mahsulot tannarxi darajasiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlar quyidagi to’rtta guruhga bo’linadi:



  1. ishlab chiqarishning texnik darajasiga bog’liq faktorlar;

  2. ishlab chiqarish, mehnat va boshqarish darajasiga bog’liq faktorlar;

  3. mahsulot hajmi va nomenklaturasini o’zgartirishga bog’liq faktorlar;

  4. xalq xo’jaligidagi va boshqa o’zgarishlarga bog’liq faktorlar.

1- guruh faktorlar mahsulot tannarxi kamayishiga fan va texnik progressini ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni yangi texnikani o’rnatish, zamonaviy texnologiya va resurslarni tejaydigan uskunalarni qo’llash, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, mahsulotning konstruktiv va texnik ko’rsatkichlarini mukammallashtirish, xomashyolar, materiallar, yoqilg’i va energiyalarning yangi samarali turlarini qo’llash, mehnat unumdorligini oshirish, materiallar sarf qilish normasini kamaytirish zarur.

2– guruh faktorlar mahsulot tannarxining pasayishiga quyidagi omillar orqali ta’sir qiladi: mehnat va ishlab chiqarishni tashkiliy qismini takomillashtirish, ish vaqtidan samarali foydalanish, mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish vaqtini qisqartirish, korxonani boshqarishni takomillashtirish asosida boshqaruv xarajatlarini kamaytirish. Bu guruh faktorlari tahlil qilinganda ishlab chiqarish asosiy fondlaridan samarali foydalanish asosida amartizatsion xarajatlar kamayishi kutiladi.

3- guruh faktorlar masulot tannarxiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va assortimenti ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni korxonada bor ishlab chiqarish maydoni va uskunalarda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi oshgan taqdirda mahsulot tannarxi kamayishiga asos bo’ladi.

4- guruh faktorlar mahsulot tannarxiga quyidagi omillar orqali ta’sir ko’rsatadi: narxlar, tarif stavkalari, transport ta’riflari, soliq stavkalari, inflyatsiya darajasi, bank kreditlariga stavka foizi va ularning o’zgarishi.

Korxonada mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida kompleks programma ishlab chiqish zarur, bunda tannarxga ta’sir etadigan barcha faktorlarni tahlil qilish va ular tannarxi kamayishini rejalashtirishda quyidagilarni o’z ichiga oladi:


    • xomashyo, material va energetika manbalaridan ratsional ravishda foydalanish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish;

    • asosiy ishlab chiqarish fondlaridan ratsional ravishda foydalanish tadbirlari;

    • mehnat resurslaridan samarali foydalanish tadbirlari;

    • ishlab chiqarish, mehnat va boshqarishni takomillashtirish bo’yicha tadbirlarni joriy etish.

Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlarni tatbiq etish mahsulot tannarxining kamayishiga va korxona moliyaviy ahvolini yaxshilashga asos bo’ladi.


Yüklə 477,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin