3.3. Аsоsiy fоndlаrning eskirishi. Аsоsiy fоndlаrning eskirish turlаri
Asosiy fondlarning yemirilishi ulardan foydalanish davrida qiymatini tayyorlangan mahsulotga o’tib borishi natijasida asta-sekin o’z qiymatlarini yo’qotib borishlari demakdir. Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy yemiriladi.
Masalan, asosiy fondlarni ishlatishdagi aniqligi yoki unumdorligida kamchiliklar kelib chiqsa, ular jismoniy yemirilgan hisoblanadi.
Jismoniy yemirilishning ikki shakli mavjud:
Asosiy fondlarni ishlatish natijasida va tabiiy sharoitlar ta’sirida sodir bo’ladigan yemirilish.
Masalan: jismoniy yemirilish asosiy fondlarni ishlash vaqtida ham, ular bekor turganda ham (materiallar tarkibining atmosfera sharoitlari ta’sirida yemirilishi) sodir bo’lishi mumkin.
Jismoniy yemirilish sodir bo’layotgan qismi ta’mirlash orqali yo’qotiladi. To’liq jismoniy yemirilish asosiy vositalarni yangilash orqali tugatiladi.
Asosiy fondlarning foizlarda aniqlangan yemirilish darajasi ularning haqiqiy xizmat muddatini me’yoriylik muddatga taqsimlab hisoblanadi.
Jismoniy yemirilishni aniqlash asosiy fondlar qoldiq qiymatini aniqlash va eskirib qolgan mashinalarning yangilariga almashtirishni rejalashtirish uchun zarur.
Mashina va uskunalar va boshqa asosiy fondlar jismoniy yemirilishdan tashqari ma’naviy yemiriladi, o’zining texnik o’lchamlari va iqtisodiy samaradorligi jihatidan orqada qoladi.
Dostları ilə paylaş: |