Jizzax politexnika instituti


Korxona xodimlarining malakaviy guruhlanishi



Yüklə 477,2 Kb.
səhifə90/92
tarix19.03.2022
ölçüsü477,2 Kb.
#53984
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Jizzax politexnikaаа

5. Korxona xodimlarining malakaviy guruhlanishi

O’zbekistondagi tashkilot va korxonalarning barcha xodimlari kuyidagi malaka belgilariga karab bo’linadi:

- ishlab chikarish jarayonida bajariladigan vazifalarga kura kategoriyalar bo’yicha ishchilar (asosiy va yordamchi), muxandis-texnik xodimlar (MTX), xizmatchilar, kichik xizmat ko’rsatuvchi xodim (KXP), shogirdlar";

- xakikiy faoliyat xarakteriga (mashgulotlar turiga) karab. Bu o’rinda xodimni muxandis-texnik xodimlar (MTX) toifasiga kiritish uchun asos bo’lib uning ma’lumoti emas, balki egallab turgan lavozimi xizmat kiladi. Ma’lumotlarni tasniflashga asos kilib kasbiy va tarmok belgilarining birga ko’shilishi olinadi;

- ishchilarning texnologiya jarayonida ishtirok etish tamoyili bo’yicha. Ishchilar maxsulot ishlab chikarish bo’yicha asosiy va yordamchi ishchilarga bo’linadi, MTX - raxbarlarga, mutaxassislarga va texnik ijrochilarga bo’linadi;

- ish muddati bo’yicha: doimiy, mavsumiy va muvakkat (vaktincha) xodimlar.

Moddiy ishlab chikarish soxasining barcha xodimlari ikki guruxga bo’linadi: a) asosiy faoliyatda band bo’lgan xodim. Sanoatda bu xodimlar sanoat ishlab chikarish xodimini tashkil etadi; b) asosiy bo’lmagan faoliyatda ish bilan band yoki boshka xodim. Bu kategoriyaga korxona tarkibiga kiradigan nosanoat tashkilotlari xodimi kiradi.

Ma’muriy-xukukiy tamoyili xodimlarni egallab turgan lavozimiga karab farklashni nazarda tutadi: zavod direktori, stex boshligi, bosh rejachi, bosh buxgalter va xokazolar

Funkstional tamoyili boshqaruv xodimlarini kasblar (mutaxassisliklar) buyicha guruxlarga bo’lishni nazarda tutadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona xodimi deyilganda, fakat yollanib ishlayotganlarnigina emas, balki samarali xo’jalik faoliyatini ta’minlovchi mulkdorlarni xam tushunmok lozim.

Zamonaviy korxonaning tuzilishi kuyidagichadir:

1. Korxona xodimlari.

2. Boshqaruvchilar (menejerlar).

3. Akstiyadorlar.

4. Direktorlar kengashi. U firmaning faoliyati uchun va firma strategiyasi darajasida boshqaruvga oid karorlar kabul kilinishi uchun to’lik javobgar bo’ladi(15-20 kishi).

5. Firmaning faoliyat ko’rsatishidan manfaatdor bo’lgan guruxlar yoki tomonlar.

Xalkaro Mehnat Tashkilotining (XMT) Ma’muriy kengashi kabul kilgan ta’rifga muvofik "tajribali mutaxassislar" (professional wozkezs) kategoriyasiga kuyidagilar kiradi:

- yukori darajadagi ma’lumot yoki kasb tayyorgarligiga yoxud ilmiy, texnik va ma’muriy soxalarda e’tirof kilingan ekvivalent tajribaga ega bo’lgan kishilar;

- yollanish asosida yukori darajada akliy faoliyat, tashabbus ko’rsatishni, mas’uliyat talab kiladigan vazifalarni bajaradigan kishilar.

Bu ta’rif korxona yoki tashkilotning bir kismini boshqaradigan va u erda xodim bo’lib ishlaydigan kishilarga xam taalluklidir.

"Mersedes-Benst" va "Folksvagen" korporastiyalarida mutaxassislar soni keyingi vaktlarda 20-25% kamaytirilgan.

Bu sirtdan karaganda, xamma joyda mutaxassislar soni ortib borishi tendenstiyasiga zid keladi; xakikatda esa, u sanoati rivojlangan mamlakatlarga va o’rta bo’gin xodimlariga taalluklidir.

Ro’y berayotgan o’zgarishlarning yo’nalishi rejalashtirish, boshqarish va nazorat kilish vazifalarini bevosita maxsulot ishlab chikaruvchilarning o’zlariga topshirishga karatilgan.

"Rakobat kurashining ortishi bilan yakin vaktlarda birorta xam korxona 10-15% dan ortik o’rta bo’gin mutaxassislarini saklab turolmaydi. Bu mutaxassislar ancha katta ish xaki oladi va ishlab chikarishda bevosita ishtirok etmaydi", - deyiladi yollanma mehnat kishilari, texnik xodimlar va mutaxassislar Xalkaro Federastiyasidagi ma’ruzada. Bundan shunday xulosa kelib chikadiki, yakin vaktlar ichida bevosita ishlab chikaruvchilar va yukori daraja boshqaruvchilari umuman o’rta bo’gin mutaxassislarisiz kun kechirishlari mumkin.Bunday sharoitda mazkur kategoriyadagi mutaxassislar fakat bilim va tajribalaridan ajralib kolmasdan, shu bilan birga firmaning rakobatbardoshligi bilan unda xamkorlik kilish ruxini saklab kolish zarurligi o’rtasida sezilarli ixtilof kelib chikadi.

Mutaxassislar bilan korxonalar o’rtasidagi ajralishga barxam berish uchun shartlashib olish zarur, toki mutaxassislar javobgarligini va korxonaning vazifalarini anik belgilab ko’yish lozim bulsin.

Davlat xizmatchilari bilan xususiy sektor xodimlari o’rtasidagi muxim fark mazkur faoliyat soxalaridagi vazifalarni bajarish xarakteridadir. Davlat xizmatchilari tomonidan bajariladigan vazifalar ulardan xolislikni, tadbirkorlikni, vazminlikni, talabchanlik va sezgirlikni talab kiladi. Aks xolda fukarolarning asosiy xukuklari xavf ostida koladi. Bularning xammasi shunga olib keladiki, davlat xizmatchisi davlat bilan uzviy ravishda boglangan bo’ladi. Ana shunga muvofik mazkur xodimlarni tanlash tizimi, ularning davlat ish beruvchisiga nisbatan majburiyatlari, ular foydalanadigan xukuklar kelib chikadi.

Davlat xizmatchilari bilan xususiy sektor xodimlari o’rtasidagi asosiy fark shundan iboratki, davlat xizmatchilarining faoliyati ustav va belgilangan tartib doirasida kechadi, xususiy sektor xodimlari esa ish beruvchilar bilan fakat shartnoma munosabatlarida bo’ladilar.


Yüklə 477,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin